Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
287
Jahon madaniyatiga buyuk hissa qo‘shgan mutafakkirlarning barchasi ham
ta’lim va tarbiya borasida fikr yuritar ekanlar, bu jarayonda ona tilining o‘rni beqiyos
ekanligini qayd etadilar.
XX-XXI asr tilshunosligida til falsafasining
eng yetuk namoyandalaridan
hisoblangan Vaysberger va uning izdoshlari tomonidan ona tili fenomenining inson
tafakkuri va hayotiy tamoyillari shakllanuvidagi o‘rni borasida g‘oyatda qiziqarli
tadqiqotlar olib borildi va borilmoqdaki, bu alohida yirik mubohasa uchun mavzu
bo‘la oladi.
Jahonda amaliy tilshunoslikning barq urib rivojlanayotgan bir qator jabhalari
bor. Ular yutuqlarining o‘zbek tiliga tatbiq qilinishi ham o‘zbek tilshunosligining
ijtimoiy va iqtisodiy samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Tilshunoslikning sof nazariy tadqiqotlar doirasidagi tadriji yangi amaliy
shakllar kashf etishi zaruriyati bundan ancha yillar muqaddam yuzaga kela
boshlagan edi. Ammo ushbu zaruriyatning konkret ko‘rinishlari bahstalabgina emas,
hali bu borada bahslar ham boshlanmagan edi. Sud lingvistikasi bo‘yicha
mutaxassislar Rossiyaning bir qator universitetlarida tayyorlanishga qaramay, bu
sohada kadrlar yetishmovchiligi mavjud.
Shu o‘rinda eslatib o‘tish joizki, bizning respublikasizda bu sohada umuman
kadrlar tayyorlanmaydi. Barcha tatbiqiy yo‘nalishlar qatori
sud lingvistikasi ham
pragmatik harakterda bo‘lib, uning amaliy asoslari muayyan millat uchun alohida
ishlab chiqilishi lozim. Tatbiqiy tilshunoslik yo‘nalishlarining barchasiga xos
bo‘lgan yana bir xususiyat ularning chambarchas bog‘liqligidir. Tilshunoslikda
sathlararo bog‘liqlik, til birliklarining o‘zaro munosabatlari doim ham tan olinib
kelingan. Tatbiqiy tilshunoslik yo‘nalishlari aro bog‘liqlik esa o‘zaro taqozo hamda
maqsad va vazifalarga ko‘ra tarmoqlanishga asoslangan murakkab ko‘rinish kasb
etadi.
Aytib o‘tilganlaridan tashqari, o‘z nomidan ko‘rinib turganidek,
bu xil
yo‘nalishlar tilga xos bo‘lgan xususiyatlar, tilshunoslik qo‘lga kiritgan nazariy
natijalarni boshqa fanlar yoki fan yo‘nalishlariga tatbiqan amaliy qo‘llaydi.
O‘zbek tilshunosligida keyingi davrda reklamalar, qonunchilik tiliga
bag‘ishlangan bir qator tadqiqotlar paydo bo‘ldi. “Tilshunoslik va tabiiy fanlar”,
“Kompyuter lingvistikasi”, “Matematik lingvistika” fanlari oliy o‘quv yurtlari
filologiya yo‘nalishlari o‘quv rejalariga (nomuntazam) kiritildi.
Ushbu
yo‘nalishlarda muayyan tadqiqotlar paydo bo‘ldi. Biroq ushbu tadqiqotlar, balki shu
sohada dastlabki tajribalardan bo‘lgani sababli, umumiy ma’lumotlar berish va jahon
tilshunosligida mavjud tajribalarni o‘zbek tiliga tatbiq etishga urinishdan iborat
bo‘lib qoldi.
Shulardan kompyuter lingvistikasi hozirgi kunda eng tez rivojlanayotgan va
juda ahamiyatli tilshunoslik sifatida baholanishi mumkin.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
288
Insonning kompyuterga nisbatan qaramlik holatining shakllanib borayotgani
bugun jahon miqiyosidagi muammo ekanligi sir emas. Bu dastyorning quliga aylanib
qolish insonning ruhi va ruh ifodasi bo‘lgan tilida ham aks etayotganini ijtimoiy
saytlarga qisqa ekskursiya ham ko‘rsatib bera oladi. Hozirda biz kuzata olgan
kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlarda bu narsa kompyuter lingvistikasi oldiga
qo‘yilgan asosiy vazifalar
sirasida odatda sanalmasa-da, yaqin kelajak
psixolingvistika va kompyuter lingvistikasining kesishmasida turuvchi asosiy
masala sifatida aynan shu muammoni qo‘ya boshlashi shubhasiz.
Hozirda ham kompyuter lingvistikasi fani oldida jamiyatimizni yangi
ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarga ko‘tarishda zarur bo‘lgan vazifalar anchagina.
Xususan, kompyuter uchun o‘zbekcha to‘liq va to‘laqonli lingvistik ta’minot
yaratish, avtomatik tahrirlash, o‘zbek tilidan boshqa tilga yoki aksincha tarjima
qiluvchi
mukammal dasturlarni yaratish, sodda qilib aytganda, kompyuterni
o‘zbekcha “gapirtirish” amaliy tilshunoslikning bu yo‘nalishi oldida turgan eng
dastlabki vazifalardir. Keyingi yillarda tatbiqiy yo‘nalishning bu sohasiga
tilshunoslar orasida qiziqishning ortib borayotgani quvonarli hol bo‘lsa-da, ko‘p
sonli bo‘lmagan bu tadqiqotchilar faoliyati bu o‘ta dolzarb yo‘nalishda maxsus
mutaxassislar tayyorlash zaruriyatini hal etib bera olmasligi ham aniq.
Hozirgi kunda amaliy tilshunoslikning o‘zbek tilini tatbiqiy tadqiq etishning
metodologik asoslari ishlab chiqish, metod va prinsiplari belgilash muhim masala.
O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturi ishlab chiqilishi
lozim. Unda amaliy tilshunoslik taraqqiyoti uchun dolzarb bo‘lgan
quyidagi
muammolarning hal etilishi ko‘zda tutiladi:
- tilshunoslikning sof nazariy fan doirasidan chiqib, iqtisodiy samarador
yo‘nalishlar taraqqiy topgan fan mavqeini ham olishida zaruriy tadqiqotlar
metodologiyasi va metodlari belgilab berish;
- amaliy tilshunoslikning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot davri uchun
ayniqsa dolzarb bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlari belgilash va
asoslash;
- ishlab chiqilgan metodlar va metodologiya asosida muayyan amaliy
yo‘nalish tavsifini yaratish.