4.Elektr yoy nurlari bilan shikastlanish xavfining oldini olish. Payvandlash yoyi yorug’lik nurlari manbai bo’lib, ularning ravshanligi bu nurlar 10-15 s mobaynida himoyalanmagan ko’zlarga tushib turganida ularni kuydirishi mumkin. Yoyning uzoq muddat nur sochib turishi ko’z gavharini shikastlashi hamda ko’r qilib qo’yishi mumkin. Ultrabinafsha nurlanish ko’zlarni va terini xuddi ravshan quyosh nurlari bevosita ta'sir qilib kuydirgani kabi kuydiradi, infraqizil nurlar ko’z gavharini xiralashtirib qo’yishi mumkin. Yoy nurlarining ta'siri faqat payvandchilarga emas, balki yordamchi ishchilar-yig’uvchilar uchun ham zararlidir. Ko’zlarning xavfli darajada shikastlanishining oldini olish uchun albatta himoya ko’zoynaklaridan - payvandchilar uchun eng qorasidan va yordamchi ishchilar uchun biroz ravshanrog’idan foydalanish kerak, bunday oynaklar yoyning yonish bilan bog’liq bo’lgan zararli nurlanishlarning ancha (deyarli butunlay) yutilishini ta'minlashi kerak. Shchitcha yoki niqobga o’rnatilgan himoya oynasi, erigan metall tomchilaridan saqlash maqsadida ustidan oddiy shisha bilan yopib qo’yiladi. Shchitchalar izolyasion materiallar - fibra, fanerdan
tayyorlanadi, ular shakli va o’lchamlari bo’yicha payvandchining yuzi va boshini to’la himoya qilishi zarur.
Kabinadan tashqarida ishlashda atrofdagilarning, payvandchilarning va yordamchi ishchilarning ko’zini himoya qilish maqsadida ko’chma shchitlar va pardalardan foydalanish zarur.
Payvandlash jarayonida quyidagi himoya vositalaridan oqilona foydalanish zarur.
Himoya vositalari har bir zararli holat uchun mehnat xavfsizligi talablariga asoslanib qo’llaniladi.Himoya vositalari qo’llanilish xarakteriga qarab :jamoa himoya vositalari va shaxsiy himoya vositalariga bo’linadi.
|