Elektrod tutkichlar elektrod turiga qarab vilkasimon, elastik, yassi labchali va vintsimon (ko’mir va grafit elektrodlar uchun) bo’ladi.
Payvandchi yuzini elektr yoyi nurlaridan va erigan metallning sachrashidan saqlash uchun qora oynali to’sgich (niqob)dan foydalanadi.
Qora muxofaza oynasi payvand toki miqdoriga qarab 6-jadvaldan tanlanadi.
Tanlab olingan oyna to’sqichga o’rnatiladi.
Konstruksion po’latlarni payvandlashda GOST 9466-60 bo’yicha uzunligi 225 dan 450mm gacha bo’lgan va diametri 1,6 dan 12 mm gacha bo’lgan maxsus elektrod – simlardan foydalaniladi. Bulardan eng ko’p qo’llaniladiganlari- uzunligi 350, 400, 450 mm va diametri 3; 4 va 5 mm li elektrodlar hisoblanadi.
|