Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
250
SIFATLARNING OTGA BOG‘LANISHINI SUHBAT USULIDA
O‘RGATISH
Quralova Mohira Adxamovna
magistrant
Andijon davlat universiteti
Annotatsiya.
Maqolada
boshlang‘ich
sinflarda
sifatlarning
otga
bog‘lanishini o‘rgatishda suhbat usulidan foydalanish va mashqlar ustida ishlash
haqidagi ma’lumotlar tavsiya qilingan.
Kalit so‘zlar: grammatik tushuncha, sifat, ot, sifatlarning otga bog‘lanishi.
Ma’lumki, “Sifatni o‘rganish metodikasi uning
lingvistik xususiyatlariga
asoslanadi. Sifat predmetning belgisi (rangi, hajmi, shakli va ko‘rinishi, maza-ta’mi,
xarakter-xususiyati, hidi, vazni, o‘rin va paytga munosabati)ni bildiradi. Sifatning
leksik ma’nosi uni ot bilan bog‘liq holda o‘rganishni talab qiladi”.
1
Sifatlarning otga bog‘lanishini o‘rgatishdan asosiy
maqsad sifat haqidagi
grammatik tushunchalarni shakllantirish,
kengaytirish; sifatlarning otga bog‘lanib,
ikkinchi darajali bo‘lak vazifasida kelishini tushuntirish;
rang-tus, maza-ta’m va
hajmni bildirgan sifatlarni farqlay bilishga o‘rgatishdan iborat.
Mavzuni o‘rgatishda 3- sinf “Ona tili”
2
darsligida berilgan 265-mashq
bajartiriladi. Undagi berilgan topshiriqqa ko‘ra, ajratib ko‘rsatilgan otlarga bog‘lanib
kelgan sifatlarni aniqlab, shu sifatlarga so‘roq berish va ko‘chirish.
Mashqda berilgan she’r o‘uvchilarga o‘qittiriladi. She’r quyidagicha:
Ozod mustaqil
Vatan,
Obod va ahil
Vatan,
Sen Ulug‘bek yulduzi,
She’r o‘qittirilgach, o‘quvchilarga quyidagi savollar beriladi:
–
She’rda Vatanimizning qaysi belgilari ifodalangan?
– Vatanni qanday tasvirlagan bo‘lardingiz?
–