Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
289
KOMPYUTER LINGVISTIKASI BU TILSHUNOSLIKNING BUGUNGI
TARAQQIYOTI BO‘G‘INIDIR
Abdulxayeva Feruza
Farg‘ona davlat universiteti xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchisi
Aldashev Ilxomjon
Farg‘ona davlat universiteti Axborot texnologiyalari kafedrasi o‘qituvchisi
Anotatsiya: Mashina tarjimasi yoki avtomatik tarjima deyilganda bir tildagi
matnni ikkinchi bir tilga EHM (kompyuter) vositasida, tez vaqt ichida tarjima qilish
nazarda tutiladi. Mashina tarjimasining asoschilari kibernetika va matematika
sohasi vakillari bo‘lib, keyinchalik bu ishda tilshunoslar ham faol qatnasha
boshlagan. Shu tariqa mashina tarjimasi g‘oyalari butun dunyoda nazariy va amaliy
tilshunoslikning rivojlanishida katta ahamiyat kasb etdi.
Kalit so‘zlar: kompyuter lingvistikasi, ekskursiya, tilshunoslik, metodologiya,
intellektual asos.
Insonning kompyuterga nisbatan qaramlik holatining shakllanib borayotgani
bugun jahon miqiyosidagi muammo ekanligi sir emas. Bu dastyorning quliga aylanib
qolish insonning ruhi va ruh ifodasi bo‘lgan tilida ham aks etayotganini ijtimoiy
saytlarga qisqa ekskursiya ham ko‘rsatib bera oladi.
Hozirda biz kuzata olgan
kompyuter lingvistikasiga oid tadqiqotlarda bu narsa kompyuter lingvistikasi oldiga
qo‘yilgan asosiy vazifalar sirasida odatda sanalmasa-da, yaqin kelajak
psixolingvistika va kompyuter lingvistikasining kesishmasida turuvchi asosiy
masala sifatida aynan shu muammoni qo‘ya boshlashi shubhasiz. Xususan,
kompyuter uchun o‘zbekcha to‘liq va to‘laqonli lingvistik ta’minot yaratish,
avtomatik tahrirlash, o‘zbek tilidan boshqa tilga yoki
aksincha tarjima qiluvchi
mukammal dasturlarni yaratish, sodda qilib aytganda, kompyuterni o‘zbekcha
“gapirtirish” amaliy tilshunoslikning bu yo‘nalishi oldida turgan eng dastlabki
vazifalardir. Keyingi yillarda tatbiqiy yo‘nalishning bu sohasiga tilshunoslar orasida
qiziqishning ortib borayotgani quvonarli hol bo‘lsa-da, ko‘p sonli bo‘lmagan bu
tadqiqotchilar faoliyati bu o‘ta dolzarb yo‘nalishda maxsus mutaxassislar tayyorlash
zaruriyatini hal etib bera olmasligi ham aniq.
Interfaol texnologiyalarning keng qo‘llanilishi ana shunday ta’lim resursi
bo‘lib, yosh avlodga ijodkorlikni o‘rgatishda intellektual asos bo‘lib xizmat qiladi.
[1]
Hozirgi kunda amaliy tilshunoslikning o‘zbek tilini tatbiqiy tadqiq etishning
metodologik asoslari ishlab chiqish, metod va prinsiplari belgilash muhim masala.
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
290
O‘zbek tilining tatbiqiy yo‘nalishlarini amalga oshirishning dasturi ishlab chiqilishi
lozim. Unda amaliy tilshunoslik taraqqiyoti uchun dolzarb bo‘lgan quyidagi
muammolarning hal etilishi ko‘zda tutiladi:
- tilshunoslikning sof nazariy fan doirasidan chiqib, iqtisodiy samarador
yo‘nalishlar taraqqiy topgan fan mavqeini ham olishida zaruriy tadqiqotlar
metodologiyasi va metodlari belgilab berish;
- amaliy tilshunoslikning bugungi ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyot davri uchun
ayniqsa dolzarb bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlari belgilash va asoslash;
- ishlab chiqilgan metodlar va metodologiya asosida muayyan amaliy
yo‘nalish tavsifini yaratish.
Kelgusida amaliy tilshunoslikka oid tadqiqotlar natijalari asosida darsliklar,
qo‘llanmalar yaratilishi ma’naviy yetuk, tadbirkor va zamonaviy barkamol yosh
avlodni tarbiyalash ishida muhim hissa bo‘lib xizmat qilishi shubhasiz.
Ta’lim rivojlanib, o‘quvchilarning bilim qiziqishlari
va qobiliyatlarini
shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak. [2]
Kompyuter lingvistikasi amaliy tilshunoslikning tarkibiy qismi hisoblanadi, u
nazariy tilshunoslik yutuqlaridan foydalanadi, oziqlanadi. Kompyuter lingvistikasi
va nazariy tilshunoslik bir-birini to‘ldiradi. Kompyuter lingvistikasida til insondan
tashqarida mavhum sistema sifatida, L. Yelmslev ta’rifi bilan aytganda, «sof
munosabatlar tizimi» sifatida tavsiflanadi. Kompyuter lingvistikasi va klassik
(mumtoz) tilshunoslik orasidagi farq quyidagi nuqtalarda ko‘rinadi:
- mumtoz tilshunoslikda til inson bilan mutanosiblikda, juftlikda ko‘rib
chiqiladi. Ya’ni mumtoz tilshunoslik insonga yo‘naltirilgan bo‘ladi va uning faol
ishtirokida qabul qilinadi. Kompyuter lingvistikasi esa tavsiflash jarayonida insonni
istisno qiladi va u ko‘proq kompyuterga
moslashtiriladi;
- mumtoz tilshunoslik ko‘proq tavsifiy (deskriptiv) xarakterga ega
hisoblanadi. Kompyuter lingvistikasi esa masalani miqdoriy xarakteristikalar va aniq
parametrlar asosida hal etadi. Demak, mumtoz tilshunoslik ko‘proq tavsifiy bayonga
asoslansa, kompyuter lingvistikasi miqdoriy (kvantitativ) tavsifga, algoritmlash,
modellashtirish, statistik tahlilga asoslanadi;
- mumtoz tilshunoslik ko‘proq nazariy xarakterga ega bo‘lib, tilshunoslikning
nazariy masalalari bilan shug‘ullanadi. Kompyuter lingvistikasi esa amaliy
xarakterga ega bo‘lib, til bilan bog‘liq muammolarning amaliy jihatlariga e’tibor
qaratadi hamda uni aniq maqsadga yo‘naltirilgan
dasturlar, metodlar, tizimlar
yordamida hal etish bilan shug‘ullanadi;
- mumtoz tilshunoslikning tahlil obekti tabiiy til hisoblanadi va talililda uning
mavjud barcha imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Kompyuter lingvistikasida esa
ko‘proq sun’iy tillar (programmalashtirish tillari, algoritmik tillar)ga tayaniladi,
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
291
tabiiy tillarning mavjud imkoniyatlari cheklanadi, bunda tabiiy tilga ishlov berilib,
kompyuterga moslashtiriladi. [3]
Kompyuter lingvistikasida inson tafakkuri va tilini modellashtirish masalasi
markaziy muammosi hisoblanadi. Ya’ni sun’iy
intellekt, tabiiy tilga ishlov berish
(NLP),
lingvistik protsessorlar, kompyuter uchun
tabiiy tilli interfeys bo‘yicha
olib borilayotgan tadqiqotlar mantiq, grammatika,
semiotika, kompyuter
texnologiyalari sohalarning ijodiy hamkorligi asosida amalga oshirilmoqda. Bu
sohada juda ko‘p yutuqlarga erishildi, lekin hali hanuz mo‘jizakor tabiiy til ham, sirli
inson tafakkuri ham to‘la modellashtirilgani yo‘q. Ayni shu masala - til va tafakkurni
modellashtirish kompyuter lingvistikasi fanining istiqbolli yo‘nalishi sanaladi. [4]