Elektrod diametri metallning qalinligi, chokning fazodagi vaziyatiga qarab tanlanadi.
Elektrod diametri katta bo’lsa, payvandlashda ish unumi ortadi, lekin uni ortiqcha katta olish payvandlanadigan metall qirralari erib, kuyib qolishiga olib keladi. SHuning uchun elektrod diametrini to’g’ri tanlash kerak.
Elektrod diametri quyidagi quyidagi tajriba yo’li bilan aniqlangan ifoda yordamida aniqlanadi:
D=S/2+1
bu yerda S – payvandlanayotgan metall qalinligi 20 mm. dan ortiq bo’lganda elektrod diametri 8 … 10 mm dan ortiq bo’lmaydi.
CHokni pastki vaziyatda payvandlashda metall qalinligi S bilan elektrod diametri de orasidagi nisbatning taxminiy qiymatlari quyidagicha bo’ladi:
7-jadval
S, mm
|
2
|
3 . . . 5
|
6 . . . 8
|
9 . . . 12
|
13 . . . 15
|
16 . . . 20
|
> 20
|
d, mm
|
2
|
3 . . .4
|
4. . . 5
|
5 . . . 6
|
6 . . . 7
|
7 . . . 8
|
8 . . . 10
|
Vertikal choklarni payvandlashda elektrod diametri 5 . . . 6 mm dan, ship choklarni payvandlashda esa 4mm dan katta bo’lmasligi zarur.
Tok kuchi Jpayv , A , payvandlanayotgan metall qalinligi S elektrod diametri de ga, issiqlik o’tkazish koeffitsenti λga, payvand chok turiga ( uchma-uch, burchakli, tavrli va h.k), payvandlash tezligiga, payvand chokning fazodagi holati (pastki, tik va ship)ga bog’liq bo‗ladi.
Tajribada tok kuchi quyidagi ifoda bilan aniqlanadi:
Jpayv = K ∙ de ,
bu erda K – tokning zichlik koeffitsenti, A/ mm.
oddiy dastaki usulda payvandlashda tokning zichlik koeffitsenti K quyidagicha bo’ladi:
metall elektrodlar uchun 40 … 50, A/ mm
ko’mir elektrodlar uchun 5 … 8, A/ mm
grafit elektrodlar uchun 18 … 20, A/ mm,
Biz payvandlash jarayonida metal elektrodlardan foydalanganimiz uchun K=45 A/mm deb qabul qilamiz. Jpayv =45*3=135 A
Metallning issiqlik o’tkazuvchanligi ortishi bilan u asosan metallning kimyoviy tarkibiga bog’lik bo’ladi, tok kuchi ortadi.
Tarkibida leriglovchi elementlari (Ni , Cr , W , Mn , V) borligi uchun issiqlik o’tkazuvchanligi past bo’lgan leriglangan po’latlarni payvandlashda, ularda yuqori ichki kuchlanishlar va yoriqlar paydo bo’lishining oldini olish maqsadida, tok kuchini (0,8-0,9). Jpayvgacha kamatirib olinadi
O’zgaruvchi tok bilan payvandlashda tok kuchi o’zgarmas tokda payvandlashga qaraganda 1,1 – 1,2 ga ortiq qilib olinadi. Payvandlanadigan metalning kalinligi S>3d, bo’lganda tok kuchi 10-15 % ga ko’paytirib olinadi.
CHoklarni tik va ship vaziyatlarda payvandlash odatda diametri 4 mm dan katta bo’lmagan elektrodlar bilan bajariladi. Bunda tok kuchi pastki vaziyatda payvandlashdagiga qaraganda 10-20 % past bo’lishi kerak.
Po’ latlarni yoy yordamida dastaki usulda payvandlashda tok kuchini akdemik K.K. Xrenovning ifodasi bilan ham aniqlash mumkin:
Jpayv = (20+6) ∙ de
|