3) Kapillyar defektoskopiya
Nazoratning kapillyar usuli nuqsonlarga suyuqliklar (penetrantlar) ni kapillyar oqib qirishiga asoslangan va kontrast ko`rinishidadir. Nazorat qilishning kapillyar usuli ikki rangli va lyuminessentli usullarga ajraladi.
Rangli defektoskopiya.Rangli defektoskopiya usulining ma’nosi kuyidagicha. Nuqsonlarni aniqlash uchun oldindan tozalangan va moysizlantirilgan payvand choki sirtiga va uning atrofiga yuqori kapillyar aktivlikdagi maxsus tarkibli, to`q qizil rangli buyoq surkaladi. Kapillyar kuchlar ta’sirida suyuqlik (qizil bo`yoq) mayda tirqishlarga va teshiklarga — sirtda joylashgan nuqsonlarga kiradi. Shundan keyin qizil bo`yoqning ortiqchasi payvand birikma sirtidan tozalab olinadi va uning ustiga maxsus oq buyoq surtiladi, bu oq bo`yoq tarkibida adsorblovchi va nuqsonlardan qizil bo`yoqni tortib oluvchi modda bor. Ok bo`yoq fonida hosil bo`lgan qizil rasmlar nuqson shakli va xarakterini ifodalaydi, payvand chokning nazorat qilinadigan sirtidagi bu rasmlarni oddiy ko`z yoki lupa yordamida aniqlash mumkin.
17-rasm. Rangli defektoskopiya chizmasi:
a – indikatorli suyuqlikni surkash; b – indikator suyuqligini ortiqchasini olib tashlash; v – proyavitelni yotqizish; g – proyavitelda xosil bo`lgan dog`lar
Bu usuldan legirlangan po`latlar, qora metallar va rangli metallar hamda qotishmalar, plastmassalar va hokazo payvand birikmalarni nazorat qilishda foydalanish mumkin. Nazorat qilishning hamma qoidalariga rioya qilinganda chuqurligi 0,01 mm va kengligi 0,001 mm gacha bo`lgan yoriqlarni aniqlash imkonini beradi. Boshqa fizik nazorat qilish usullari ichida bu usul texnologiyasining oddiyligi, arzonga tushishi va bevosita konstruksiyaga o`rnatilgan detallarni ham nazorat qilish mumkinligi bilan ajralib turadi.
Qoziqli baraban korpusini payvandlash jarayonining sifat nazorati oddiy vizual usulda olib borilishi mumkin. Buning uchun chok avval yaxshilab tozalanadi va undan keyin chok yaxshilab ko’zdan kechiriladi, kerakli o’lchamlar o’lchanadi. Shu orqali chokning sifati aniqlanadi. Visual usul juda keng tarqalgan usul hisoblanadi, lekin bu usul bilan faqat ko’zga ko’rinadigan nuqsonlarni aniqlash mumkin. Qoziqli baraban konstruksiyasidagi choklarni tekshirishda bu usul juda qo’l keladi. Agar chokning sirtidagi yoriqlar, teshiklar kabi nuqsonlarini ham aniqlash kerak bo’lsa rangli defektoskopiya usulidan foydalanishimiz mumkin. Bu usul ham eng sodda usullardan biri hisoblanadi. Bu usulning qulayligi shundaki, birinchidan undan foydalanish iqtisodiy jihatdan samarali, chunki bu usulda hech qanday texnologiyadan foydalanilmaydi. Ikkinchidan, tekshirish unchalik ko’p vaqt talab qilmaydi.
|