|
Elektrod qoplamasi turlari
|
bet | 21/60 | Sana | 24.04.2021 | Hajmi | 5,23 Mb. | | #14245 |
Elektrod qoplamasi turlari
Kislota qoplamali elektrodlar (ANO-1, SM-5). Kislota qoplamalarda temir va marganesning oksidlari (asosan ruda ko’rinishida), kumtuproq, titanli konsentrat va ko’p miqdorda ferromarganes bo’ladi. Qoplama tashkil etuvchilarning parchalanishi (selluloza, yog’och uni, dekstrin, kraxmalning parchalanishi) natijasida suyuqlangan metallning gazli himoyasi vujudga keladi. Kislota qoplamali elektrodlar bilan eritib qoplangan metall tarkibi jihatidan kaynayotgan po’lat tarkibi kabi bo’ladi va S 0,12%, Si 0,10%; Mn 0,6-0,9%, S va P ning har biridan 0,05% bo’ladi. Bu guruh elektrodlar fazodagi barcha vaziyatlarda o’zgarmas va o’zgaruvchan tok bilan payvandlashga yaroqli va suyuqlanuvchanligining kattaligi bilan tavsiflanadi. Bunday elektrodlar bilan oltingugurt va uglerodi ko’p bo’lgan po’latlarni payvandlash tavsiya qilinmaydi, chunki bunday elektrodlar bilan hosil qilingan chokning metali oson kristalli yoriqlar hosil qiladi. Kislota qoplamali elektrodlar bilan chekkalari (milklari) zanglagan, kuygan metallarni zich choklar hosil qilib payvandlash mumkin. Kislota qoplamali elektrodlar bilan payvandlashda quyidagi hollarda g’ovaklar hosil bo’ladi:
- qoplamada marganes miqdori ko’p bo’lganda;
- uglerod va kremniy miqdori ko’p bo’lgan ferromarganes ishlatilganda;
- tarkibida kremniy miqdori ko’p bo’lgan metallni payvandlaganda.
|
| |