Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
246
matеriallarga suyangan holda fonetik, leksik, morfologik va sintaktik xususiyatlari
haqida bilim berish “O‘zbek tili tarixi” fanining asosiy maqsadidir.
“O‘zbek tili tarixi” fani ayni paytda respublikamiz oliy o‘quv yurtlarining
o‘zbek filologiyasi fakultetlarida mutaxassislik fani sifatida o‘qitiladi.
Mazkur
fanning boshlang‘ich qismi esa qadimgi turkiy tilga borib taqaladi. “O‘zbek tili
tarixi” darsligi muallifi N. Rahmonov qadimgi turkiy til tilshunoslikning bir sohasi
va o‘quv predmeti sifatida o‘tgan asrning 80-yillarida paydo bo‘lganligini, boshqa
turkiy tilli respublikalarda esa ancha yillar oldin – 60-yillarda boshlanganini
ta’kidlaydilar. Mazkur maqolada qadimgi turkiy yozuvlardan biri bo‘lgan uyg‘ur
yozuviga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulotlar mavzusi mazmunini ochishda qo‘l
keluvchi quyidagi mashq va topshiriqlarni tavsiya etmoqchimiz.
Topshiriq. Hozirda «uyg‘ur yozuvi» nomi bilan atalayotgan qadimgi turkiy
alifbo yozma manbalarda bir qancha nom bilan yuritilgan.
Quyidagi jadvalning
birinchi ustunida berilgan manbalarda mazkur yozuv qanday nomlar bilan
atalganligini toping va jadvalning ikkinchi ustuniga yozing.