Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
259
Taltaf aylabon holimi bir dam surog‘il, ey sho‘x.
Visoling jomidin oshiqlarni shodkom etding,
Bu g‘amlar aro man xastani ham ko‘zga il, ey sho‘x.
Ne bo‘lur ushbu bemoring sori qilsang iyodatkim,
G‘amu darding bila behold o‘lubmen oyi yil, ey sho‘x.
Xirom ichra shitob aylab maning kulbam aro kirsang,
Fido bo‘lsun saning har maqdamingg‘a
jonu dil, ey sho‘x.
Bag‘ir konu ko‘zim giryon, tanim larzon, tilim alkin
Bo‘lurman bu sifatlik ishq sahrosida, bil, ey sho‘x.
Karam birla so‘rubon Komyobning holi zorini,
Raqib bag‘rini ham rashq birla til, ey sho‘x.
Guruhlarga yuqoridagi g‘azal taqdim etiladi hamda “G‘azaldagi
qaysi
so‘zlarning ma’nodoshlarini bilasiz? Ularni toping va yozing!” topshirig‘i beriladi.
Qaysi guruh ko‘p va tez yozib bo‘lsa, o‘sha guruh g‘olib bo‘ladi. Masalan:
1-bayt:
1.
O‘lmoq- vafot etmoq, bu olamni tark etmoq, dunyodan ko‘z yummoq,
u dunyoga rihlat qilmoq.
2.
Furqat- ayriliq.
3.
Rahm qilmoq- shavqat qilmoq.
4.
Sho‘x- quvnoq.
5.
Dam- on, lahza.
6.
Lutf- iltifot.
Qolgan baytlar ham mana shu tarzda davom ettiriladi.