• KOMYOB DEVONIDAGI MATNLARNI INTERFAOL METODLAR YORDAMIDA O‘QITISH Abdurashidova Noila Damin qizi
  • Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet142/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   219
     
    Adabiyotlar: 
    1. K. Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –Toshkent, 2009. 
    72-bet.
    2. S. Matchonov, A. Shojalilov, X. G‘ulomova, Sh. Sariyev, Z. Dolimova. 
    O‘qish kitobi. 4-sinf uchun darslik. – Toshkent, 2019.
    1
    K. Qosimova va boshqalar. Ona tili o‘qitish metodikasi. –Toshkent, 2009. 72-bet. 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    255 
    KOMYOB DEVONIDAGI MATNLARNI INTERFAOL METODLAR 
    YORDAMIDA O‘QITISH 
    Abdurashidova Noila Damin qizi 
    Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti magistri 
    Annotatsiya: Ta’limning sifati darsda qo‘llanilgan metodlarga bog‘liqdir. 
    O‘quvchilar erishgan yutuqlar o‘qituvchining mahoratini namoyon etadi. Mazkur 
    maqolada ta’limda interfaol metodlarning ahamiyati, Komyob devonidagi matnlarni 
    interfaol metodlar yordamida o‘qitish bo‘yicha ba’zi tavsiyalar o‘rin olgan.
    Annotation: The quality of teaching depends on the methods used in the 
    lesson. Achievements of students demonstrate the skills of the teacher. This article 
    contains the importance of interactive methods in teaching, some recommendations 
    for teaching interactive methods of texts in Komyob devon.
    Аннотация: Качество обучения зависит от используемых на уроке 
    методов. Достижения учащихся демонстрируют мастерство учителя. В 
    данной статье содержится значение интерактивных методов в обучении, 
    некоторые рекомендации по обучению интерактивным методам текстов в 
    комьоб девон.
    Kalit so‘zlar: ilm, ta’lim dargohlari, ta’lim metodlari, interfaol, interfaol 
    metod turlari, “Dumaloq stol” metodi, “Kim topqir?” metodi, “T-jadval” metodi 
    Keywords: science, educational institutions, teaching methods, interactive, 
    types of interactive methods, "Round table" method, "Who is smart?" method, "T-
    table" method.
    Ключевые слова: наука, образовательные учреждения, методика 
    обучения, интерактив, виды интерактивных методик, метод «Круглый стол», 
    «Кто умнее?» метод, метод «Т-таблицы».
    Ilm bu- qudrat. Shunchalik katta qudratki, u orqali istalgan marrani zabt etish 
    mumkin. O‘zining ertangi kelajagi haqida qayg‘urgan millat yosh avlodni o‘z 
    davrining zaruriy ilmlari bilan qurollantirishga jiddu-jahd qilmog‘i lozim. Bu haqida 
    barcha yetuk mutafakkirlarning asarlarida bayon etilgan. Jumladan, Sharqiy 
    Turkiston Islom Jumhuriyatining ilk Prezidenti, buyuk mutafakkir Alixonto‘ra 
    Sog‘uniy hazratlarining “Turkiston qayg‘usi” asarida Sovet va Xitoy 
    bosqinchilarining adolatsizlik, zug‘m va kirdikorlarini oshkor etib, “Qutilish yo‘li ” 
    deya alohida nomlagan sarlavhasida quyidagi fikrlarni bayon etadi: “Bu balodan 
    qutilish chorasini izlash har bir vatan bolasining muqaddas vazifasidir. Buning uchun 
    bizlar diniy va milliy hislarimizni saqlash bilan bir qatorda birlik-ittifoqligimizni 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    256 
    kuchaytirib, eng avval ilm qurolini qo‘lga keltirishimiz kerakdir. ” Bu yo‘lda esa, 
    albatta, ta’lim maskanlari va ulardagi ustozlarning ahamiyatlari nihoyatda kattadir. 
    “Mamlakatimizda bir tomondan, qator sabablarga ko‘ra ta’lim sohasida yo‘qotilgan 
    ilgarigi mavqeini tiklash, ikkinchi tomondan, rivojlangan mamlakatlar qatoridan 
    o‘rin olish uchun ta’lim samaradorligini oshirish, buning uchun esa chora-tadbirlar 
    belgilash zarur edi.
    Mamlakatimiz mustaqillikka erishishi bilan ana shu zaruriyatga alohida diqqat 
    qaratila boshlandi. Aynan ana shu zaruriyat tufayli Kadrlar tayyorlash milliy dasturi 
    ishlab chiqildi va uni amalda qo‘llash taklifi kiritildi.
    Ta’lim jarayonini jahon tajribalari asosida tashkil qilish, o‘quvchi- talabalarni 
    mustaqil fikrlashga o‘rgatishga ahamiyat berila boshlandi. Respublikamizda ham 
    ta’lim jarayonini yangi pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etishga e’tibor 
    berish boshlandi. ”Ta’lim jarayoni ikki tomonlamalik xarakteriga ega: o‘qituvchi 
    o‘qitadi, o‘quvchi o‘qiydi. Tabiiyki o‘qituvchining ham, o‘quvchining ham 
    faoliyatida ma’lum maqsad bo‘ladi. O‘qituvchi faoliyatidagi asosiy maqsad – ta’lim 
    berish, o‘quvchida anglash ko‘nikmasini hosil qilish, his etish madaniyatini, axloqiy 
    tushunchalarni rivojlantirish uni ma’naviy pok kishi qilib voyaga yetishtirishdir. 
    Respublikamizning birinchi prezidenti Islom Karimov bu haqida o‘z fikrini 
    quyidagicha bayon etadi: “Agar bolalar erkin fikrlashga o‘rganmasa, ta’lim sifati 
    past bo‘lishi muqarrar. Albatta, bu bilim ham kerak. Ammo bilim o‘z yo‘liga, 
    mustaqil fikrlash ham katta boylik. ” Bu jumlalarning mohiyatiga nazar tashlaydigan 
    bo‘lsak, ta’lim dargohlari o‘quvchilarni faqat nazariya bilan mashg‘ul qilmasdan, 
    kreativ va tanqidiy fikrlash malakasini ham rivojlantirishga mas’uldir! Bu 
    vazifalarni amalga oshirish uchun o‘quv jarayonida ta’lim metodlarini to‘g‘ri tanlay 
    olish muhim ahamiyatga ega. “Ta’lim metodi, bu- o‘quvchilarning bilim, malaka va 
    ko‘nikmalarini o‘stirish, ularda dunyoqarashni shakllantirish, o‘zlashtirish 
    qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida o‘qituvchi qo‘llaydigan ish usullaridir. ” 
    Uslubiy yondashuvda o‘qituvchining barcha metodini uch guruhga bo‘lish 
    mumkin: 
    1. 
    Nofaol metod 
    2. 
    Faol metod 
    3. 
    Interaktiv metod 
    Nofaol metod, asosan, oliy ta’lim muassasalaridagi maruza darslarida, nazorat 
    imtihonlarida (test, yozma ish kabilar) namoyon bo‘ladi. Bunda talabalar ko‘p 
    hollarda tinglaydilar va yozadilar.
    Faol metodda esa o‘qituvchi va o‘quvchi birgalikda faol bo‘lishadi. Bilimlar 
    bayon etish, savol-javoblar orqali mustahkamlanadi.
    Interaktiv (yarim kalkalangan holati “interfaol”) metodlar bugungi kunda eng 
    ommalashayotgan metodlar sirasiga kiradi. Bunda o‘quvchilar bir-birlari bilan 



    Download 3,62 Mb.
    1   ...   138   139   140   141   142   143   144   145   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish