|
Asosiy qoplamali elektrodlar
|
bet | 22/60 | Sana | 24.04.2021 | Hajmi | 5,23 Mb. | | #14245 |
Asosiy qoplamali elektrodlar (UONI-13/45, DSK-50). Asosli qoplama kalsiy, magniy karbonatlaridan (marmar, bo’r, dolomit, magnezit), plavik shpatdan va shuningdek ferro-qotishmalar (ferromarganes, ferrosilisiy, ferrotitan va boshqalar) dan iborat. Suyuqlangan metall karbonatlarning dissosiatsiyalanishidan hosil bo’lgan karbonat angidrid gazi va karbon oksidi bilan himoya qilinadi. Asosiy qoplamali elektrodlar, ko’pincha, teskari qutbli o’garmas tok yordamida turli fazoviy vaziyatlarda payvandlashda ishlatiladi. Bunday elektrodlar yordamida eritib qoplangan metal ko’pincha oddiy po’latga mos keladi va unda oz miqdorda kislorod, vodorod, azot bo’ladi. Undagi oltingugurt va fosfor miqdori, odatda, ularning har bir 0,035% dan oshmaydigan miqdorda marganes va kremniy miqdori elektrodlarning qanday ishlarga mo’ljallanganiga bog’liq holda (0,5 dan 1,6% gacha Mn va 0,3 dan 0,6% gacha Si) bo’ladi. Chokning metali kristallanish yoriqlarining paydo bo’lishiga qarshi mustahkam, eskirishga chidamli, issiqqa ham, sovuqqa ham yetarlicha yuqori zarbiy yopishqoqlik ko’rsatkichlariga ega. Asosiy qoplamali elektrodlar qalin metallarni, ishlatish sharoiti og’ir bo’lgan joylarda foydalaniladigan buyumlarni va gazlar tashiladigan buyumlarni, shuningdek, quyilgan uglerodli, kam legirlangan yuqori darajada mustahkam po’latlarni va oltingugurt hamda uglerodli po’latlarni payvandlashda ishlatiladi.
|
| |