• Texnologik yigma birlik yoki uzel
  • Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi




    Download 0.95 Mb.
    bet6/53
    Sana27.05.2023
    Hajmi0.95 Mb.
    #65866
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53
    Bog'liq
    Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas
    Тесты для учителей школ с узбекским и другими языками обучения (, 88 (21), 88 (26), 88 (20), Himoyalangan virtual tarmoq texnologiyalari asoslari Created by -fayllar.org, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi, Mundarija (1), 1-LAB TEX, 01. Mustaqil ish titul new, Протоколь Намуна, usr local src education com files static lesson p, Doc3, 28, Kurs ishi G\'olibjon
    Konstruktorlik yig`ma birlik deb mustaqil yig`ish sharoiti unchalik ahamiyatga ega bo`lmagan, faqat funksional ish vazifasini bajarish holatiga asoslanib loyihalangan yig`ma birlikka aytiladi. Masalan, gaz taqsimlash mexanizmi, yonilg`i xom ashyosi, yuradigan va dvigatelning moy haydaydigan tizimlari va sh.k.
    Texnologik yigma birlik yoki uzel deb mahsulotning boshqa tarkibiy qismlaridan alohida holda yig`ilishi mumkin bo`lgan, lekin o`z vazifasini faqat mahsulotning boshqa tarkibiy qismlari bilan birgalikda yigilgandagina bajarishi mumkin bo`lgan yigma birlikka aytiladi. Masalan, dastgohlarning alohida qismlari (support, stol, tezliklar kutisi, surishlar kutisi, oldingi va ketingi babkalar va sh.k.).
    Mahsulotda o`z xizmat vazifasini bajarib va mustaqil yigish tamoyiliga javob beradigan yigma birlikning konstruksiyasi optimal hisoblanadi va u konstruktorlik-texnologik yig`ma birlik deb ataladi.
    Mahsulotlarni shunday yig`ma birliklar bilan loyihalash tamoyili agregatli yoki blokli yig`ma birlik deyiladi.
    Konstruktorlik-texnologik yig`ma birliklardan agregatlar tashkil topadi. Bularga nasoslar, uzatish yoki tezliklar kutilari va boshqalar kiradi.
    Agregat deb mahsulotning qismlari alohida yigilganiga qaramasdan to`la o`zaro almashuvchanlikka ega va shu bilan birga o`z vazifasini mahsulotda yoki mustaqil ravishda bajarish imkoniyatiga ega bo`lgan yigma birlikka aytiladi. Agregatlardan yigilgan mahsulot agregatli yoki modulli deyiladi.
    Agregatli (modulli) tamoyil asosida loyihalangan va tayyorlangan mahsulotlar, albatta, yuqori darajadagi texnik-iqtisodiy ko`rsatkichlarga ega bo`ladi. Agregatli (modulli) mahsulotlar ekspluatasiya va ta'mirlash vaqtida kulaylikka ham ega, yigish muddati ularda ancha qisqa bo`ladi.
    Mashinalarning sifatini aniqlaydigan umumiy ko`rsatkichlar mavjud. Shular qatoriga mashinaning ishlash qobiliyati va mahsulotning belgilangan xizmat va- zifasining berilgan parametrlarini texnik me'yoriy hujjatlar chegarasida saqlangan holda ishlay olish imkoniyatlari kiradi. Shu bilan birga zamonaviy mashinaning asosiy tavsiflaridan biri uning puxtaligi hisoblanadi.

    Download 0.95 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   53




    Download 0.95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi

    Download 0.95 Mb.