Selluloza qoplamali elektrodlar (VSS-1, VSS-2, OMA-2). Selluloza qoplamalar asosan yonuvchi organik materiallar (selluloza, kraxmal) dan iborat bo’lib, yoyda ular parchalanish jarayonida erigan metallning gaz himoyasini ta‘minlaydi. Ularda shlak hosil qiluvchilar rutil, titan konsentrat, marganes rudasi va silikatlar, oksidsizlantiruvchi esa ferromarganes hisoblanadi. Bu elektrodlarda ishlaganda metalning uchqunlanib sachrashi va shlak hosil bo’lishi kam bo’ladi. Ular fazoning barcha vaziyatlarida o’zgaruvchan tok bilan ham, o’zgarmas tok bilan ham ishlash uchun yaroqlidir.