Elektr toki bilan shikastlanish xavfining oldini olish




Download 2,96 Mb.
bet38/44
Sana12.06.2021
Hajmi2,96 Mb.
#14975
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44
3.Elektr toki bilan shikastlanish xavfining oldini olish. Eritib payvandlashda o’zgarmas tokda salt ishlash kuchlanishi 110 V gacha yetadigan, o’zgaruvchan tokda 80 V bo’lgan, plazma vositasida payvandlash va kesishda 170-200 V bo’lgan ta'minlash manbalaridan foydalaniladi. Shuning uchun bu manbalar yoy uzilganida ularni ko’pi bilan 0,5 s mobaynida uzib qo’yadigan avtomatik qurilmalarga ega bo’lishi kerak. Odam tanasi elektr qarshiligi kattaligining o’zgarib turishini hisobga olib (masalan, quruq terida qarshilik 8000-20 000 Om ni tashkil qiladi, qo’llar nam bo’lganida, terida shikastlanishlar bo’lganida qarshilik 400-1000 Om gacha kamayadi), 12 V dan oshmaydigan kuchlanish (ko’chma yoritish) xavfsiz hisoblanadi. Agar payvandchi tor xonada ishlasa va metall sirtlari katta yuzaga tegib tursa, elektr toki bilan shikastlanish xavfini kamaytirish uchun quyidagi tadbirlarga amal qilish zarur:

Tok manbalarini va yoyni ta'minlash bilan boqliq bo’lgan hamma simlarni ishonchli izolyasiyalash, payvandlash apparatlarining korpuslarini yerga ulash. Ta'minlash manbalarining, apparat yashiklarining korpuslari, yordamchi elektr jixozlar ham yerga ulanishi kerak. Yerga ulovchi simlarning kesimi kamida 25 mm2 bo’lnshi zarur. Payvandlash jixozini faqat navbatchi elektr montyori tarmoqqa ulaydi, uzadi va remont qiladi. Payvandchilarga bu ishlarni bajarish man qilinadi.

Ta'minlash manbalarida yuqori kuchlanishli avtomatik vklyuchatellardan foydalanish.

Elektrod tutkichning ishonchli tuzilishi va yaxshi izolyasiyalanishi, u elektrod tutkichning tok elituvchi qismlarining payvandlanayotgan buyumga yoki payvandchi qo’llariga tasodifan tegib ketmasligini kafolatlaydi. Tuzuk va quruq korjoma va qo’lqoplar bilan ishlash. Tor bo’lmalarda va berk bo’shliqlarda ishlashda albatta rezina kalishlar va gilamchalar, kuchlanishi 6-12 V dan oshmaydigan yoritish manbalaridan foydalanish. 1-4 punktlarda ko’rsatilgan talablarga rioya qilish bilan bir qatorda, elektr toki bilan shikastlanishning oldini olnsh maqsadida, yuqori kuchlanish zanjiriniig klemmalariga va qisuvchi boltlariga tegish avtomatlarning elektrod uzatuvchi va yuritish mexanizmlari elektr dvigatellarining klemmalar o’rnashgan joy qopqopini olish, apparat yashiklari va

transformatorlarning eshikchalarini ochish hamda ularni rostlash va shu kabilar man qilinadi.


Download 2,96 Mb.
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   44




Download 2,96 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Elektr toki bilan shikastlanish xavfining oldini olish

Download 2,96 Mb.