Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
264
yarim gumbaz ko‘rinishiga keltirishda keng foydalaniladi. To‘g‘ri xoshiya turi
sharofa deb ataladi.
Mezana -minoraning tepa qismi, masjid
minorasining muazzin azon
aytadigan yuqori qismi. ; Biror bino (peshtoq,) darvozaxona ustiga qurilishi mumkin.
Mezona aylana va ko‘p qirrali shaklda bo‘ladi. Ko‘pincha ravoqli darchalar
galereyasidan iborat, tepasi odatda gumbazcha bilan yopiladi, ba’zan ochiq bo‘lishi
mumkin. Yaqin oradagi masjid mezanasidan muazzinning azon aytayotgan ovozi
eshitildi. «Fan va turmush».
Muhandis -handasa ustasi. Binokor usta (injener), loyixa san’atini egallagan,
girix tuzish yullarining bilimdoni. Tyexnikaning biror sohasi bo‘yicha oliy
ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassis. [Islomxo‘ja:] Jadid maktablarni ko‘proq ochib,
dunyoviy fanlarni o‘qitib.
muhandis, ziroatchi, doktor. texnik tayyorlab
chiqarishimiz lozim. J. Sharipov. Xorazm. ustalarni ham, yangi bino loyihasi ustida
bosh qotirayotgan muhandislarni ham uchratasiz. O. Hakimov, Suv keltirgan aziz.
Me’mor - binokor usta, balno, muxandis; bino va inshootlarning loyixasini
yaratuvchi va ularning qurilishini nazorat qilib turuvchi bosh mutaxassis.
Me’morchilik mutaxassisi. .. bu binoning haqiqiy san’at darajasiga ko‘tarilishi
Xuroson me’morlari
- ustoz Qavom, ustoz Najmiddin Buxoriy.. nomi bilan
bog‘liqdir. Mirmuhsin, Me’mor.
Rabot-musofirxona; karvon saroy map. 1. Mustahkamlangan qo‘rg‘onlar-da
soqchilar turadigan joy yoki bir-biri- dan ma’lum masofada joylashgan istehkom;
qo‘rg‘on. Mirzacho‘ldagi
har bir daraxt, uy.. rabot juda ko‘p noma’lum
qahramonlarni tilsiz hikoya qilib berishi mumkin. S. Akbariy, Shodlik davomi.
2. Savdo yo‘llaridagi mustahkamlangan manzil, karvonsaroy. [Navoiy:] Ariq
qazmoqdamiz, cho‘llarda ish ko‘p. Rabotu madrasa, yo‘llarda ish ko‘p. Uyg‘un va
I. Sulton, Ali sher Navoiy.
3. Shahardan chetroqdagi turarjoy. Shaharning mehnatkash hunarmandlar
yashaydigan yangi qismi — rabotda hayot qaynaydi. M. Aminjonova,
Shishaning
kashf etilish tarixidan. Shuncha yillar ter to‘kib, kimsan - falonchi bo‘lamiz, Endi
qishloq mengami, rabot bormayman, dedi. G‘. G‘ulom, Tanlangan asarlar. Do‘stim,
kechir gunohimni, Borib ko‘r manzilgohimni,
Oq rabotga eltib seni, Yuvay ro‘yi
siyohimni. «Avazxon». Hokil! Yashaydigan va boshqaruv muassasalari joylashgan
ark.. shahriston hamda uning tashqarisida rabot joylashgan bo‘ladi. Gazetadan.
1