Mashinasozlik




Download 3.53 Mb.
bet5/14
Sana04.07.2021
Hajmi3.53 Mb.
#15410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2.ASOSIY QISM.

ADABIYOTLAR SHARHI

Men mazkur diplom loyixamda, asosan o`zbek olimlarining ilmiy adabiyotlaridan, xorijiy davlat olimlari tomonidan yozilgan kitoblardan keng foydalandim. Shu jumladan Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning bir qancha kitoblari va asarlaridan, avtotransport to`g`risida chiqarilayotgan jurnallardan, maqolalardan va bir qancha o`quv qo`llanmalardan ham shu qatorda “GM-Uzbekiston” AJ tomonidan ishlab chiqarilayotgan avtomobillar to`g`risidagi kitoblardan va hozirgi kunda rivojlanayotgan kompyuter orqali internetdan turli ma`lumotlarni olish asosida yozdim.

Albatta avtomobil transport sohasida qilinayotgan ilmiy-izlanishlar va tadqiqotlar, asosan, sarflanayotgan yoqilg`i miqdorini kamaytirish va yana chiqadigan zaharli gazlarni miqdorini keskin kamaytirish va inson salomatligini saqlashga qaratilgan.

Diplom loyixasini bajarish uchun bir nechta adabiyotlar, internet ma`lumotlari va boshqa manbalardan foydalanildi. Quyida eng asosiy adabiyotlar, ma`lumotlar hamda ulardan olingan ilmiy ma`lumotlar sharxi keltirilgan.

Mirziyoyev SH.M. “2017-2021 yillarda O`zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish uchun xarakatlar strategiyasi”. Bunda besh yillikka mo`ljallangan loyihalarni ketma ketlikda amalga oshirish ko`zda tutilgan bo`lib, Xususan, mamlakatni rivojlantirishning quyidagi 5 ta ustuvor yo`nalishi belgilangan: 
1. Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish

2. Qonun ustuvorligini ta`minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish; 

3. Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish; 

4. Ijtimoiy sohani rivojlantirish; 

5. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag`rikenglikni ta`minlash, chuqur o`ylangan, o`zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish. 
Mazkur yo`nalishlarning har biri mamlakatdagi islohotlarni va yangilanishlarni yanada chuqurlashtirishga oid aniq bo`limlardan iborat [1]. 

Sh.M.Mirziyoyev. “O`zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish xarakatlar strategiyasi” 2017-2021 yillarga mo`ljallanga davlat dasturi. O`zbekistonda qabul qilingan o`ziga xos islohot va modemizatsiya modeli orqali biz o`z oldimizga uzoq va davomli milliy manfaatlarimizni amalga oshirish vazifasini qo`yar ekanmiz, eng avvalo “shok terapiyasi” deb atalgan usullarni bizga chetdan turib joriy etishga qaratilgan urinishlardan, bozor iqtisodiyoti o`zini o`zi tartibga soladi, degan o`sha jo`n va aldamchi tasavvurlardan voz kechdik. Shubxa yo`q jahon moliyaviy inqirozining ta`sirini kamaytirish va uning oqibatlarini bartaraf etish uchun bizda barcha zarur shart-sharoitlar mavjud. Bir so`z bilan aytganda, mamlakatimizda global inqirozning oqibatlarini, bugungi va ertangi kutiladigan ta`sirini hisobga olgan holda qat`iy, har tomonlama o`ylangan keng ko`lamli loyihalar bugun amalga oshirilmoqda [2].

Karimov I.A. “O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida hozirgi kunda davlatimiz rivojlanish bosqichlarini bosib o`tmoqda. Iqtisodiy ijtimoiy rivojlangan davlatlar qatoriga kirish uchun O`zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy sohalarni tez fursatda imkon boricha yuqori darajalarga olib chiqishi kerak. Energetika, kommunikatsiya, transport va ishlab chiqarish tizimlari shular jumlasidandir [3].

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Jaxon moliyaviy- inqirozi, O`zbeksiton sharoitida uni bartaraf etish yo`llari va choralari” kitobida yoritilishicha, bugungi kunda iqtisodiyotimizni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, uning raqobatdoshligini keskin oshirish, eksport salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan muhim ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo`yicha dastur ishlab chiqildi[4].

Bu dasturda umumiy qiymati 24 milliard AQSH dollaridan ziyod bo`lgan qariyb 300 ta investitsiya loyihalarini bajarish rejalashtirilgan. Jumladan, bunda yangi qurilish loyihalari- 18,5 milliard dollarni, modernizatsiya va rekonstruktsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash bo`yicha loyihalar esa taxminan 6 milliard dollarni tashkil qiladi. Dasturga kiritilishi mo`ljallanayotgan bu loyihalar avvalambor yoqilg`i- energetika, kimyo, neft- gazni qayta ishlash, metallurgiya tarmoqlariga, yengil va to`qimachilik sanoati, qurilish materiallari sanoati, mashinasozlik va boshqa sohalarga tegishlidir [2].

Hozirgi kunda yo`l qurilishiga katta ahamiyat qaratilayotganligi va bu borada ko`zga ko`rilayotgan ishlarni qilinayotganligini ta`kidlash lozim.

Prezidentimiz I.Karimovning “Iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” [4] asari asosan, mustaqil O`zbekiston o`z iqtisodiy taraqqiyot yo`lini belgilab olganligi va shu taraqqiyotning muhim ob`ekti sifati import va eksportni, keng ishlab chiqarishni asosiy manba deb qaragan. Avtomobil ishlab chiqarish bu davlatning g`aznasiga eng samarali foyda keltiradigan sohalardan hisoblanadi. Iqtisodiy islohotlar samarasi natijasida, albatta, insonlar manfaatini ko`zlab, turmush tarzini yaxshilashni ko`rsatishni ko`zda tutadi.

Islom Karimovning “O`zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo`lida” asari va boshqa bir qancha maqola va asarlarida vatanni iqtisodiy rivojlanishda avtomobil transporti va avtomobil yo`larining ahamiyati boshqa sohalar singari muhimligini ko`rsatib o`tilgan [5].

X.Mamatovning “Avtomobillar” (I, II qismlari) [6-7], darslik asosan avtomobil tarsnporti, avtomobil xo`jaligi, yo`l harakatini tashkil etish, avtomobilni ishlatish ixtisosligi talabalari uchun mo`ljallangan bo`lib, muallifning bir necha yillar davomidagi mehnati shuningdek, O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining pedagogika muammosiga doir ilmiy-metodik muvofiqlashgan rejasiga kiritilgan mavzu bo`yicha talabalarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish borasida muallif tomonidan bajarilgan ba`zi ilmiy tajriba ishlari asosida yozildi. Bu adabiyotda avtomobil mexanizmi va tarmoqlarining vazifasi, umumiy tuzilishi, ishlash uslubi bayon etilgan. Darlikda 22 bob bo`lib, har birining oxirida shu materiallar yuzasidan programmalashtirilgan topshiriqlar berilgan.

U.K.Karimov “Traktor va avtomobil dvigatellari nazariyasi” [8] kitobida avtomobilning asosiy qismi bo`lgan ichki yonuv dvigatelida boradigan jarayonlarining qanday tartibda sodir bo`lishini, dvigatelning ko`rsatkichlari, dvigatellardan keng va samarali foydalanish usullari hamda avtomobil tejamkorligini oshirish borasida olib bolrilgan ilmiy izlanishlar haqida ma`lumotberadi. Darslikda dvigatellarning umumiy tasniflari, dvigatel ichidagi barcha mexanizmlarningo ishlash jarayonlari, moylashtizimlari va boshqa tizimlarning ishlash printsipi haqida batafsil ma`lumot beradi. Bu adabiyotda keltirilgan jarayonlar va muhim formulalar asosida har bir avtomobilь dvigateli xarakteristikasini ishlab chiqish mumkin. Bu asar avtomobil mutaxassisi bo`lmoqchi bo`lgan kadrlar uchun juda keraklidir.

“GM-Uzbekiston” AJ o`z mahsulotlarini foydalanuvchilar uchun foydalanish qulay bo`lishi maqsadida qo`llanmalar [9-13]ni ishlab chiqqan va nashr ettirdi. Har bir avtomobil uchun bittadan qo`llanma ajratilgan bo`ladi va avtomobil bilan sotib birga beriladi. Qo`llanmada avvalo ekspluatatsiya sharoitiga avtomobilni tayyorlashdan boshlanadi, u bo`limda avtomobilni nomerlangan kaliti, undan to`g`ri foydalanish shart-sharoitlarini tushuntirib o`tadi va bir qancha eslatmalar belgilab beradi. Qo`llanmaning keyingi sahifalarini sharhlashga o`tsam, yon oynalar va salondagi orqani ko`rsatuvchi oynalarni, o`tirgichlar va ulardan to`g`ri foydalanishni o`rgatadi. Qo`llanmaning keyingi bo`limlarida harakat paytida xavfsizlik texnikasi bilan tanishtiradi. Avtomobil dvigateli, uzatmalar qutisi, salonning tuzilishi, panellarni ko`rinishlari, har bir hisoblagichlar, audiosistema haqida to`la ma`lumot va boshqa diagnozlov vositalari haqida kerakli ma`lumotlar beradi. Demak, qo`llanma haydovchilar uchun juda kerakli va foydalanish uchun ancha qulay bo`lgan kitobcha hisoblanadi.

“Avtomobil dvigatellari” [14] adabiyoti M.S. Xovax va T.S.Maslovlar qalamlariga mansubdir. Albatta bu adabiyotda avtomobil asosiy qismi bo`lgan dvigateli haqida umumiy ma`lumotlar beradi. Dvigatelni foydali quvvati foydali burovchi momenti, yoqilg`ining soati sarfini tirsakli valning burchak tezligiga bog`liq holda va boshqa bir qancha muhim kattalikni har bir dvigatel uchun topish imkonini yaratadi. Asosan avtomobilsozlikda karbyuratorli va dizelli dvigatellardan keng foydalanadi. Mazkur adabiyotda har ikkala dvigatelning o`ziga xos bo`lgan qiymatlari bilan bevosita tanishtirib o`tadi. Ichki yonuv dvigatellari bilan shug`ullanuvchi har bir talabaga bu qo`llanma juda kerakli adabiyotlardan biri hisoblanadi.

I.Z.Nosirov, I.Sibgatullinlarning muallifliklaridagi “Zamonaviy yengil avtomobillarga TXK va ta`mirlash davriyligini oshirish” [15] ilmiy-adabiyoti foydalanuvchila uchun eng muhim dastur bo`la oladi. Avtomobillarga servis xizmat ko`rsatish korxonalarning bir necha turlari mavjud bo`lib, ular keng ko`lamdagi funktsiyalar bajaradilar. ATXKSlar ko`p tarmoqli ishlab-chiqarish korxonasi bo`lib, ular oldiga quyidagi vaziflara qo`yilgan: avtomobillarni texnik soz holatini ta`minlash uchun avtomobillarga texnik xizmat va remont qilish, avtomobillarga kafolat xizmati ko`rsatish, diagnostika ishlarrni bajarish. Avtomobil agretaglarini kapital remont qilish, avtomobillar va ularga ehtiyot qismlar sotish va boshqa ishlarni bajarish tartibi va davriyligi haqida to`liq ma`lumotlar olish mumkin.

Рус олимлари Фастовцев Г.Ф. “Организация технического обслуживаниya и ремонта легковых автомобилей. [16] адабиёти биз автомобилсозлар учун муҳим қўлланма бўла олади. Автомобил автоф-муҳитни ифлослаш бўйича энг катта объектлардан саналади. Маълумотларга таyaнадиган бўлсак, ҳатто саноати ривожланган энг катта шаҳарларда ҳам автомобиллар ички ёнув двигателларидан чиқаётган газлар миқдори бошқа объектлар чиқараётган заҳарли газлардан ортиқроқдир. Мазкур адабиётдан фойдаланган ҳолда масалага тўғри ёндошиб, муаммони ҳал қилса бўлади.

Avtomobillarga zamonaviy texnik xizmat ko`rsatish bo`yicha ilmiy asoslangan uslub, jixozlar va ta`mirlash yo`llari bir qator ilmiy adabiyotlarda [17-23] o`zbek va rus olimlari tomonidan bayon etilgan.

Foydalanish bo`yicha eng ommaviy va qulay bo`lgan adabiyot bu gazeta va jurnallardir [24-28]. Avtomobillar olamidagi barcha yangiliklar, qo`lga kiritilgan barcha yutuqlar, avtomobillar tarixi va klassik avtomobillar kollektsiyasi bilan ajoyib rangli tasvirlarda tanishtiradi. Jurnallar yana hozirgi jadal rivojlanayotgan avtomobilь modifikatsiyalari, avtoolamdagi sotuvlar va avtomobil narxlari va turli reklamalar bilan bizni ogoh etadi. Jurnallarda eng e`tiborli jihatlaridan yana biri-bir qancha maqolalar yo` harakat qoidalarini o`rgatadi, ibrat bo`lsin uchun to`qnashuvli holatlarning tasvirini ko`rsatadi. Bularning mutoala qilib yursak har jihatdan biz talabalar uchun foydalidir.

Fan-texnikaning tez suratlarda rivojlanishdan foydalangan holda men bu bitiruv malakaviy ishim yuzasidan bir qancha ma`lumotlarni intenetning bir qancha saytlaridan [29-36] oldim. Jahon avtomobil olamidagi yangiliklar, avtomobilning jahon bozordagi narxlari, uning har bir agregat va detallari haqida to`liq ma`lumot shuningdek, avtomobil tarixi, turli avtomobil zavodlari haqida, u joydan chiqayotgan har bir avtomobil resurslari haqida to`liq va aniq ma`lumotlarni tez va sifatli olishimga imkoniyat beradi.

Demak, har bir foydalanuvchi talaba, albatta bu soxadagi olimlarning ishlari bilan tanishmog`i lozim. Nazariy bilimi asosida amaliyotda uni qo`llay olishi kerak. Adabiyotlardan unumli foydalangan holda men ham o`zim uchun ajratilgan bu malakaviy ishimni bajarishga kirishdim.





Download 3.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 3.53 Mb.