PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI




Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/4
Sana23.05.2024
Hajmi0,83 Mb.
#250819
1   2   3   4
Bog'liq
Karabayeva M.I.

PEDAGOG RESPUBLIKA ILMIY JURNALI 
1 – SON / 2022 - YIL / 15 - SENTYABR 
www.bestpublication.org
86 
1-rasm. 
Suv molekulalarida yodning tarqalishi. 
2-rasm. 
Diffuziya jarayonining bosqichma-bosqich borishi. 
Massa almashinish jarayonlari faol komponent va inert tashuvchi fazalar bilan 
xarakterlanadi. Faol komponent-bu fazadan fazaga o`tuvchi massa, inert 
tashuvchilarning miqdori esa, jarayon davomida o`zgarmaydi. Massa almashinish 
jarayonini harakatga keltiruvchi kuch – kontsentratsiyalar farqi. 
Absorbstiya – bu gaz aralashmasidan biror moddaning suyuq fazaga selektiv 
ravishda yutilish jarayonidir. 
Suyuqliklarni haydash va rektifikastiya – bu suyuq va bug`fazalar orasida 
komponentlar o‟zaro modda almashinish yo‟li bilan suyuq aralashmalarni 
kimponentlarga ajratish jarayonidir. Ushbu jarayon issiqlik ta‟sirida olib borilib, 
komponentlarning qaynash temperaturasi har xil bo‟lishiga asoslanadi. Bu jarayon 2 xil 
bo‟ladi: oddiy haydash (distillash) va murakkab haydash (rektifikastiya). Shu alohida 
ta‟kidlash kerakli, bunda modda suyuq fazadan bug`ga va bug`dan suyuq fazaga o‟tadi 
Ekstrakstiya – bu eritma yoki qattiq jismdan erituvchi yordamida bir yoki bir 
necha komponent ajratib olish jarayonidir («suyuqlik-suyuqlik» sistemasida faol 
komponent bir suyuq fazadan ikkinchisiga o‟tadi. «Qattiq jism – suyuqlik» sistemasida 
modda qattiq jismdan suyuq fazaga o‟tadi. Bunday sistemada komponentning suyuq 
fazaga o‟tishi eritish jarayon deb ataladi. 
Adsorbstiya – bu gaz, bug` yoki suyuq aralashmalardan bir yoki bir necha 
komponentlarni qattiq, g`ovakli jism bilan yutilish jarayonidir. Juda katta faol yuzaga 
ega qattiq jismlar adsorbentlar deb ataladi 
Quritish – bu qattiq materiallar tarkibidagi namlikni bug` shaklida ajratib olish 
jarayonidir. Ushbu jarayonda faol komponent - namlik qattiq fazadan gaz yoki bug` 
fazasiga o‟tadi. 



Download 0,83 Mb.
1   2   3   4




Download 0,83 Mb.
Pdf ko'rish