Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
7
zichligi kabi makoniy munosabatlar, takrorlanuvchi harakatlarning davomiyligi
hamda qisqaligi singari zamoniy munosabatlar ta’sir ko‘rsatadi.
Miqdor turli tillarda turlicha vositalar bilan ifodalanishi mumkin. Bu vositalar
o‘zaro o‘xshash bo‘lishi bilan birga, tillarning o‘ziga xos tomonlari hamda milliy-
madaniy jihatga ko‘ra bir-biridan farqlanadi. ”Miqdor, sanoq” konseptining
umummadaniy mazmuni, madaniyatning boshqa hamma konseptlari singari
matematikadagi sanoq ilmiy tushunchasidan tubdan farq qiladi. Hatto ilmiy nuqtayi
nazardan xato hisoblanishi ham mumkin. Tilga xos belgi nafaqat lingvistik, balki
ekstralingvistik ta’sirlarga ham uchraydi va qo‘llanishda qo‘shimcha ma’nolarga ega
bo‘ladi. Shuning uchun barcha tillarda miqdor semantikasi uchun xos bo‘lgan
umumiy, haqiqiy ma’no nutqiy ifodalanishda madaniyat bilan bog‘liq ravishda
sifatiy hamda baholovchi ma’nolar ham kasb etadi. Masalan, “ikki” baho
O‘zbekistonda “qoniqarsiz”, “besh” “a’lo” baho sanalsa, Germaniya umumta’lim
maktablarida buning aksini ko‘rish mumkin. Ruslar yetti raqamini, xitoyliklar
sakkizni, osiyoliklar to‘rtni xush ko‘radi. Yevropaliklar o‘n uch raqamini
yoqtirishmaydi. Shuning uchun ham sonlarning yozma shakli sifatida baynalmilal
ideogrammalar–raqamlar belgilangan. Raqamlar so‘zlar bilan bir qatorda ishlatiladi
va sanoq ma’nosi qat’iyligi bilan so‘zlardan farqlanadi. U yoki bu son bilan bog‘liq
ramziy ma’nolar juda qadimdan turli tillar hamda madaniyatlarga xosdir.
Lingvistikaning faol rivojlanayotgan antropologik yo‘nalishi sifatida
lingvokulturologiya til hamda madaniyatning o‘zaro aloqasi to‘g‘risidagi ilmiy
bilishning umumiy sohasi sanaladi. Yuqoridagi fikrlar miqdor kategoriyasi bevosita
lingvokulturologiya bilan ham bog‘liq ekanini isbotlaydi.