• SAYYOH” ASARIDAGI LUG‘AVIY SINONIMLARNING PRAGMATIK TALQINI To‘xtasinova Naimaxon Raxmonjon qizi
  • Ключевые слова
  • Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet12/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   219
    References: 
    1. Ekaterina A. Khuzina, Dinara D. Khairullina, “The Expression Of Modality 
    Of Possibility And Impossibility Of Infinitive Constructions” Revista Publicando, 4 
    No 13. (1). 2017, 840-848. ISSN 1390-9304 840 Articulo recibido: 05-11-2017. 
    Kazan Federal University, Naberezhnye Chelny Institute.
    2. Yakubov J. A. Modallik kategoriyasining mantiq va tilda ifodalanish 
    xususiyatlari.. – Toshkent, 2006.
    3. Kamenskaya O. L. Text and Communications. PO. High School Moscow, 
    1990.
    SAYYOH” ASARIDAGI LUG‘AVIY SINONIMLARNING PRAGMATIK 
    TALQINI 
     
    To‘xtasinova Naimaxon Raxmonjon qizi 
    Andijon davlat universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim 
    yo‘nalishi 3-bosqich talabasi 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada sinonimlarning pragmatik tadqiqini 
    pragmatist Begijon Ahmedovning “Sayyoh” qissasi misolida ochib berildi.
    Kalit so‘zlar: pragmatik sinonimiya, konseptsiya, kognitiv ishoralar.
    Аннотация: В данной статье прагматическое исследование синонимов 
    раскрывается на примере рассказа прагматика Бегиджона Ахмедова 
    «Путешественник».
    Ключевые слова: прагматическая синонимия, концепт, когнитивные 
    сигналы.
    Annotation: In this article, the pragmatic study of synonyms is revealed on 
    the example of the story "Traveler" by pragmatist Begijon Ahmedov.
    Keywords: pragmatic synonymy, concept, cognitive cues.
    Leksik sinonimlar bu so‘zning ma’nosi bilan yaqin yoki bir xil, ular bir xil 
    konsepsiya deb ataladi. Ularning pragmatik talqinida esa ma’no tomondan bir xilligi, 
    o‘zaro paradigmada erkin almashinishi, uslubiy o‘xshashligi va kontekstual-matniy 
    bog‘liqlik kabi asoslar orqali tadqiq etiladi.
    Hozirgi kunda ko‘plab ijodkorlar yaratgan badiiy matnlarni kognitiv tadqiq 
    etish kuchaydi. Natijada ijodkorlarning ham badiiy, ham poyetik, ham lingvistik 
    qirralariga baho berilmoqda. Serqirra ijodkor talaygina. Shunday ijodkorlardan biri 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    24 
    pragmatist Begijon Ahmmedov o‘zining “Sayyoh” asarida inson tafakkurining 
    ikkinchi qatlamiga ta’sir etuvchi ma’nolar marjonini tuzganki, uni tushunib, anglab 
    yetgan inson pragmatik jihatdan bezanadi. Yozuvchi o‘z asarlarida shunday so‘zlarni 
    qo‘llaydiki, ularning ma’no tuzilishidagi semalari orqali yuzaga kelgan nutqiy 
    sinonimlar (hozirgi tilshunoslikda pragmatik sinonimiya deb atalmoqda) matnning 
    ko‘p qavatli mazmundorligini kuchaytiradi. M.; - Men seni bekorga “yomon 
    bolasan”, demaymanda! Ishqilib, yaxshi bo‘lib qaytgin. Ayiqlaringa salom ayt, 
    bizdan. “Hayotga” qachon qaytasan innaykeyin? [B. Ahmedov. Sayyoh. 14-bet]. 
    Dadasining orzusi o‘g‘li Anvarning katta amaldor bo‘lib yetishganini ko‘rish edi. 
    Shu sababmi, uni erkalatibmi hovliqib ketmasin, debmi, hoynahoy, kezi kelsa-
    kelmasa, Anvarni, “Sen yomon bolasan”, deb qo‘yar edi.
    Ushbu matnda “yomon bolasan”, “Hayotga” kabi leksik so‘zlar orqali 
    pragmatik ma’no yuzaga kelgan.
    Chunki “Yomon bola” so‘zida zohiriy jihatdan qiliqlari yaxshi bo‘lmagan bola 
    tushuniladi va “Yaxshi bola” ga antonomik munosabatni anglatadi. Yozuvchi ustalik 
    bilan bu so‘zning botiniy ma’nosiga ishora qiladiki, natijada “Yomon bola” 
    birikmasi, “Yaxshi bola” birikmasiga sinonim bo‘lib qoladi.
    “Hayotga qaytmoq” birikmasining zohiriy ma’nosi kasal bo‘lib, o‘lim 
    to‘shagida yotgan insonni tuzalib qolishini anglatadi.
    Yozuvchi bu birikmaning pragmatik ma’nosidan mohirona foydalanib, 
    Anvarning otasi tilidan “hayotga” qachon qaytasan? Birikmasi orqali “Hozirda 
    yashayotgan hayoti hayot emasligini” ifodalab, lug‘aviy pragmatik sinonimiyani 
    yuzaga keltirmoqda. Yozuvchi botiniy pragmatik ma’nosiga e’tiborni qaratadi va 
    insonni o‘ylashga, tafakkur qilishga undaydi.
    Yozuvchi har bir so‘zning ma’no semalariga sinchkovlik bilan e’tibor beradi. 
    Har bir so‘zni “porchinlab”, shu so‘zdan boshqa so‘zni qo‘llab bo‘lmasligiga ishora 
    qiladi: 
    O‘zingni topgach, oldimga kel! Qolgan gapni o‘shanda gaplashamiz. 
    Tushundingmi “o‘qimagan”. [“Sayyoh” 76-bet].
    - Bir o‘zingiz bu baland tog‘larda qanday yurasiz? 
    - Birinchidan bu sening ishing emas, - dedi cho‘rt kesib Anvar.
    - Ikkinchidan yurasiz emas, qanday yashaysiz? Deb so‘rang to‘g‘riroq 
    bo‘lardi, o‘qimagan? [“Sayyoh” 17-bet].
    Ko‘rinib turibdiki “yurasiz” va “yashaysiz”, “o‘qimagan” so‘zlarining ma’no 
    strukturasida, ya’ni semalarida o‘ziga xos mazmuniy nomutanosiblik mavjudligini 
    yozuvchi ilg‘agan va “yashaysiz” so‘zida mazmundorlik kuchli bo‘lganligi uchun 
    shu so‘zdan foydalanishni ma’qul topgan. Ayniqsa “o‘qimagan leksemasi orqali 
    “Hakim ota” va”Anvarni” antonomik munosabat orqali, leksik sinonimga aylanib 
    qolayapti.



    Download 3,62 Mb.
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish