• Tayyor payvand birikmalarni tekshirish
  • Payvand konstruksiyaning sifat nazorati




    Download 5,23 Mb.
    bet35/60
    Sana24.04.2021
    Hajmi5,23 Mb.
    #14245
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60
    2.5 Payvand konstruksiyaning sifat nazorati

    Payvand birikmalarning nuqsonlari deb, GOST me’yorlari, texnik shartlar va loyiha chizmalaridan chetga chiqishlarga aytiladi. Bu me’yorlarda quyidagilar: payvand choklarining geometrik o`lchamlari (balandligi va eni), chokni tashkil etuvchi metallning yaxlitligi, germetikligi, mexanik mustahkamligi, plastikligi, kimyoviy tarkibi va strukturasi nazarda tutiladi.



    Tayyor payvand birikmalarni tekshirish termik ishlov berishdan keyin (agarda u texnologik jarayon talablarida ko`zda tutilgan bo`lsa) bajariladi.

    Payvand birikmalarni nazorat qilish usullari asosiy ikki guruxga bo`linadi: buzmasdan nazorat qilish va buzib nazorat qilish.

    Buzmasdan nazorat qilish vazifasiga nafaqat nuqson mavjudligi yoki uni bartaraf etish, balki nuqson darajasi aniqlanadi. Olingan ma’lumot birinchidan ta’mirlash imkon darajasini beradi; ikkinchidan, nuqson xosil bo`lish sababini aniqlash va uni bartaraf etish yo`lini topish. Bu nazorat usullari guruxiga:

    1. Choklarni ko`zdan kechirish va o`lchamlarini o`lchash;

    2. Radiatsion defektoskopiya;

    3. Ultratovush defektoskopiya;

    4. Magnit va elektr-magnit defektoskopiya;

    5. Kapillyar defektoskopiya;

    6. Oquvchanlik defektoskopiyalari qiradi.

    Buzmasdan nazorat qilishda nazorat ob’ekti bo`lib buyum xisoblanadi, buzib nazorat qilishda esa nuqsonni aniqlash uchun buyum bilan bir vaqtda o`sha texnologik rejimlarda o`sha metalldan namuna plastinalar payvandlanadi (ba’zan namunalar bevosita buyumning o`zidan qirqib olinadi) va nazorat qilinadi.

    Buzib nazorat qilish guruxiga:

    1. Mexanik sinov;

    2. Metallografik tekshirish;

    3. Korroziyaga tekshirish;

    4. Payvandlanuvchanlikka sinashlar qiradi.


    Download 5,23 Mb.
    1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   60




    Download 5,23 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Payvand konstruksiyaning sifat nazorati

    Download 5,23 Mb.