Ta‘minlash manbaalariga qarab payvandlash apparatlari quyidagicha sinflanadi




Download 5,23 Mb.
bet28/60
Sana24.04.2021
Hajmi5,23 Mb.
#14245
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60
Ta‘minlash manbaalariga qarab payvandlash apparatlari quyidagicha sinflanadi:

Payvandlash transformatorlari. Payvandlash transformatorlari an‘anaviy va shu bilan birga konstruksiyasi bo’yicha eng sodda payvandlash tok manbai hisoblanadi. Uning asosiy qismi tarmoqdagi kuchlanishni payvandlash kuchlanishigacha pasaytirib beruvchi transformatordir. Tok kuchi turli usullar bilan sozlanadi, ular ichida eng keng tarqalgani – birlamchi va ikkilamchi chulg’amlar orasidagi masofani o’zgartirishga asoslangan. Barcha transformatorlar bitta umumiy o’ziga xos xususiyati bilan ajralib turadi – chiqishda o’zgaruvchi tok hosil qiladi. Transformatorli payvandlash apparatlarida rangli metallarni payvandlash uchun yoki payvandlash yoyining turg’unligini yaxshilash uchun konstruksiyasiga qo’shimcha og’ir va katta elementlar kiritish kerak bo’ladi. Ularsiz ham transformatorlar engil emas. Bunda ma‘suliyatli ishlarni bajarish uchun o’zgaruvchi tokka moslashgan maxsus elektrodlar kerak bo’ladi.

Transformatorlarning foydali ish koeffitsienti ancha yuqori (90% gacha), ammo energiyaning ma‘lum qismi o’zini qizishiga sarflanadi. Zamonaviy modellarida transformatorlarni sovutish uchun (bunga ham ancha qo‗shimcha quvvat sarflanadi) ventilyatorlardan foydalaniladi. Hozirgi kunda payvandlash transformatorlaridan kamroq foydalanilmoqda. SHunga qaramasdan transformatorlarning bir qator afzalliklari bor: FIK ning yuqoriligi, arzonligi va chidamliligi. SHu afzalliklari tufayli ularga hali ham talab etarli.

TSK-500 transformatorining parametrlari


Download 5,23 Mb.
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   60




Download 5,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta‘minlash manbaalariga qarab payvandlash apparatlari quyidagicha sinflanadi

Download 5,23 Mb.