Payvandlash rejimlarini hisoblash




Download 5.23 Mb.
bet32/60
Sana24.04.2021
Hajmi5.23 Mb.
#14245
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60
2.4 Payvandlash rejimlarini hisoblash

Payvand chokning sifati va ish unumi payvandlash rejimiga bog’liq bo’ladi. Bunda tok kuchining miqdori katta ahamiyatga ega.

Tok kuchi etarli bo’lmasa, yoy noto’g’ri yonadi, tez-tez o’chib yonadi, chokda chala payvandlangan joylar hosil bo’lishi mumkin.

SHuning uchun tok kuchining miqdori quyidagi ifodalar yordamida aniqlanadi:

Jpayv = K∙dE , A

bu erda de - elektrod diametri, mm;

K - koeffitsent, u metall elektrodlar uchun 45-60A/mm ga; grafit elektrodlar uchun 18-22 A/mm ga teng olinadi. Vertikal va ship choklarni payvandlashga qaraganda 10-20% kam olinadi.

Bundan tashqari konstruksion po’latlarni payvandlashda diametri 3-5 mm bo’lgan elektrodlar uchun tok kuchi

Jpayv = (20+6∙de) ∙de

ifoda bilan aniqlanishi mumkin. Diametri 3 mm dan kichik elektrodlar uchun esa Jpay = 30∙de olish tavsiya etiladi.

Payvandlash jarayonida ma‘lum uzunlikdagiyoyni saqlab turish zarur bo’lib, bu uzunlik elektrodning markasiga va diametriga bog’liq. Taxminan yoyning normal uzunligi l= (0.5-1.1)de atrofida bo’lishi kerak.

Yoyning uzunligi payvand chok sifatiga va uning geometrik shakliga juda katta ta‘sir ko’rsatadi. Uzun yoy suyuqlangan metallning ancha jadal oksidlanishiga va azotlanishiga yordam beradi, sachrashni oshiradi, asos tipidagi elektrodlar bilan payvandlashda esa chokda g’ovaklar xosil bo’lishiga olib keladi.





Download 5.23 Mb.
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   60




Download 5.23 Mb.