• Laboratoriya ishi № 3 ELEKTROD QOPLAMALARINING TAShKILIY QISMLARINI IONLOVChI TA’SIRINI TADQIQOT QILISh. Ishdan maqsad
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 26,37 Mb.
    bet119/146
    Sana23.11.2023
    Hajmi26,37 Mb.
    #103915
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Nazorat uchun savollar.
    1. Payvandlashda qo`llaniladigan magnit maydoni turlari?
    2. Yoy razryadiga va payvandlash vannasi metaliga ko`ndalang v abo`ylanma magnit maydonlari qanday ta’sir ko`rsatadi?
    3. Payvand yoyi shakliga tashqi magnit maydonining ko`rinishi,turi va qutublanishi qanday ta’sir ko`rsatadi.?
    4. Metall chokini shakllanishiga o`zgarmas, o`zgaruvchan va impulsli magnit maydonlari qanday ta’sir ko`rsatadi?
    5. Metall chokining tangachasimon shakllanishiga magnit impulslarining chastotasini tartibi va izi qanday tasir ko`rsatadi.?
    6. Payvand chokining geometric o`lchamlariga magnit maydoninig impulslari kattaliklari qanday ta’sir ko`rsatadi? Bu ta’sirlarni qanday tushunish mumkin?
    Laboratoriya ishi № 3
    ELEKTROD QOPLAMALARINING TAShKILIY QISMLARINI IONLOVChI TA’SIRINI TADQIQOT QILISh.


    Ishdan maqsad: Yoy razryadi turg`unligiga elektrod qoplamalari komponentlarini ionlashish xususiyatlarini ta’sirini o`rganish
    Ishning mazmuni.
    Yoy razryadlanishining normal turg`un kechishi uchun, elektrodlar o`rtasida hamisha yetarli darajada zaryadlangan zarrachalar- ionlar va elektronlar bo`lishi kerak. Elektronlar yoy ichiga issiqlik electron emissiyasi va avto electron emissiya hisobiga katoddan va elektrod qoplamasi materialining ionlashishidan xosil bo`lib kirb qoladi. Ionlashish jarayonida elektronlardan tashqari ionlar ham hosil bo`ladi. Ionlashish atom va zarrachalarning bir biri bilan to`qnashishi, nurlar ta’siri(fotoionizatsiya) va qizishi (issiqlik ionizatsiyasi) ta’sirida yuz berishi mumkin. Yoy razryadining turg`unligi ionlashishning oson kechishi bilan bog`liq bo`lib, buni ionlashish potensiali belgilab beradi. Ionlashish potensiali deb elektronlarni atom yoki molekuladan ajralishi uchun kerak bo`ladigan energiyaga aytiladi va ular voltlarda anqrog` electron voltlarda beriladi. Quyida ayrim elementlarning ionlashish potensiali berilgan. jadval 3.1.
    jadval 3.1.
    Birlamchi ionlashish potensiali, V

    Cs

    K

    Na

    Ca

    Fe

    H

    H2

    O

    N

    Ar

    F

    Ne

    He

    3,88

    4,30

    5,11

    6,08

    7,83

    13,53

    15,40

    13,56

    14,5

    15,7

    18,6

    21,5

    24,5

    Yoy razryadini turg`unligini oshirish uchun elektrod qoplamalari tarkibiga ionlashish potensiali past bo`lgan materiallar qo`shiladi(tuz tuproqlari va yer tuproq metallari). Elektrod qoplamalarining bunday materiallari ion hosil qiluvchi deb ataladi. Elektrod qoplamalari tarkibiga ionlastiruvchi komponentlardan tashqari payvand vannasini tashqi muxit tasiridan himoyalash uchun, suyuq metalga metallurgic ishlovlar berish uchun va chokni shakllantirish uchun ham komponentlar qo`shiladi. Komponentlarning turli maqsadlarda qo`shilish natijasida ular orasida ionlashishi turlicha bo`lgan materiallar qo`shilib qolishi mumkin. Masalan aytrim komponentlarning ionlashish potensiali yuqori bo`lishi mumkin( ftor birikmalari) Bu yoy razryadi turg`unligini pasaytiradi.
    Oksidsizlantiruvchi komponentlar payvandlash vannasining suyuqlangan metalini oksidsizlantirish uchun zarur. Bularga moyil temirga nisbatan kislorodga yaqinroq bo‘lgan elementlar, masalan, marganes, kremniy, titan, aluminiy va boshqalar kiradi. Ko‘pchilik oksidsizlantiruvchilar elektrod qoplamalarga ferroqotishmalar tarzida kiritiladi.
    Legirlovchi komponentlar qoplama tarkibiga chok metaliga issiqqa bardoshli, yeyilishga chidamli, korroziya bardoshli kabi mahsus xossalar berishi va mexanik xossalarini yaxshilash uchun zarur. Legirlovchi elementlarga marganes, xrom, titan, vanadiy, molibden, vol’fram va ba’zi bir boshqa elementlar kiradi.
    Turg‘unlashtiruvchi komponentlar ionlanish potensiali uncha katta bo‘lmagan elementlar, masalan, kaliy, natriy va kalsiylar kiradi.
    Bog‘lovchi komponentlar qoplamalarning boshqa tarkiblarini o‘zaro va sterjen bilan bog‘lash uchun ishlatiladi. Bunday tarkiblar sifatida kaliy yoki natriyli suyuq shisha, dekstrin, jelatin va boshqalar ishlatiladi. Suyuq shisha asosiy bog‘lovchi moddadir. Suyuq shisha silikat, ya’ni ishqor metall (natriy yoki kaliy) larning kremniy kislotalari tuzi hisoblanadi. Asosan natriyli suyuq shisha – natriy silikati ishlatiladi. Uning kimyoviy formulasi Na2O·SiO2. Bu nisbat suyuq shisha moduli deb ataladi. Modul qanchaliq yuqori bo‘lsa, suyuq shisha shunchalik yopishqoq bo‘ladi. Elektrod qoplamlarida moduli 2,2 dan 8 gacha bo‘lgan suyuq shisha ishlatiladi. YOy yanada barqaror yonishi uchun ba’zi bir qoplamlarga kaliyli suyuq shisha qo‘shiladi.

    Yoy razryadini turg`unligiga komponentlarning umumiy ta’sirini baholash uchun ionizatsiya potensiali effektivligi tushunchasidan foydalanamiz, u aloxida komponentlarning ionlashish potensialigagina emas balki ularni qoplamadagi konsentratsiyasiga bog`liq. Ionizatsiya potesiali effektivligi U0 quyidagi formula bilan aniqlanadi:



    Bu yerda T – temperatura, ° K;
    γ – komponentlar kosentratsiyasi (molyar hajim);
    Ui – komponentning ionlashish potensiali, V.
    Tayyor elektrodlarning va elektrod qoplamalarining ionlashish hususiyatlarini taqqoslash uchun yoyning uzulish uzunligi aniqlanadi.

    Download 26,37 Mb.
    1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   146




    Download 26,37 Mb.