• Adabiyotlar
  • 1. Yakka, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha tavsiflari.
  • Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi




    Download 0.95 Mb.
    bet9/53
    Sana27.05.2023
    Hajmi0.95 Mb.
    #65866
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53
    Bog'liq
    Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyas
    Тесты для учителей школ с узбекским и другими языками обучения (, 88 (21), 88 (26), 88 (20), Himoyalangan virtual tarmoq texnologiyalari asoslari Created by -fayllar.org, O’zbekiston respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsi, Mundarija (1), 1-LAB TEX, 01. Mustaqil ish titul new, Протоколь Намуна, usr local src education com files static lesson p, Doc3, 28, Kurs ishi G\'olibjon
    3 - M A ‘ R U Z A
    Mavzu: Ishlab chiqarish tiplari va ishni tashkil etish shakllari.
    Mavzu rejasi:
    1. Yakka, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha tavsiflari.
    2. Operasiyalar boglanish koeffisienti va uning miqdoriga qarab ishlab chiqarish turini aniqlash.
    3. Xar bir ishlab chiqarish turida ishni potokli yoki potoksiz tashkil qilish usullari. O`zgaruvchan oqimli, ommaviy oqimli ishlab chiqarish. O`zgaruvchan moslashuvchan ishlab chiqarish tizimlari sharoitida ishni tashkil qilish shakllari va ularning axamiyati.
    4. Ishlab chiqarish takti, sermexnatlik va serstanoklik tushunchalari.


    Adabiyotlar: [ 1 ] –147-159 b. [ 2 ] –22-26 betlar. [ 4 ] –21-28 betlar.
    Tayanch so’zlar: 1.Ishchi joy. 2. Yakka ishlab chiqarish. 3. Seriyali ishlab chiqarish. 4. Ommaviy ishlab chiqarish. 5. Potok. 6. Norma. 7. Vaqtni normalash. 8. Vaqtlar: asosiy, yordamchi, tashkillashtirish (ishchi joyni va texnik), еhtiyoj, partiya uchun va tayyorlovchi-yakunlovchi.


    1. Yakka, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha tavsiflari.
    Berilgan ishlab chiqarish sharoitida TJni loyixalashning asosiy tamoyillaridan biri texnik, ikdisodiy va tashkiliy masalalarini birgalikda xal etishdir. Loyixalanayotgan TJ maxsulotning aniqlgini va sifatiga quyilgan barcha talablarni eng kam mexnat sarf qilingan xolda minimal
    tannarxda xamda ishlab chiqarish dasturida belgilangan xajmda va muddatda ta'minlashi kerak.
    Zamonaviy ishlab chiqarish yakka tartibli, seriyali va ommaviy ishlab chiqarish turlariga bo`linadi.
    Yakka tartibli ishlab chiqarishda tayyorlanayotgan maxsulotning keng nomenqlaturada, kam xajmda (xajm deganda korxonaning rejalangan vaqt oraligida ma'lum bir mikdordagi, nomdagi, o`lchamdagi,
    o`lchamlar toifasi buyicha maxsulotni ishlab chiqarishi tushuniladi). Maxsulotning xajmi oz bo`lib, texnologik operasiyani bajarish joyiga sanokli (birlar va o`nlar bilan xisoblanadi) zagotovka keladi. Ish joyida kam takrorlanigan yoki umuman takrorlanmaydigan turli xildagi
    texnologik operasiyalar bajariladi. Bunda yukori aniqlikka ega bo`lgan jixozlar ishlatiladi va ular texnologik guruxlar, ya'ni tokarlik, frezerlik, parmalash, tish kesish va boshka uchastkalar asosida sexda joylanadi.
    Yakka tartibli ishlab chiqarishda talab kilingan aniqlik sinov yurish va o`lchash usuli bilan aniqlanadi; detal va uzellarning o`zaro almashinuvchanligi aksariyat xolda amalga oshmaydi, shuning uchun o`lchamlarni joyida keltirish keng qo`llaniladi; ishchilar yuqori malakali bo`lish shart, chunki maxsulotning sifati ularning malakasiga boglik; texnologik xujjatlar kiskartirilgan va soddalashtirilgan bo`ladi; texnik me'yorlar ko`llanilmaydi; mexnatni tajribaviy-statistik usulda me'yorlash qo`llaniladi.

    Download 0.95 Mb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   53




    Download 0.95 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mashinasozlik texnologiyasi fakulteti mashinasozlik texnologiyasi kafedrasi mashinasozlik texnologiyasi

    Download 0.95 Mb.