Vaqt me’yorini hisoblash tartibi




Download 2,96 Mb.
bet33/44
Sana12.06.2021
Hajmi2,96 Mb.
#14975
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44
Vaqt me’yorini hisoblash tartibi

Detallarni qayta tiklash jarayoni ko’p tarmoqli bo’lib chilangarlik, payvandlash, tokarlik, randalash, parmalash, frezalash va jilvirlash operatsiyalaridan tashkil topgan.

Kesish rejimi quyidagi tartibga belgilanadi.

Kesish chuqurligi va o’tish soni: jadvallardan surishni tanlanadi: kesish tezligi va aylanishlar soni aniqlanadi.

Dastgohning pastki ko’rsatkichlarini, ishlov berish shart-sharoitlarining o’zgarishini hisobga olgan xolda kesish rejimini korrektirovka qilinadi.

Asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Tas=;

bu yerda: d-ishlov berilayotgan detal sirtining diametri, mm;



l-ishlov berilayotgan detalga nisbatan keskichning kirishi va chiqishini hisobga olgan masofa, mm;

i-qo’yimni olish uchun o’tishlar soni;

v-kesish tezligi, ;

s-surish ,.

Metal qatlamini metal kesish dastgohlarida kesib, detalning shaklini o’zgartirishga sarflangan vaqt asosiy vaqt deb hisoblanadi.

Me’yoriy jadvallardan yordamchi, qo’shimcha va tayyorlov-tugatish vaqt aniqlanadi. Yordamchi vaqt asosiy ishning bajarilishi maqsadida tashkiliy ishlarga sarflangan vaqt deyiladi.

Metal kesish dastgohlarida detalga ishlov berishda yordamchi vaqt ikki ko’rinishda: o’tish va detalni o’rnatish va olish uchun sarflangan vaqt bo’ladi.

Ishchining shaxsiy ishlariga, ishning boshida va tugatganda asboblarni yig’ishtirishga va ish o’rnini tozalashga, qirindilarni tozalab olishga, asbobni va dastgohni sozlashga sarflanadigan vaqt qo’shimcha vaqt deb ataladi.

Qo’shimcha vaqt operativ vaqtdan foiz hisobida

Markazlar balandligi (tokarlik va jilvirlash dastgohlarida ishlov berishda), o’rnatilish xarakteri, bajariladigan ishning murakkabligiga ko’ra tayyorlov–tugatish vaqti belgilangan jadvallarda keltirilgan. Bu vaqtga tayyorlamalar bilan tanishish, texnologik jarayon, asbobni olish va topshirish, dastgohni, asbobni va moslamani sozlashga sarflangan vaqtlar kiradi.

Tokarlik ishlarini me’yorlash

Tokarlik dastgohlarida aylanma harakatga ega bo’lgan tsilindrik, konussimon va boshqa shakldagi sirtlarga ishlov beriladi.

Rezba qirqish, ko’ndalang va torets yo’nish, ichki sirtlarni yo’nib kengaytirish, ariqcha yo’nish kabi ishlar tokarlik dastgohlarida bajariladi. Paxta tozalash va to’qimachilik korxonalaridagi jihozlarning detallarini ta’mirlash ustaxonalardagi ishlatiladigan tokarlik vint kesish dastgohlarining xarakteristkalari tegishli jadvalda keltirilgan.

Kesish tezligi quyidagi formuladan aniqlanadi:

V=,

bu yerda: D-ishlov berilayotgan sirtning eng katta diametri, mm;

n-shpindelning bir minutdagi aylanishlar soni.

Kesish rejimini tanlash

TSilindrsimon sirtlarni tashqi sirtini bo’ylama yo’nish uchun o’tuvchi keskichlardan foydalaniladi. TSilindrsimon sirtlarni yo’nish ikki yoki bir necha o’tishlardan tashkil topadi: dastlabki ishlov berish (6 mm gacha qo’yim olinadi) va toza ishlov berish (1 mm gacha qo’yim olinadi). Natijada detal o’lchami talab etilgan darajada xosil bo’ladi.

Bo’ylama yo’nishda qo’yim quyidagi formuladan aniqlanadi:



h =,

bu yerda: h –qo’yim, mm;



D-detal diametiri, mm.

Belgilangan qo’yimni olish uchun o’tishlar soni quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi:



i =

bu yerda: i-o’tishlar soni;



t- kesish chuqurligi, mm.

Surish detalning diametri, ishlov berilayotgan detal sirtining sifat ko’rsatkichlariga ko’ra belgilangan jadvaldan olinadi.

Asosiy vaqtni hisoblash.

Asosiy vaqt quyidagi formula yordamida aniqlanadi:



Tas =,

bu yerda: i-o’tishlar soni;



n-shpindeltning bir minutdagi aylanishlari soni;

s- surish, ;

L-keskichning detalga nisbatan kirish va chiqish masofalarining ishlov berilayotgan sirt uzunligi bilan birgalikdagi o’lchami, mm:

L=l+y,

bu yerda L – ishlov berilayotgan sirt uzunligi;



y –keskichning detalga nisbatan kirish va chiqish masofalari, mm.


Download 2,96 Mb.
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   44




Download 2,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Vaqt me’yorini hisoblash tartibi

Download 2,96 Mb.