Mashinasozlik texnologiyasi




Download 5,23 Mb.
bet36/60
Sana24.04.2021
Hajmi5,23 Mb.
#14245
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60
Sifat nazorati usullari

1) Choklarni ko`zdan kechirish va o`lchamlarini o`lchash

Tekshirishning bu usuli payvandlashda zarur va keng tarqalgan usullardandir.

Payvandlashda yomon payvandlanadigan po`latlarning payvand choklarini qayta-qayta ko`zdan kechirish tavsiya etiladi. Ko`zdan kechirish bilan darz ketgan joylar yoki birikkan elementlar o`qlarining noperpendikulyarligi, biriktiriladigan elementlar qirralarining surilganligi, choklarning o`lchamlari va shakllari nomuvofikligi (balandligi, kateti va chok kengligi hamda kuchaytirishning bir tekismasligi, qatlamlanishi bo`yicha), barcha ko`rinishlar va yo`nalishlardagi darzlar, erib to`planib qolgan joylar, kesiklar, kuygan joylar, to`ldirilmagan kraterlar, yaxshi payvandlanmagan yerlar, g`ovaklik va boshqa nuksonlar, bir kesimdan ikkinchi kesimga o`tishning ravonmasligi, payvandlangan uzel (buyum)ning umumiy geometrik o`lchamlarining chizma va texnik shartlarga to`g`ri kelmasligi, payvandchining tamg`asi yo`qligi yoki qo`yilgan tamg`aning joriy qilingan talablarga mos kelmasligi aniqlanadi.

Bittasini ham koldirmasdan barcha payvand birikmalarni ko`zdan kechirish lozim. Tashqi ko`rik va payvand birikmalarni o`lchash tekshirish ob’ekti yetarlicha yoritilgan sharoitda amalga oshiriladi.




Download 5,23 Mb.
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   60




Download 5,23 Mb.