Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
267
1-ilova
ISHONCHNOMA
Men, Andijon davlat universiteti Filologiya fakultetining 1-bosqich talabasi
Muhammadjonova Fayzixon Xursandbek qizi, kursimiz talabasi Abdurahmonova
Sitoraxon Inomjon qiziga (AB seriyadagi 1192670 raqamli pasportga ega)
universitet g‘aznasidan menga tegishli 2021-yil iyun oyi stipendiyasini olish uchun
ishonch bildiraman.
(imzo) F. Muhammadjonova
2021-yil 2-iyul
F. Muhammadjonovaning imzosini tasdiqlayman.
Filologiya fakultetining dekani (imzo) U. Rahimov
(muhr) 2021-yil 2- iyul
Shu
tarzda ariza, ishonchnoma, bildirishnoma, tabriknoma, ma’lumotnoma,
shartnoma singari turli xarakterdagi rasmiy hujjatlarning o‘ziga xos bayon etish
qoliplari mavjud bo‘lib, ommaga taqdim qilishda
rasmli chizmalardan, jadvallardan
foydalangan holda tushuntirmoq afzalroqdir.
Bizga ma’lumki, o‘tgan asrda barcha davlat ishlariga oid hujjatlar, asosan, rus
tilida bajarilar edi. “…yaqin o‘tmishimizda barmoq bilan sanarli miqdordagi
hujjatlar o‘zbek tilida yozilgan. Ammo bu hujjatlarning tilini sof o‘zbekcha deb
aytish ancha qiyin. Yaqin-yaqinlargacha “Berildi ushbu spravkani falonchiyevga
shul haqdakim, haqiqatdan ham bu o‘rtoq shul joyda yashab turadi” qabilidagi 20-
yillarda rus tilidan andoza olish tufayli paydo bo‘lgan, ya’ni shaklan o‘zbekcha
ma’lumotnomalar yozib kelindi”
1
. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng, yurtimiz
hayotining barcha sohalarida o‘zbek tili nafaqat davlat tili, balki ham rasmiy, ham
o‘zaro muloqot tili sifatida o‘z mavqeyini mustahkamlab oldi. Qisqa davr mobaynida
davlatga eng kerakli bo‘lgan qonunlar, qarorlar, farmoyishlar, buyruqlar, nizomlar
aynan shu tilda yuritiladigan bo‘ldi. Rus tilida yuritilib kelingan ayrim tushunilishi
qiyin bo‘lgan so‘zlar o‘rniga o‘zbek tilida muqobil variantlari qo‘llanilmoqda.
Masalan,
“рапорт” so‘zini o‘rniga “bildirish”, “cпраавка” ma’nosini
“ma’lumotnoma” so‘zi bilan, “инструкция” so‘zi o‘rnida o‘zbekcha “yo‘riqnoma”
so‘zini bemalol qo‘llash mumkin bo‘lib qolgan. Bu narsa o‘zbek tili so‘z boyligi
yanada kengliga ishoradir. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi
Qonunida ham yuqorida aytib o‘tganlarimiz alohida ta’kidlab qo‘yilgan.
Istiqlol
davrida barcha sohalarda, xususan, tilshunoslikdagi rasmiy-idoraviy
uslubga oid bunday o‘zgarishlar quvonarli hol, albatta, lekin shu kungacha o‘zbek
1
Aminov M., Madvaliyev A., Mahkamov N., Mahmudov N., Odilov Y. Davlat tilida ish yuritish. Amaliy qo‘llanma-
Toshkent: “O‘zbekiston nashriyoti”, 2020-527 b.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
268
tilida ikki xil alifbodan foydalanib kelinar edi. Maktab darsliklari lotin alifbosiga
asoslanib o‘qitilsa, ayrim uslublar bundan mustasno edi. Ommaviy uslubdagi gazeta,
juranallar, rasmiy-idoraviy uslubga oid hujjatlar krill alifbosi
asosida ish yuritib
kelayotgandi. Bunday hol juda ko‘p yoshlarimiz orasida noqulayliklarga sabab
bo‘lmoqda edi. Bugungi kunga kelib, bu kabi muammolar ham o‘z yechimini topdi.
Vazirlar Mahkamasining 10-fevral 2021-yildagi “Lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek
alifbosiga
bosqichma-bosqich
to‘liq
o‘tishni ta’minlash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi 61-son qarori imzolandi va quydagi hujjatlar o‘z tasdig‘ini topdi:
1)
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq
o‘tishni ta’minlash bo‘yicha “yo‘l xaritasi”;
2)
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosiga bosqichma-bosqich to‘liq
o‘tishni ta’minlash bo‘yicha respublika ishchi guruhi.
“Yo‘l xaritasi”da tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, barcha
tashkilotlarda ish yuritish hujjatlari va boshqa hujjatlarni lotin yozuviga asoslangan
o‘zbek alifbosida ishlab chiqish, qabul qilish va e’lon qilish amaliyotini to‘liq joriy
qilish kabi masalaga ham alohida e’tibor qaratilgan. Bundan chiqdi, endi o‘zbek tili
bugungi kunda ikki xil alifbodan foydalanmay, lotin yozuviga
asoslangan alifbodan
foydalanadigan bo‘ldi. Bu loyihani amalga oshishi barchamiz uchun qulayliklar
tug‘dirishi tabiiy holatdir, chunki hujjat to‘ldirayotgan shaxs qaysi tilda yozish uchun
ikkilanishiga hojat qolmaydi.
Qisqasi, hujjatlar bilan ishlashda uni har tomonlama ko‘rib chiqish, tiliga,
uslubiga va turiga alohida e’tibor bergan holda u haqidagi ma’lumotlarni to‘liq
o‘rganmoq lozim.