Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/219
Sana19.01.2024
Hajmi3,62 Mb.
#140785
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   219
Topshiriq. Uyg‘ur yozuvida bizgacha yetib kelgan yozma yodgorliklarga 
taalluqli ma’lumotlarni quyida berilgan manbalar asosida namunada berilganidek 
guruhlang.
1. Mazkur manbaning bosh qahramoni haqidagi rivoyatlar turkiy badiiy 
adabiyotning eng eski, shuning bilan birga, keng tarqalgan namunalaridandir. 
Rivoyatlarning eng eskisi uyg‘ur xatida bitilgan.
2. Bu asar moniylikning falsafiy-ta’limiy asaridir. Ilk o‘rta asrlarda asarning 
o‘rtancha eroniy, sug‘dcha, turkiy, xitoycha versiyalari keng tarqalgan edi. 
Tavbanomaning turkiy versiyasi turk moniy falsafasining, shuning bilan birga, 
qadimgi turkiy til va moniylik davri turk adabiyotining qimmatli obidasidir.
3. Mazkur asar tan sulolasi davrida o‘tgan no‘mchi sayyoh Syuan-szanning 
Budda yashagan o‘lkalarga muqaddas safari xususidagi memuar bo‘lib, o‘zida 
o‘nlab afsona va rivoyatlarni, budda falsafasi, qadimgi Sharq xalqlarining ijtimoiy-
siyosiy, madaniy turmushiga, ular yashagan mamlakatlar geografiyasi, tarixiga oid 
ma’lumotlarni jamlagan.
4. Ushbu yozma manba buddizmning mahayana mazhabiga oid asar bo‘lib, ilk 
o‘rta asrlarda sanskrit, xitoy va qadimgi turkiy versiyalarda tarqalgan edi. Asarning 
sanskritcha oti “Suvarnaprabhasa”, turkiy versiyasining to‘liq oti “Altun öŋlüg yaruq 
yaltrïqlïğ qopta kötrülmiš nom iligi” (“Oltin tusli tovlanuvchi hammadan ustun no‘m 
tojdori”) dir.


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
248 
5. Asar asli sanskrit tilida yaratilgan. Budda ta’limotining yirik 
bilimdonlaridan biri Aryachantri uni sanskritcha nusxadan tohar tiliga o‘girgan. 
Toharcha nusxadan esa Partanarakshit Karnavajiki qadimgi turkiyga tarjima qilgan.
6. Asar qo‘lyozmasi hozir Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanmoqda. 
Qo‘lyozmada dostonning boshlanishi ham, yakuni ham yo‘q. Matnning jami 42 
sahifa (21 varaq). Har sahifada uyg‘ur yozuvli matn 9 qatordan bitilgan bo‘lib, jami 
376 satrdir. Qolyozmaning bitilgan sanasi ma’lum emas. Xat uslubiga qaraganda, 
chamasi, XIII—XIV asrlarda ko‘chirilgan ko‘rinadi.
7. Ushbu dostonning ildizi miloddan burungi chog‘larga tutashadi. Dostonda 
turkiy xalqlarning qadimgi inonch-qarashlari, turkiy qavmlarning kelib chiqish tarixi 
aks etgan. Mazkur manba uzoq asrlar davomida sayqal topib, takomillashib kelgan 
xalq dostonidir.
8. Asarning Sankt-Peterburgda saqlanayotgan nusxasi. Ushbu qo‘lyozma 
Rossiya FA Sharqshunoslik institutining Sankt- Peterburg bo‘limida saqlanmoqda. 
Asar uyg‘ur xati bilan o‘ram qog‘ozga bitilgan. Matnning bosh qismi chirib, titilib 
ketgan. Saqlanib qolgani 160 satrdan iborat. Yozuv shakli, xat uslubiga ko‘ra mazkur 
matnni uyg‘ur yozuvli yodgorliklarning eng eskisi deyish mumkin.
9. Asar o‘n ikki bo‘lim (bölüg)dan tuzilgan. Qism (tegzinč)lar boshida 
ularning sarlavhasi va tartib ko‘rsatkichi qayd etiladi.
10. Asarning Qumul yaqinidan topilgan qo‘lyozmasi mavjud nusxalar orasida 
alohida o‘rin tutadi. Uyg‘ur yozuvli ushbu qo‘lyozma hozir Urumchidagi tarix 
muzeyida saqlanmoqda. Qo‘lyozma ancha uringan, ayniqsa, so‘nggi varaqlari titilib 
ketgan, parokanda. Shunga qaramay, qo‘lyozmaning ahamiyati katta. Xati nafis, 
e’tibor bilan bitilgan kitob. Aftidan, katta bir amaldor buyurtmasiga ko‘ra 
tayyorlangan ko‘rinadi.

Download 3,62 Mb.
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   219




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish