|
-rasm. Zamonaviy tok to’g’rilagichi
Inventorlar
|
bet | 30/60 | Sana | 24.04.2021 | Hajmi | 5,23 Mb. | | #14245 |
11-rasm. Zamonaviy tok to’g’rilagichi
Inventorlar. Inventorlar payvandlash apparatlarining eng zamonaviy turi hisoblanadi. Oddiy payvandlash apparatlaridan asosiy farqi shundaki, kuchlanish transformatorlari tarmoqdagi 50Gs chastotali tokda ishlasa, payvandlash inventori yuqori chastotali tokda (bir necha o’n kilogers) ishlaydi. Bunda kerakli energiyani uzatib berish uchun o’lchami va massasi ancha kichik bo’lgan transformator kerak bo’ladi. Payvandlash esa, yuqori sifatli o’zgarmas tokda bajariladi va u payvand chokning sifatini oshiradi. 160 A li payvandlash transformatori eng kamida 18 kg og’irlikda bo’lsa, 160 A li payvandlash inventorining kuchlanish transformatori atiga 300 gramm keladi va o’lchami ham bir pachka sigaretchalik keladi. Inventor barcha elektron qismlari va korpusi bilan birga 3-7 kg ni tashkil etadi xolos. Inventor to’g’rilagichdan, tarmoq filtridan, o’zgaruvchi kuchlanishni yuqori chastotali tokka o’zgartirgichdan, payvandlash transformatoridan, yana bitta to’g’rilagichdan va boshqaruv tarmoq sxemasidan tashkil topgan bo’ladi. Payvandlash inventorlari oddiy apparatlarga qaraganda payvandlash tokini sozlashning ancha keng diapazoniga ega. Bu ayniqsa ingichka elektrodlar bilan payvandlashda muhimdir. Inventorlarning yana bir afzalligi shundaki, payvandlash tokini sozlashda uning chiqishdagi ko’rsatkichlarining qiymatlari ancha aniq va turg’unligi yuqori bo’lgani uchun ish rejimining eng maqbul qiymatlarini tanlashni soddalashtiradi.
12-rasm. Inventorlarning umumiy ko’rinishi
Elektr yoyi bilan payvandlashda payvandlash transformatorlari asosiy jihoz hisoblanadi. Payvandlash transformatorlarining konstruksiyasi sodda, o’lchamlari va og’irligi kichik hamda katta F.I.K.ga ega (85-90%). Yopiq o’zak (1) transformatorning asosi hisoblanadi.
O’zak lak bilan qoplangan yupqa transformatorbop po’latdan tayyorlanib, unga birlamchi chulg’am (2) va ikkilamchi chulg’am (3) o’ralgan. Birlamchi chulg’am tarmoqqa ulanadi, ikkilamchi chulg’amda hosil bo'ladigan tok kuchlanishi kichik, lekin tok miqdori katta bo’ladi. TS, TD, TSK tipidagi transformatorlar siljuvchi chulg’amli bo’lib, birlamchi (2) ikkilamchi (3) chulg’amlar orasidagi masofa kichaytirilsa, payvandlash toki ortadi yoki aksincha. Payvandlash asboblaridan biri elektrod tutkich hisoblanadi. elektrod tutkich payvandchining asosiy ishchi asbobi bo’lib, elektrodni ushlab turish uchun hizmat qiladi. Unga tok manbaining izalyasiyalangan simli o’kazgichlaridan biri ulangan bo’ladi.
13-rasm. Payvandlash transformatorining tuzilishi.
1-berk o’zak; 2-birlamchi chulg’am;3-ikkilamchi chulg’am; h-birlamchi
va ikkilamchi chulg’am orasidagi masofa.
|
| |