• Laboratoriya ishi № 2 KATODLI SOGILIShNI TADQIQOT QILISH Ishdan maqsad
  • Mashinasozlik texnologiyasi




    Download 26,37 Mb.
    bet117/146
    Sana23.11.2023
    Hajmi26,37 Mb.
    #103915
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146
    Bog'liq
    Islom karimov nomidagi toshkent davlat texnika universiteti

    Xisobot mazmuni
    Xisobotda bajarilgan tajribalarnig qisqacha mazmuni, moslama sxemasi, tajriba natijalari yozilgan jadvallar va jadvallar asosida yoyning statik volt amper xarekteristikasi o`z aksini topishi kerak.
    Nazorat uchun savollar.
    1. Elektr yoyi nima va unda qanday jarayonlar kechadi?
    2. Yoyning static volt amper xarekteristikasi deb nimaga aytiladi? Uning o`zgarishlarini tushuntirib bering.
    З. Yoy o`tkazgichining boshqa elektr o`tkazgichlaridan farqi nimada?
    4. Yoy razryadiga temir buyumlar nima uchun ta’sir ko`rsatadi?
    5. Yoyning turg`un yonishiga tok turi va qutublar bog`lanishi nima uchun ta’sir ko`rsatadi?




    Laboratoriya ishi № 2
    KATODLI SOGILIShNI TADQIQOT QILISH
    Ishdan maqsad: yoyni boshqarish usullari bilkan tanishish va tashqi magnit maydoni yordamida metal chokini shakllantirish.
    Ishning mazmuni.
    Elektr tokini o`tkazgichi bilan magnit maydonini ta’sirlashuvi natijasida ular o`rtasida o`tkazgichga ta’sir etuvchi kuch paydo bo`ladi(bu kuch yo`nalishi chap qo`l qoyidasiga asosan aniqlanadi). Payvandlash sharoitida o`tkazgich bo`lib yoy va payvand vannasi suyuq metalli xizmat qiladi. Shuning uchun tashqi magnit maydoni ular bilan ta’sirlashadi. Tasir etuvchi kuchlar vanna suyuq metallini va yoyni siljitib xarakatlantiradi. Sijishlar yo`nalishi va xarakteri magnit maydon turi va ko`rinishi hamda payvandlash toki turi bilan aniqlandi. Magnit induksiyasini payvand yoyi o`qiga nisbatan yo`nalish chiziqlari ko`rinishiga qarab ikki turdagi magnit maydonlari farqlanadi: ko`ndalang va bo`ylama. Bo`ylama magnit maydonlarining kuch chiziqlari yo`nalishi payvand yoyi o`qiga parallel, bo`ytlama magnit maydonlariniki perpendikulyar.
    Umumiy xolatda yoyning va suyuq metalning xarakati murakkab xarakterga ega. O`zgarmas magnit maydoni va o`zgarmas payvandlash tokida ularning xarakati oddiyroq ko`rinishga ega. Ko`rsatib o`tilgan sharoitlarda bo`ylanma magnit maydoni yoy ustunini va vannaning erigan metalini aylantiradi, ko`ndalang magnit maydoni esa yoyni biror tomonga og`diradi va suyuq metalni o`qqa nisbatan bir tomonga siljitadi.
    Payvandlash tokini turi va magnit maydonini turi va ko`rinishini o`zgartirish yo`li bilan yoy ustunini tebranishini va aylanishini, aktiv dog`larni payvand vannasi yuzasida borib kelishi va aylanma xarakatini, payvand yoyi shaklini, payvand vannasi erigan qismini tebranma va aylanma xarakatini xosil qilish mumkin.

    Download 26,37 Mb.
    1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   146




    Download 26,37 Mb.