Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/219
Sana19.01.2024
Hajmi3,62 Mb.
#140785
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   219
Keywords: level concept, syntactic level, pragmatics, pragmatic meaning, 
sentence fragments, introductory words.
 
Agarda biror narsani aniq ifodalay olmas ekanmiz, bunda tilimizdan emas, 
balki uquvsiz mahoratimizdan gina qilishimiz kerak” [1]. Fikr ifodalashning bunday 
usul va uslubi so‘zlovchining kommunikativ strategiyasini belgilaydi. Faqat 
semantik, grammatik bilimlarni bilish bilangina emas, balki hayotiy qonun-
qoidalarni bilish va unga amal qilish natijasida kommunikativ strategiya mahoratiga 
ega bo‘lish mumkin. So‘zlovchi nutqiga xos bir ifoda aktida turlicha mazmundagi 
kommunikativ niyatning ifodalanishi kommunikativ taktika tushunchasini namoyon 
etadi.
Kundalik hayotda inson doimo ijtimoiy mavjudot sifatida bir-biri bilan 
muloqot qilib yashaydi. Muloqot jarayonida esa fikr almashish bilan birgalikda, 
kerakli axborotni qabul qilish va unga munosabat bildirish kabi jarayonlarni 
kuzatishimiz mumkin. Tilshunoslikda muloqot madaniyati, nutqiy muloqot, nutqsiz 
muloqot tushunchalari mavjud. Nutqiy muloqot biror fikrni lisoniy birliklar orqali 
ifodalash, o‘zaro tushunish va axborot almashishdan iborat bo‘lga murabbab jarayon 
hisoblanadi. Bevosita bu jarayon ong va tafakkur bilan bog‘liq jarayon sanaladi. 
Bundan tashqari fiziologik, mantiqiy, psixologik amallar uyg‘unligi natijasida 
reallashishini bilamiz. Biz yuqorida etnik, axloqiy, ijtimoiy, madaniy, intelektual, 
pragmatik omillarning nutqiy muloqot birliklari mazmunining shakllanishida muhim 
o‘rin tutishini, nutqiy muloqot jarayonida so‘zlovchi va tinglovchi eng muhim 
tarkibiy qism ekanligini ta’kidlagan edik. Darhaqiqat, muloqot jarayonida inson 
o‘zining his-tuyg‘ulari, borliqqa va tinglovchiga bo‘lgan munosabatini yaxlit tarzda 
xilma-xil lisoniy vositalarni imkon qadar qo‘llagan holda ifodalaydi.
Sintaktik sath birliklari orqali insonlar o‘rtasidagi muloqotning aksariyat 
qismini kuzatishimiz mumkin. Chunki sintaktik sath tilning eng yuqori va eng 
murakkab sathi sifatida pragmatik imkoniyatlarning kengligi bilan ahamiyatlidir. 
Matn pragmatikasi sintaktik qurshovda aniq ko‘rinishi va mazmuniga ega bo‘ladi. 
Har qanday gap o‘zining propozitiv, modal, kommunikativ hamda ba’zan 


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
18 
prosuppozitiv aspektiga ega bo‘ladi. Semantikaga qo‘shimcha tarzda ifodalangan 
modal, kommunikativ hamda presuppozitiv mazmun pragmatika uchun ahamiyatli 
bo‘lib, ularning yuzaga chiqishi gap tarkibidagi sintaktik qurilmalar, birliklar 
mazmuniy qurilishi, pozitsiyasi bilan uzviy aloqador bo‘ladi. Jumladan, kirish va 
kiritma konstruksiyalar, gapning ifoda maqsadiga ko‘ra turlari, gap bo‘laklari tartibi 
(inversiya), undalmalar, gapning aktual bo‘linishining jumlaga pragmatik ma’no 
yuklashdagi o‘rni juda kattadir.
Gap sintaktik sathga tegishli birlik hisoblanadi. Sintaktik semantika bo‘yicha 
E. P. Paduchevaning izlanishlari o‘ziga xosdir. Uning fikricha, gap ma’nosi leksema 
ma’nolaridan, so‘z shakllarining grammatik ma’nolaridan tashkil topadi. Shuning 
uchun leksik va morfologik semantika bir butun gap semantikasining komponenti 
bo‘lishi kerak. [2] V. G. Gak gapni to‘liq til belgisi hisobla[3], gap referenti 
vaziyatdir, ya’ni gapirish momentida obyektiv borliqdagi so‘zlovchi ongida mavjud 
bo‘lgan va gapning o‘zini shakllantirish jarayonida til elementlarini tanlashga 
ma’lum darajada sharoit yaratuvchi elementlar yig‘indisidir deydi. [3] 
Tilshunoslikda gapning semantik strukturasi bilan birgalikda uning pragmatik 
qiymati ham bugungi kunda o‘rganilib kelinmoqda. Vaziyat va uni ifodalovchi gap 
o‘rtasidagi munosabat ikki yo‘nalishda-ifoda planidan ma’no planiga qarab va, 
aksincha, ma’no planidan ifoda planiga qarab o‘rganiladi. Birinchisi nutqiy 
faoliyatning yushunish aktini, ikkinchisi esa ifodalash aktini namoyon qiladi. Bunga 
muvofiq, sintaktik semantikada ham o‘zaro bog‘langan va ayni yo‘nalishga ko‘ra 
bir-biriga zid bo‘lgan ikki aspekt: semosiologiya va onomasiologiya ajratiladi. 
Birinchisi ma’lum sintaktik birlik nimani aks ettirishini, ikkinchisi ma’lum vaziyat 
qanday ifodalanganini o‘rganadi.
Birinchi yo‘nalish gap ma’nosini obyektiv borliq bilan bog‘langani uchun 
vaziyatni aniqlashga va tahlil qilishga alohida ahamiyat beradi, u gapning denotativ 
yoki nomenativ aspekti ham deyiladi. [4;327] 
Gap faqat voqea-hodisa haqida xabar berishdan tashqari, subyektiv 
munosabatni ham ifodalaydi. Gap tarkibidagi kirishlar, undalmalar, gapning 
kommunikativ turlari orqali subyektiv munosabatning, emotsionallikning aks etishi 
G‘. Abdurahmonov, A. Abdullayev, N. Mahmudov, A. Nurmonov, M. Hakimov 
kabi qator olimlar tomonidan qayd etilgan. Aslida har qanday gap muayyan maqsad 
asosida yuzaga kelgan fikr hamda shu fikrga qo‘shimcha ravishda paydo bo‘lgan fikr 
ifodasi sanaladi. Gap nutq ichida yashaydi. [1;102] Shuning uchun gap mazmuni 
nutqiy vaziyat bilan uzviy bog‘liq. Bu esa gapning pragmatik xususiyatlarini 
ko‘rsatadi. Masalan: - Dada, -dedim titrab. -Qayoqqa ketyapsiz? 

Download 3,62 Mb.
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   219




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish