Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
280
uslubga xos shaklda berilgan va gap tarkibida ellipsiyalarni uchratmaymiz. Ammo
xabarlarning shakli to‘g‘risidagi bunday fikr bilan cheklanmaslik lozim.
Chunki
xabar mavzulari xilma-xil shaklda bo‘ladi. Davriy matbuot nashrlari o‘rtasidagi
o‘zaro raqobat, foyda ketidan quvish natijasida gazeta va jurnallar, radioeshittirish
va teleko‘rsatuvlar, axborot agentliklari beradigan informatsiyalarda obyektiv
xabarlar bilan bir qatorda sensatsion (shov-shuvli) materiallar, dezaxborot (ataylab
teskari axborot berish hollari) ham mavjud. Xabar yozish maqola, korrespondensiya,
lavha yoki felyeton yozishdan ko‘ra osonroq
va nisbatan tez yoziladigan,
matbuotimizda keng qo‘llanadigan janrdir. Unga korrespondensiyaga o‘xshab
faktlarni taqqoslash, tahlil, o‘zaro munosabatlarni
aniqlash kabi vazifalar
yuklatilmagan. [5. 71] Ayniqsa, bugungi axborot asrida publitsistikaning bu
tarmog‘iga bo‘lgan ehtiyoj kuchaygan. Jamiyat a’zolarining
ijtimoiy hayot bilan
birga siyosiy hayotga bo‘lgan kuchli e’tibori, yurtimizda erkin fikrlash hamda bu
fikrlarni ochiq bayon etilayotganligi publitsistikaning axboriy janrlarining ahamiyati
bir qadar oshdi.
Demak publitsistikaning axborot janri va uningning
har qanday shaklining
bosh maqsadi jamiyat vakillarini o‘zi yashab turgan va qo‘shni davlarlarning siyosiy,
ijtimoiy va iqtisodiy hayotiga oid yangiliklar bilan tanishtirib borishdan iborat ekan.