Yengil avtomobillar moylash tizimi tahlili




Download 3.53 Mb.
bet6/14
Sana04.07.2021
Hajmi3.53 Mb.
#15410
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
2.1. Yengil avtomobillar moylash tizimi tahlili

Avtomobilni asosiy qismlaridan biri uning dvigateli hisoblanadi. Dvigatel detallarining katta yuklanishlarda ishqalanib ishlashi ularning yeyilishiga va qizishga olib keladi. Shuning uchun dvigatelning ishqalanuvchi detal yuzalariga uzluksiz ravishda moy yuborib turish zarur. Bu vazifani dvigatelda moylash tizimi bajaradi.

Moylash tizimi dvigatel ishlayotganda uning ishqalanuvchi yuzalariga kerakli miqdorda moy yetkazib beradi, natijada ishqalanuvchi sirtlarda qisman soviydi, ishqalanish va yeyilish kamayadi hamda detallarning yeyilishiga sababchi moyga yopishgan yeyilgan zarrachalar moy bilan birga karter tubiga tushadi va bu moy keyin qayta tozalanadi. Dvigatelning detallarini moylash uchun asosan, neftdan olinadigan moylar ishlatiladi. Ishlatiladigan moyning turi va uning ishlash sharoitiga bog`liq.

Moy dvigatel detallariga sachratib, bosim ostida yoki aralash usulda yuborilishi mumkin. Shunga ko`ra, sachratib, bosim ostida majburiy, aralash usulda moylash tarmoqlari qo`llaniladi. Sachratib moylash tizimi dvigatelning ishqalanuvchi detallariga yetarli miqdorda moyni yetkazib bera olmaydi. Bosim ostida majburiy moylash turi esa tarmoqni murakkablashtirib yuboradi. Shuning uchun zamonaviy avtomobillar dvigatellarida asosan aralash moylash tarmog`i qo`laniladi. Bu turdagi moylar tizimida zo`riqib ishlaydigan detalь yuzalarida moy bosim ostida majburiy, qolganlariga esa moy sachratib va oqizish usuli bilan yuboriladi.

Aralash moylash tarmog`i quyidagi mexanizm, asbob va tuzilmalarni o`z ichiga oladi: moy saqlagich, moy qabul qilgich, zo`riqib ishlaydigan ishqalanuvchi detalь oralig`iga moy yuboruvchi nasos, moyni tozalovchi filьtrlar, moy sovituvchi radiator, moy yo`llari va naychalari, moyning sathi, bosimli va haroratini ko`rsatuvchi asbub-uskunalar.

Karbyuratorli dvigatellarda aralashgan moylash tarmog`i qo`llaniladi. Bu dvigatellarda tirsakli valning o`zak va shatun bo`yinlari, taqsimlash valning podshipniklari, koromislo o`qi va uzgich-taqsimlagichning hamda moy nasosining harakatlantiruvchi vali bosim ostida qolgan ishqalanuvchi detallari sachratish yoki iqizish usuli bilan moylanadi. Masalan, taqsimlash shesternyalari tsilindrlar kallagidan tuynuklar orqali oqib tushayotgan moy bilan moylanadi. Moy sidiruvchi porshenь halqasi tsilindr devoridan oshiqcha moyni sidirib, porshenь ariqchalaridagi chorqirra teshiklar orqali porshenning ichiga o`tkazadi va porshenь barmog`ini moylaydi, shtangalar tayanchdan oqib tushayotgan moy klapanlar va ularning burash mexanizmlari moylanadi. Keyingi sahifada aralash moylash tizimi sxemasi va detallari ko`rsatib berilgan.



Shu turdagi moylash tizimining soddalashtirilgan chizmasini 1-rasmda keltirilgan. Moy quyish naychasi 16 orqali moy karterga tubi 21 ga tushadi. Karter tubidagi moy sathi sath o`lchagich dastagi 19 bilan o`lchanadi. Karter tubiga, ishlatilgan moyni chiqarib tashlash uchun tiqin 22 kirgiziladi. Odatda karter tubining eng pastki qismida moy nasosi 6 ning moy qabul qilgichi 23 joylashadi. Moy nasos yordamida dag`al filtr 3 dan o`tib, asosiy moy kanali 8 ga boradi. Dvigatel sovuqligida yoki uni tirsakli vali juda katta aylanishlarda ishlaanda tarmoqdagi moy bosimi juda ko`tarilib, moylash tarmog`i naychalarini yorib borishi mumkin. Buning oldini olish va tarmoqqa moy belgilangan bosim ostida borib turishi uchun nasosning pastki qismiga qaytarish klapan 4 o`rnatilgan, u tarmoqqa oshiqcha o`tayotgan moyning bir qismini karter tubiga qaytarib, moy bosimini bir me`yorda ushlab turadi. Dag`al filtr 3 ning ifloslanish darajasida uning moy o`tisho`iga bo`lgan qarshiligi ortib boradi, yoki moyni butunlay asosiy moy kanaliga o`tkazmay qo`yadi. Bu paytda moy o`tkazish klapani 5 orqali asosiy moy yo`liga o`tadi. Ba`zi holatda mayin filtrga saqlagich klapani o`rnatish mumkin.

1-rasm. Moylash tizimining soddalashgan sxemasi.



1,3- filtrlovchi elementlar; 2, 27, 28, 32 - o`tkazuvchi klapanlar; 4 - manometr; 5 - taqsimlash vali; 6 - turtki; 7 - shtanga; 8 - porshen; 9 - purkagich; 10,24 -blok moy kanali; 11,14 - koromislo moy kanali; 12 - koromislolar o`qi kanali; 13 - setkali filtr; 15 - shatun moy kanali; 16 - shatun pasti kallagi purkagichi; 17 - tirsakli val bo`yinlari moy kanali; 18 -moy sathini o`lchagich; 19 - termometr; 20 - o`zak bo`yni podshipniklari; 21 - poddon; 22 - temperatura datchigi; 23 - moy so`rgich; 25 - asosiy moy magistrali; 26 - to`kish qopqog`i; 29, 30 - moy nasosi; 31 - kran; 33 - moy radiatori
Moy asosiy moy yo`li orqali blokdagi moy teshiklaridan chiqib, tirsakli valning o`zak bo`yinlari 20 va taqsimlash valining podshipniklariga o`tadi. Blokdagi tik joylashgan tuynuk yoki moy naychasi 9 orqali moy koromislo o`qi 11 ga yuboriladi. Koromislodagi moy yo`li 10 orqali, moy klapan o`zagining tubi va shtangaga oqib tushadi. Shatun podshipnigiga moy o`zak bo`ynidan tutashtiruvchi moy yo`li 18 orqali bosim ostida o`tadi. Ba`zi dvigatellarda porshenь barmog`i 14 ga moy shatun o`zagidan moy yo`li 15 orqali bosim ostida yuboriladi.

Tirsakli val aylanganda markazdan qochma kuch ta`sirida karter tubidagi moy sachrab, karter devorlariga urilib, mayda zarrachalarga bo`linadi va moy tumani hosil bo`ladi. Moy tumani tsilindr devorlariga o`tirib, porshenь xalqalari va barmog`i, taqsimlash valining harakat uzatuvchi ayrim qismlarini va boshqa detallarini moylaydi. Taqsimlash shesternyalari va gaz taqsimlash mexanizmining ba`zi yo`naltiruvchi detallari oqizish yo`li bilan moylanadi. Taqsimlash shesternyalari ancha murakkab tuzilgan detallar safiga kiradi. Moylash tarmog`idagi moyning bosimi va haroratini monometr 7 va distantsion termometr 25 ko`rsatadi. Tarmoqdagi qizigan moy radiatr 29 da sovutiladi, unga moy asosiy 6 yoki maxsus 26 nasos orqali yuborilishi mumkin. Radiatorga moyning borishini to`xtatish uchun jumrak 28 va saqlagich klapan 27 o`rnatilgan. Tarmoqdagi qizigan moy radiatr 29 da sovitiladi, uena moy asosiy 6 yoki maxsus 26 nasos orqali yuborilishi mumkin. Radiatrga moyning borishini to`xtatish uchun jo`mrak 28 va saqlagich klapan 27 o`rnatilgan. Tarmoqdagi moyning bosimi 100 kPadan pasayganda saqlagich klapan berkitilib, radiatorga moy o`tishi to`xtaydi.

Sobiq ittifoqda ishlab chiqarilayotgan dizelь dvigatellarining hammasida aralashgan moylash tarmog`i qo`llanilib, unda zo`riqib ishlaydigan detallar bosim ostida, qolganlari esa sachratib yoki oqizish yo`li bilan moylanadi. Dizel dvigatellarida tirsakli valning o`zak va shatunь podshipniklari, porshen barmoqlari, koromislo vtulkasi, turtkich vtulkalari, turtkich shtangalarining uchlari, moy nasosining podshipniklari va uning yuritmasi bosim ostida, tsilindr gilzalari va u bilan ishqalanuvchi detallar sachratish, taqsimlash valining mushtchasi, tsisternyali ulagichlar va ularning podshipniklari oqizish usuli bilan moylanadi.

Dvigatel ishlaganda tsilindrning porshenь ustida hosil bo`lgan gazlar porshenь halqalari orasidagi tirqishdan karterga o`tadi. Bu gaz yonuvchi aralashma, to`la va qisman yongan mahsulotlardan iborat bo`lib, karter gazlari deb ataladi. Bu gazlar tarkibiga yonilg`i va suv bug`i, karbonat angidrid, gazlarning tarkibidagi yonilg`i va suv bug`i, karbonat angidrid, oltingugurt, azot va qisman karbon vodorod birikmalari bor. Yonilg`i bug`i tomchiga aylanib moyni suyultiradi, suv bug`i cha boshqa birikmalar moyni oksidlaydi, natijada moyning sifati yomonlashadi. Karter gazlarning moyga yomon ta`sirini kamaytirish uchun ularni karter bo`shlig`idan uzluksiz ravishda chiqarib turish lozim.

Gazlarni karterdan uzluksiz chiqarib turish natijada karter bo`shlig`ini shamollatish jarayonini ta`minlovchi bir talay tuzilmalarni shamollatish sistemasi deb ataladi.

Karter bo`shlig`ini yetarli darajada shamollatilmasa, karterda gaz bosimi oshib ketadi, natijada tirsakli valning salnikli jipslashtirgichi va karterning qistirmalaridan moy oqib ketadi. Bundan tashqari, bu gaz kabina yoki kuzovga irsa, haydovchi va yo`lovchilarni qattiq zaharlaydi.

Dvigatel detallarini moylash uchun ishlatiladigan moylar mazutni qayta haydash yo`li bilan olinadi va ular erigan aralashmalardan tozalangan moylar deb ataladi. Ishlatiladigan moyning moylash xususiyati ishqalanuvchi detallarning yuzalarida yupqa moy pardasi yoki ishqalanish paytida bo`rtib chiqmaydigan oksidlar pardasining hosil bo`lishidan iborat. Bu pardalar 100 oS gacha issiqlikda ham qovushqoqligini va moylash xususiyatini saqlab qolish lozim. Bundan tashqari, moy, ishqalanuvchi detallar qizigan yuzalarning issiqligini o`ziga oladi, ularni sovutish xususiyatiga ham ega bo`lish kerak. Moyning qovushqoqligi, oksidlanishga chidamliligini oshirish, zanglamaslik va yuvib ketish hodisalarini yaxshilash, shuningdek yuqori haroratda suyulmaydigan bo`lish uchun unga 3...14 foiz har xil tarkibli murakkab qo`shilma qo`shiladi. Odatda ko`p tarkibli moylar ishlatiladi. Karbyuratorli dvigatellar uchun ishlatiladigan moyning belgisi AS-8, AS-10. Belgidagi A harfi moyning avtomobilь moyi ekanligini, S harfi sellektiv usulda tozalanganligi, 8 raqami esa moyning 100 oS dagi qovushqoqligini bildiradi. Raqam qancha katta bo`lsa, moyning qovushqoqligi shuncha yuqori bo`ladi. Sovuq iqlimda ishlaydigan dvigatellarda qovushqoqligi 8 va undan past, issiq iqlimda ishlaydigan dvigatellarda esa qovushqoqligi 10 va undan yuqori belgili moylar ishlatiladi. Yengil avtomobil dvigatellari uchun sifati yuqori darajali moylar ishlatiladi.

Dizel dvigatellari uchun maxsus yuqori sifatli moylar ishlatiladi. Avtomobilning boshqa mexanizm va ishqalanuvchi detallari uchun boshqa turlimoylar ishlatiladi.




Download 3.53 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Download 3.53 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Yengil avtomobillar moylash tizimi tahlili

Download 3.53 Mb.