GOST 9466-75 «Eritib qoplash va yoyli dastakli payvandlash uchun qoplamali metall elektrodlar. Tasnifi, o’lchamlari va umumiy talablari»




Download 5,23 Mb.
bet26/60
Sana24.04.2021
Hajmi5,23 Mb.
#14245
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60
GOST 9466-75 «Eritib qoplash va yoyli dastakli payvandlash uchun qoplamali metall elektrodlar. Tasnifi, o’lchamlari va umumiy talablari»

Dastakli yoy payvandlashda qollaniladigan elektrodlar GOST 9466-75 «Eritib qoplash va yoy dastakli payvandlash uchun metali qoplamali elektrodlar. Tasnifi, olchamlari va umumiy talablar» bo’yicha quyidagi asosiy belgilari bo’yicha klassifikatsiyalanadi:

1. Elektrodlar payvandlanadigan metallarning turlariga qarab quyidagi sinflarga bo’linadi:

a) uglerodli va kam legirlangan konstruksion po’latlar uchun (shartli belgisi - "U").

b) legirlangan konstruksiyon po’latlar uchun (shartli belgisi - "L").

d) issiq bardosh po’latlar uchun (shartli belgisi - ―”T”).

e) yuqori legirlangan alohida xususiyatga ega bolgan po’latlar uchun (shartli belgisi -‖V‖).

f) eritib qoplashga mo’ljallangan alohida xususiyatli qatlam hosil qiluvchi elektrodlar (shartli belgisi - ―N ).

2. Qoplamaning qalinligi: Elektrodning umumiy diametri ―D ni elektrod ozagining diametri ―d ga nisbatiga bog’liq holda aniqlanadi va quyidagi guruhlarga bo’linadi.

a) D/d1,2 – yupqa qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "M");

b) 1,2 D/d 1,45 – o’rtacha qoplamali eletrodlar, (shartli belgisi – "S")

d) 1,45 D/d 1,8 – qalin qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "D")

e) D/d 1,8 – o’ta qalin qoplamali elektrodlar, (shartli belgisi – "G")

3. Elektrodlar tayyorlanish aniqlik darajasi, qoplama yuzasining tekisligi, payvand chokining bir tekisdaligi va oltingugurt bilan fosforning miqdoriga qarab (payvand chokdagi) quyidagi guruhlarga bo’linadi

4. Elektrodlar qoplamasining turi bo’yicha quyidagi guruhlarga bo’linadi:

a) kislota qoplamali – (shartli belgisi – ―”A”);

b) asosiy qoplamali – (shartli belgisi – ―’B”);

d) sellyuloza qoplamali – (shartli belgisi – ―”S”);

e) rutil qoplamali – (shartli belgisi – ―”R”).

f) aralash turdagi qoplamali – qo’shaloq belgili (masalan, ATS);

g) boshqa turdagi qoplamali – (shartli belgisi – ―”P”).

h) qoplama tarkibida 20% dan kop temir kukuni bo’lgan elektrodlar uchun, guruh shartli belgisiga qo’shimcha J harfi yoziladi.

5. Payvand choklarini bajarilishiga ruxsat etilgan fazoviy holatlariga qarab elektrodlar 4 guruhga bo’linadi:

a) hamma fazoviy holatlar uchun mo’ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – ―1‖)

b) vertikal holatning ―tepadan pastga ko’rinishidan boshqa hamma holatlar uchun mo’ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – 2).

e) pastki holat, gorizontal holat va vertikal holatning ―pastdan tepaga‖ korinishlari uchun mo’ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – 3).



d) pastki holat va pastki holatlarda ―qayiqsimon ko’rinishlarga mo’ljallangan elektrodlar – (shartli belgisi – 4).




Download 5,23 Mb.
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   60




Download 5,23 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



GOST 9466-75 «Eritib qoplash va yoyli dastakli payvandlash uchun qoplamali metall elektrodlar. Tasnifi, o’lchamlari va umumiy talablari»

Download 5,23 Mb.