Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
265
ravoqlar ko‘zni qamashtirar.. edi. A. Qodiriy, Mehrobdan chayon. Peshayvon pesh
toqidan, Toqilar ravoqidan Chirt uzildi bir uya. T. To‘la, Asarlar.
2. Hashamatli bino; saroy, qasr. O‘zganing toqu ravoqidan o‘zingning
ayvoning yaxshi. Maqol. mm -«Mening davlatim xonlarning davlatidan kam emas»,
deb qiziga yaxshi joylardan arku ravoq qilib, chiroyli qizlardan qirq kanizak qilib
berdi, - dedi Oqishboy. Usmon baxshi Mamat o‘g‘li, Bo‘tako‘z.
3. Tokcha va toqning mehrob shaklida birlashgan yuqori qismi.
4. Hovli yoki bog‘ o‘rtasida tepasi yopiq qilib taxtadan ishlangan oynaband
uy.
Rasadxona (a+f) [rasad+ xona] Qadimgi Sharq
observatoriyalarining nomi
(yana q. observatoriya). Beruniy bu jumboqni yechish umidida o‘zi qurgan
rasadxonada kechani kun duzga, kunduzni kechaga ulab, rasad o‘tkazdi. O.
Yoqubov, Ko‘hna dunyo. Samarqand qal’asining tashqarisidagi bog‘
ko‘chalar, Ulug‘bek rasadxonasining atroflari, Obirahmat arig‘ining bo‘ylari
behisob qo‘shinga to‘lib ketgan. P. Qodirov, Yulduzli tunlar. Katta bog‘ni eslatuvchi
serdaraxt hovli kimsasiz, rasad xona jimjit edi. O. Yoqubov, Ko‘hna dunyo.
1
Tarom -usti gumbazli baland bino, gumbaz, qubba.
Ta’mir -yodgorlikning
emirilgan
qismini qaytadan tiklash, restavratsiya.
Handasa, geometriya-shakllar
tuzilishini o‘rganuvchi fan.
Qubba - gumbaz; chodir) arxit. Yarimshar shaklidagi gumbaz. Mezanalarning
qubbalari. Butxonaning qubbalari. It Tunuka tomli uylar, yog‘och panjaralar, gilos,
olma
va shaftoli; qavat-qavat imoratlar, baland qad ko‘targan
minora va qubbalar
uning ko‘z oldidan birma-bir o‘taverdi. P. Tursun, O‘qituvchi. Salqin tushdi.
Minoralarning qubbalarida o‘ynardi quyosh. E. Rahim.