• “Jamiyat”
  • xabar so‘zlariga izoh berib o‘tilgan. Narsa-hodisadan ogoh etuvchi ma’lumot.  Xabar keng tushunchaga ega va keng qo‘llanadi. [3. 209]




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet158/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   219
    xabar so‘zlariga izoh berib o‘tilgan. Narsa-hodisadan ogoh etuvchi ma’lumot. 
    Xabar keng tushunchaga ega va keng qo‘llanadi. [3. 209] Ushbu janr insoniyat bilan 
    tengdosh eng qadimiy janr xissoblanadi. Insoniyat tamadduni mobaynida lison 
    shakllanguniga qadar nolisoniy vositalar asosiy muloqot manbai bo‘lgan. Odamlar 
    o‘zaro axborot almashinib yashagan. Yurtimiz tarixiga nazar solsak, dastlabki 
    xabarlar jarchilar vositasida odamlar gavjum joylarda (bozor) e’lon qilingan. 
    Xabarlar asosan mamlakat siyosatiga doir farmonlar yoki podsholik ahamiyatiga 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    279 
    molik biror ma’lumot ko‘rinishida bo‘lgan. Jadidlar ta’sirida matbuot rivojlanishi 
    xabar janrini ommalashishiga olib keldi. Bu 1906-yildan 1916-yilgacha bo‘lgan 
    davrni o‘z ichiga oldi. Ushbu janrning jamiyatimiz hayotidagi ahamiyatini 
    Konstitutsiyamizning 67-moddasida OAV axborotning tog‘riligi uchun belgilangan 
    tartibda javobgarligi haqida fikrlar mavjud.
    Xabar so‘zi arabcha biror yangilikni yetkazish, ma’lumot berish, degan 
    ma’noni bildiradi. Ko‘pchilik uchun mo‘ljallangan xabarlarga ommaviy axborot 
    yoki ijtimoiy informatsiya deyiladi. XXI asr axborot asri ekanligidan kelib chiqib 
    bugungi kunda xabar janrining ahamiyati yanada ortdi. Xabar janrining asosida esa 
    fakt turadi. Fakt so‘zi lotincha “factum” so‘zidan olingan bo‘lib “qilingan ish” degan 
    ma’noni anglatadi. Xabar sifatida berilayotgan fakt jamiyat uchun, shu kun va shu 
    davr uchun qanchalik darajada kerakligi muhim ahamiyatga egaligiga e’tibor 
    beriladi. [6. 177] Xabarlar rasmiy va norasmiy, qisqa va kengaytirilgan kabi turlarga 
    bo‘linadi. Xabarlar uchun mavzu qilib ayni paytda jamiyat vakillari uchun qiziqish 
    uyg‘otadigan turli soha doirasidagi yangiliklar manbaa vazifasini bajaradi. Xabar 
    matnlarida asosan bir bosh bo‘lakli gaplar qo‘llanadi. Ayrim o‘rinlarda keladigan 
    qo‘shma gaplar fikrni to‘liqroq yoritishga xizmat qiladi. Ko‘chimlardan imkon 
    darajasida foydalanilmaydi. Shuning uchun ham xabar matnlari o‘quvchi uchun 
    “quruq” tuyuladi. Bugungi kun talabidan kelib chiqib, yanada ko‘p va tez fursatlarda 
    axborotga ega bo‘lish zarurati jamiyat vakillarining internetga bo‘lgan talabini 
    oshirdi. Bugunning “yangiliklar o‘chog‘i” deya ta’riflanayotgan turli xil rasmiy va 
    norasmiy internet saytlaridan foydalanuvchilarning haddan ziyod ko‘payib ketishi, 
    matbuotga bo‘lgan e’tiborni susaytirmoqda. Xususan, Kun. uz da yurtimiz va 
    dunyoda bo‘layotgan voqealarni qisqa va lo‘nda shaklda berib borilayotgani va 
    jamiyatning ko‘p qismi axborotni televideniya, radio yoki matbuot sahifalaridan 
    qidirmay, yuqoridagi kabi turli xil shakldagi internet ma’lumotlari bilan 
    kifoyalanmoqdalar. Biroq bu fikrlarimiz bilan matbuot qoloqlashmoqda degan fikrni 
    berishdan yiroqmiz. Ayni damda matbuot ham rivojlanishdan to‘xtab qolgani yo‘q. 
    Xabarlarni yanada ixcham berish shakli bir qator gazetalarda uchrab turibdi. 
    Masalan, “Jamiyat” gazetasining har bir sahifasi so‘ngida “Qisqa satrlarda 

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    xabar so‘zlariga izoh berib o‘tilgan. Narsa-hodisadan ogoh etuvchi ma’lumot.  Xabar keng tushunchaga ega va keng qo‘llanadi. [3. 209]

    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish