Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
278
2. Йўлдошев М. ва бошқалар. Бадиий матннинг лисоний таҳлили. –
Тошкент: Алишер Навоий номидаги Ўзбекистон
миллий кутубхонаси
нашриёти, 2010.
3. Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний таҳлил. – Тошкент: Ўқитувчи,
1995.
4. Муқимий. Асарлар. (Нашрга тайёрловчи: Ғ. Каримов). – Тошкент:
Ўзбекистон давлат бадиий адабиёт нашриёти, 1974.
5. Турсунова Н. Муқимий маҳоратининг баъзи қирраларига доир. //
Ўзбек тили ва адабиёти. №5.
6. Шомақсудов А. Муқимий сатирасининг тили. – Тошкент: Тошкент
Давлат университети нашриёти, 1970.
XABAR JANRI VA UNING AN’ANAVIY TALQINI
Iskandarova Sharifa Madaliyevna
Farg‘ona davlat universiteti professori
Yokubbayeva Umida Abduvaxob qizi
Namangan davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti tayanch doktoranti
Bugungi kunda publitsistika vazifaviy uslublar
doirasida eng faol sohaga
aylanib ulgurdi. Ushbu uslub doirasidagi har bir janr o‘z stiliga ega. Biroq ularning
barchasi o‘quvchi, tinglovchi yoki tomoshabinga nimadir haqida ma’lumot berish
asosiga quriladi. Yangi O‘zbekiston sharoitida
jamiyat vakillarini mavjud
informatsiyalarni faqatgina qabul qiluvchigina emas,
unga munosabat bildiruvchi
individlarga aylanganini ko‘rmoqdamiz. Shunga asoslanib OAV larini OKV lari
deya ifodalash ham to‘g‘ri deb o‘ylaymiz. Informatsion
janrlar ichida xabarlar
bugunning muhim talabidan kelib chiqib bir necha xil shaklda auditoriyaga
yetkazilmoqda. Xususan, ular
sirasiga televideniya xabari, radio xabari,
gazeta
xabari va internet xabarlarini misol qilish mumkin.
Axborot va xabar leksemalari yagona sema atrofida birlashib ayni bir
tushunchani ifodalaydi. “O‘zbek tili sinonimlarining izohli lug‘ati” da
darak va