Mashinasozlik texnologiyasi




Download 5,23 Mb.
bet25/60
Sana24.04.2021
Hajmi5,23 Mb.
#14245
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60
Elektrodlar turlari: Ishlatiladigan qoplamlar nihoyatda xilma-xil bo’lgani uchun elektrodlar GOST boyicha qoplamlarining tarkibiga qarab emas, balki nima payvandlanishi, chok metali hamda ana shunday turdagi elektrodlar bilan payvandlanganda hosil bo’ladigan payvand birikmalarning mexanik xossalariga qarab turlarga bo’linadi. Elektrodning har qaysi turiga elektrodlarning bir nechta rusumi mos keladi. Masalan, E42 turiga OMA-2, ANO-6, MEZ-04 va boshqa elektrodlar togri keladi. Elektrodning rusumi uning sanoat belgisi bo’lib, odatda, o’zak va qoplamani tavsiflaydi.

GOST 9467-75 «Konstruksion va issiqqa chidamli po’latlarni elektr yoy yordamida payvandlashda ishlatiladigan metall elektrodlar. Elektrod turlari». Uglerodli va kam legirlangan konstruksion polatlarni payvandlash uchun elektrodlarning to’qqiz turi: E42, E42A, E46, E46A, E50, E50A, E55, E60; mustahkamligi oshirilgan va yuqori bo’lgan legirlangan konstruksion po’latlarni payvandlash uchun besh turi: E70, E85, E100, E125, E150 ko’zda tutilgan. Bundan tashqari, issiqqa chidamli po’latlarni payvandlash uchun elektrodlarning to’qqiz turi: E09M, E09MX, E09X1M, E05X2M, E09X2M1, E09X1MF, E10X1M1NFB, E10X3M1BF, E10X5MF mo’ljallangan.

Elektrodning turi E harfi va chok metalining kafolatlanadigan mustahkamlik chegarasini 10-1MPa hisobida ko’rsatadigan raqam bilan belgilanadi. A harfi shu elektrod bilan eritib qoplangan chok metalining plastik xossalari yuqoriligini ko’rsatadi. Bunday elektrodlar eng ma‘suliyatli choklarni payvandlashda ishlatiladi. Uglerodli va legirlangan konstruksion polatlarni payvandlashga mo’ljallang ko’pchilik elektrodlarning ozaklarini tayyorlash uchun Sv-08 va Sv-08A rusumli simlar qo’llanadi.


Download 5,23 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   60




Download 5,23 Mb.