Adabiyotlar:
1. I. Aldashev. Use of interactive learning technologies in teaching a foreign
language in high school. "Экономика и социум" №11 (78) 2020 www. iupr. ru
2. С. Т. Жабборова Проблема повышения интереса студентов к
русскому языку в вузе. "Экономика и социум" №12 (79) 2020 www. iupr. ru
3. Jurafsky D., M artin J. H. Speech and Language Processing. – New Jersey,
2000.
4. A. Rahimov Kompyuter lingvistikasi asoslari «Akademnashr» nashriyoti,
2011-yil
BO‘LMOQ FE’LINING SEMANTIK XUSUSIYATLARI
Mahammadjonova Zebiniso Anvarjon qizi
talabasi
Andijon davlat universiteti
O‘zbek tilida fe’l so‘z turkumi so‘z turkumlari orasida alohida o‘ringa ega.
Fikr ifodalashda fe’lning mavqei baland ekanligini izohlashga hojat yo‘q. Fe’l
guruhiga xos so‘zlarni talqin etish bilan uning ma’no imkoniyatlari keng ekanligiga
amin bo‘lamiz. Fe’l ish-harakat va holatni jarayon sifatida ifodalaydi.
Biz o‘rganmoqchi bo‘lgan " bo‘lmoq " fe’lining ma’no xususiyatlarini ko‘rib
chiqamiz. O‘zbek tilidagi fe’llar leksik - grammatik xususiyatlariga ko‘ra ikki
guruhga bo‘linadi: 1) Mustaqil fe’llar ; 2) Yordamchi fe’llar.
Mustaqil fe’llar ma’no mustaqilligiga ega bo‘ladi, gapda biror gap bo‘lagi
vazifasida keladi, biror so‘zni boshqarib keladi. Bo‘lmoq fe’li mustaqil fe’l bo‘lib
kelganda:
1. Butunni bo‘laklarga ajratmoq
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
292
Patirni ikkiga bo‘lmoq, qog‘ozni to‘rt bo‘lmoq.
Yuk mashinasi changni qoq ikkiga bo‘lib yo‘lga tushdi. [N. Qobul Bemorlar]
2.Matematikada bo‘lish amali
Katta sonni kichik karrali songa bo‘lmoq.
3.O‘rtada taqsim qilmoq, ulashmoq. Daromadni yoki merosni bo‘lmoq
Xotinlar dasturxondagi tuz, mayiz va choyni bo‘lishib olishdi. [S.Ahmad
Hukm]
4. Gap yoki suhbatni kesib qo‘yish
Eshikdan kirib kelgan mahdum ularning so‘zini bo‘ldi. [A. Qodiriy
Mehrobdan chayon]
5. Xayol, o‘y, fikr va boshqalarga halaqit bermoq
Hamisha ish chog‘ida kelib xayolimni bo‘lasan. [Mehrobdan chayon]
Bo‘lmoq fe’li ko‘makchi fe’l bo‘lib kelganda:
1.Yuz bermoq, voqe bo‘lmoq
Bir oydan keyin mana shu katta bog‘da dang‘illama to‘y bo‘ldi. [O‘tkir
Xoshimov Qalbingga quloq sol]
2. Kelmoq, o‘tmoq, kechmoq (fasl, davr, payt va shu kabilar haqida)
Bahor bo‘ldi, kech bo‘ldi, vaqt bo‘ldi
Buvaydadan chiqib ketganimga yigirma yildan oshgandir, ko‘p ham
bo‘lgandir. [A.Qahhor Qo‘shchinor chiroqlari]
3. Baholanmoq, biror narxga olinmoq
-Sigir qancha bo‘ldi ? - Arzon bo‘ldi. - Bo‘lishi qancha? Olavering, ot bilan
tuya bo‘larmidi!
4. Yetarli bo‘ldi deb hisoblanmoq, to‘ymoq
-Oshdan oling! -Rahmat, men bo‘ldim.
Bo‘ldim,opa, - dedi Charos choy quyayotib. [Oybek Oltin vodiydan
shabadalar]
5. Yaramoq, to‘g‘ri, muvofiq kelmoq
Bu ish menga bo‘lmaydi. Bu palto senga bo‘ladi.
6. Biror joyda bo‘lmoq, ishtirok etmoq, qatnashmoq
Ko‘p marta mehmon bo‘ldim,- dedi qutidor,-ul vaqtda bobongiz ham hayot
edilar [A.Qodiriy O‘tkan kunlar]
Yaxshi, sen bu to‘rtovining o‘tirishida bo‘lganmiding? [O‘tkan kunlar]
Qayerda bo‘ldi? Kim o‘zi? - Zoirjon hozir borib mushtlashmoqchi bo‘lganday
rangi o‘chib ketdi.[Oybek Oltin vodiydan shabadalar]
Shundan keyin Solijon yana ko‘p janglarda bo‘ldi. [A.Muxtor Daryolar
tutashgan joyda]
7. O‘smoq, bitmoq (o‘simlik, hosil haqida)
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
293
Bizning yerlarda xurmo bo‘lmaydi.O‘zbekistonda paxta yaxshi bo‘ladi. Bu
yerga anjir ek, laganday bo‘lmasa kallamni ol. [Oybek Oltin vodiydan shabadalar]
8.Ega bo‘lmoq ma’nosi
Shunday qilib Solih mahdum xotinlik bo‘ldi.[A.Qodiriy Mehrobdan chayon]
Rahmatillaning yuziga kitob otib hayfsanli bo‘ldim.[E.A'zam Otoyining
tug‘ilgan yili]
9.Hisobni ifodalash(o‘yinlarda)
Hali ham ikki-yu ikki bo‘ldik
10.Farzand ko‘rish ma’nosida
To‘rtinchisi o‘g‘il bo‘ldi
11.Ko‘nikish, odatlanish ma’nosi:
Palovni qoshiqda yeydigan bo‘ldi. Ajabtovur kiyimlar kiyadigan
bo‘ldi.[T.Murod Momo yer qo‘shig‘i]
Shu-shu har kuni sovunmi, tish cho‘tkami, tugmachami bahona qilib,
univermagga keladigan bo‘ldi.[Oybek Oltin vodiydan shabadalar]
12. Moqchi+ bo‘lmoq
Qo‘lidagi tugunni ostonaga qo‘yib, ro‘molini qayta o‘ramoqchi bo‘ldi-yu,
bo‘shashib turib qoldi.[ Oybek Oltin vodiydan shabadalar]
Oradan yana bir necha daqiqa fursat o‘tib,Hasanali tamom tinchlandi ham
turib ketmakchi bo‘ldi va shu holatda ichkaridan uyqisirash eshitildi.[O‘tkan kunlar]
Mohlaroyim mahdumning uylanishiga mazkura Naimani vosita qilmoqchi
bo‘ldi.[A.Qodiriy Mehrobdan chayon]
Men seni sirtingdan necha vaqtdan buyon otangning oshnasi Fayziboy bilan
qizini senga olib bermakchi bo‘lub, so‘ylashib yurar edim.[A. Qodiriy Baxtsiz
kuyov]
Manzura
o‘rnidan turib uyni biroz tozalamoqchi, bezamoqchi
bo‘ldi.[A.Muxtor Daryolar tutashgan joyda]
13. Marosimlarga qo‘shilganda
Fayziboynikiga borib,fotiha ham olug‘-solug‘larni gaplashib, birato‘lasiga
to‘y bo‘ladurg‘on qilib kelaman. [A.Qodiriy Baxtsiz kuyov]
14.Nutqiy odat undovlari tarkibida kelishi
Xushvaqt bo‘ling, balli, rahmat. [A.Qodiriy Baxtsiz kuyov]
15.Vaqt bildirgan so‘zlar bilan birga kelganda
Yo‘q,- dedi maxdum sallasini qoziqqa ila-ila, - bir manti qilaylik,- dedim,-
man ti yemaganimga ko‘p bo‘ldi. [A. Qodiriy Mehrobdan chayon]
So‘zim shulki, ota - onangning o‘lganlariga to‘rt yil bo‘lub qoldi, shundan
buyon shu xo‘jayiningda xizmatda yuribsan, qancha oqcha yig‘ding? [A.Qodiriy
Baxtsiz kuyov]
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
294
16. Turli turkumdagi so‘zlarga qo‘shilib, qo‘shma fe’l hosil qiladi Kelib
turg‘an sovchiga quda bo‘libqolsam ham, ehtimol,dedi [Baxtsiz kuyov]
Ichkari ravona bo‘ldi. [T.Murod Momo yer qo‘shig‘i]
Odamlar davra bo‘ldi. [T.Murod Momo yer qo‘shig‘i]
Manzura direktorning yana aralashuvi va Vasiliy Ivanovichning yordami
bilangina uni ko‘ndirishga muvaffaq bo‘ldi. [A.Muxtor Daryolar tutashgan joyda]
Charosni ko‘rdi-yu,xuddi qiznikiga o‘xshash yirik, qop-qora ko‘zlarida
qo‘rquv paydo bo‘ldi. [ Oybek Oltin vodiydan shabadalar]
Hammasi tamom bo‘ldi, deb o‘yladi Yodgor.[Oltin vodiydan shabadalar]
Men o‘risning idora ishlarini ko‘rib, o‘z idoramizning xuddi bir o‘yinchoq
bo‘lg‘anligini iqror etishga majbur bo‘ldim. [A.Qodiriy O‘tkan kunlar]
Bo‘lmoq fe’linig semantikasi juda boy.Birgina bo‘lmoq so‘zining ham
etakchi, ham ko‘makchi fe’l bo‘lib kelishi, ot, olmosh va otlashgan so‘zlarga
qo‘shilib,qo‘shma fe’l hosil qilishi va shunga o‘xshash jihatlarini ham ko‘rib
chiqdik. Bundan ko‘rinib turibdiki, bo‘lmoq fe’li o‘zbek adabiy tilida salmoqli o‘rin
egallaydi.Qo‘shma fe’llarning ko‘pgina qismi qil, et, ayla yoki bo‘l fe’llari boshqa
so‘zlar bilan birikuvidan hosil bo‘ladi. Lekin shuni aytish kerakki, fe’l bo‘lmagan
so‘zning qil, et, bo‘l so‘zlari bilan birikishidan hosil bo‘lgan har qanday birikma ham
qo‘shma fe’l bo‘lavermaydi.Qil,et,bo‘l so‘zlari bog‘lama vazifasida ham keng
qo‘llaniladi.Ular bunday vaziyatda qo‘llanganda qo‘shma fe’l hosil bo‘lmaydi.
Qiyoslash: usta edi- usta bo‘ladi.Bunda usta bo‘ladi birikuvi qo‘shma fe’l
emas.Chunki usta vabo‘l so‘arining birikuvidan qo‘shma fe’l hosil bo‘layotgani
yo‘q. Tasdiq qildi,ado bo‘ldi birikuvlari esa qo‘shma fe’l hisoblanadi. Buni qil va
bo‘l so‘zlarini -la, -lan affikslari bilan almashtirish mumkinligi ham ko‘rsatib
turibdi.Bunday holatda qil, et, bo‘l so‘zlarining fe’l yasash yoki bog‘lama vazifasida
qo‘llanishini farqlash kerak bo‘ladi.
|