Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
251
Sifatlarning otga bog‘lanib kelishini mustahkamlashda
rasmlar asosida ham
tushuntirish mumkin. Masalan: Yayloyda o‘tlab yurgan toychani tasvirlovchi rasmni
doskaga osib, unga o‘quvchilar diqqati qaratiladi
va ularga quyidagi savollar
beriladi:
– Rasmda nimalar ko‘ryapsiz?
– Yaylov qanday?
– O‘tlar qanday?
– Toycha qanday?
– Toycha nimaning bolasi?
– Toychoq, o‘tloq, yaylov so‘zlari ishtirokida 5-6 so‘zli gaplar tuzing.
O‘quvchilar tuzgan gaplardan ikkitasi tanlab olinadi va doskaga yoziladi.
Masalan: Ko‘m-ko‘k o‘tloqda qo‘y-qo‘zilar o‘tlayapti. Ular ichida sho‘x, o‘ynoqi
toycha ham bor.
– Birinchi gapni o‘qing. Gap nima haqida aytilgan?
– O‘tloq qanday ekan?
–
O‘tloq so‘zi qaysi so‘z bilan bog‘langan?
– Ikkinchi gapdagi nima so‘rog‘iga qaysi so‘z javob bo‘ladi?
– Toycha so‘zining belgisini qaysi so‘zlar ifodalayapti?
– Sho‘x, o‘ynoqi so‘zlari qaysi so‘roqqa javob bo‘ladi?
– Ko‘m-ko‘k gapning qanday bo‘lagi?
– Ikkinchi darajali bo‘lak gapning qaysi biriga bog‘langan?
– Ikkinchi darajali bo‘lak nima bilan ifodalangan?
Ikkinchi gap ham xuddi shunday tahlil qilinadi. Demak,
sifat gapda otga
bog‘lanib, ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelar ekan, degan xulosa chiqariladi.
3- sinf “Ona tili” darsligidagi 249 - mashq
1
dagi she’riy parcha 2-3 o‘quvchiga ifodali
o‘qitiladi:
Men chaqirsam kishnab keling,
Uyurlardan chopib keling,
Jajji, quvnoq toychalarim,
Yo‘rg‘a o‘ynoq toychalarim.
Mana sizga ko‘m-ko‘k o‘tloq,
Ko‘zi munchoq toychalarim.
Uyur (biyalar to‘dasi, otlar to‘dasi), yo‘rg‘a (mayda qadam tashlab yurmoq,
pildarab yurmoq, yo‘rg‘alab yurmoq) so‘zlariga izoh beriladi
va quydagi savollar
bilan o‘quvchilarga murojaat etiladi:
– Bu she’rni kim yozgan ?
–
Shoir toychoqni qaysi so‘zlar bilan tasvirlagan?
1
S.Fuzailov, M.Xudoybеrganov. Ona tili. 3-sinf uchun darslik. Toshkеnt: “O‘qituvchi”, 2019. 98- bet.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
252
– Uni qanday o‘tloq chaqirayapti?
– She’rda nimalar haqida aytilgan?
– O‘tloq qanday ekan?
– Jajji, quvnoq, yo‘rg‘a, o‘ynoqi so‘zlar qaysi so‘z turkumiga kiradi?
– Toycha-chi?
– Ko‘m-ko‘k so‘zi qaysi so‘z turkumiga kiradi?
– O‘tloq so‘zi-chi?
– Sifat gapda qaysi so‘z turkumi bilan bog‘langan?
To‘ychoq, o‘tloq so‘zlari (otlari) bilan bog‘langan so‘zlar (sifatlar) birgalikda
doskaga yoziladi va ular tegishli chiziqlar bilan ko‘rsatiladi.
Mavzuni quyidagi savollarni o‘quvchilarga berish bilan yakunlash mumkin:
– Sifat gapda qaysi so‘z turkumiga bog‘lanadi?
– Sifatlar gapda qanday vazifada keladi?
– Sifatlar nimaning belgi-xususiyatini bildiradi?
– Nutqimizda sifatlar nima uchun ishlatiladi?
Shu tariqa sifatlarning otga bog‘lanishini o‘rgatish mumkin.