Mas’ul muharrirlar: Olimjon Tojiyev




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/219
Sana19.01.2024
Hajmi3,62 Mb.
#140785
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   219
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
25 
Yozuvchi falsafiy mushohadasini ham muayyan qobiqqa o‘rab, “Kosa tagida 
nim kosa” tamoyili asosida ifodalaydi:.. quyosh yaratgan zimmasiga ortgan 
vazifasini ado etar ekan, nimadandir uyalganday qizargan holda bota boshladi. Balki 
u yer yuzidagi ongli maxluqlarni qilgan gunohlarini, yashash tarzini ko‘rib 
uyalgandir? Mavlono Rumiy hazratlari (boshqa aybini berkitishda tun kabi bo‘l) 
deganlarida inson qalbini tarbiyalash barobarida kun va tun hikmatini ochib bergan 
bo‘lsalar ne ajab. [“Sayyoh” 20-bet].
Ushbu matnda “Kun” va “Tun” so‘zlarini kontrast qo‘llash orqali lug‘aviy 
sinonimning pragmatik mazmuni hosil qilingan. Kun yorug‘lik, ochiqlik kabi 
konnotativ ma’no va sutkaning bir qismi - kunduzi kabi leksik ma’no ifodalaydi.
Tun - qorong‘ulik, zulmat kabi konnotativ ma’no va sutkaning bir qismi, 
kechasi kabi leksik ma’no anglatadi.
Yozuvchi “Tun” so‘zining pragmatik ma’noda qo‘llab, ijobiy ma’modagi 
mazmunni yuklaydi. Turli xil gunoh ishlarni yashiruvchi, parda tarzidagi pragmatik 
ma’noga moslashtiradi. Quyosh nurini birday, teng sochishini tasvirlar ekan, 
Mavlono Ogahiyning 
“Ey shoh, karam aylar chog‘i teng tut yomonu yaxshini,
Kim mehr nuri teng tushar vayronu obod ustina” 
baytini esga soladi.
Lug‘aviy sinonim qatordagi so‘zlar tushunchaning belgisini turli daraja bilan 
ifodalashi mumkin. Sinonimik qatordagi ba’zi so‘zlar belgini normal daraja bilan 
(neytral) ifodalasa, ba’zilari kuchli darajasini ko‘rsatishi mumkin; ayrimlari belgini 
kuchsiz daraja bilan ham ifodalaydi. M. ; “Do‘stlik uchun ich! Bizni hurmat qilsang, 
ich! Erkak bo‘lsang ich!” deya achchiq va o‘ta tahir, bu safar negadir qo‘lansa tezak 
hidi kelayotgan aroqni ichishga zo‘rlab, irjayishar edi (ideografik sinonimlar) 
[“Sayyoh” 12-bet] gaplarida fikrlar oppozitsiyasi orqali o‘ziga xos tasvir yasaydi. 
Yozuvchi “achchiq va o‘ta tahir “so‘zlarini qo‘llash bilan kifoyalanishi mumkin edi, 
lekin yozuvchi “tezak hidi” lug‘aviy sinonimi (belgining kuchli darajasi) orqali 
o‘quvchini mantiqiy fikrlashga undaydi hamda tasavvur doirasini kengaydiradi. 
Ushbu matnda lug‘aviy sinonimlarni ketma-ketlikda qo‘llash orqali pragmatik 
mazmun hozil qilingan.
Sinonimik qatordagi so‘zlar nutqning biror turiga, uslubiga xosligi jihatidan 
ham o‘zaro pragmatik farqlanishi mumkin. M. ; Vatanparvarlik Hissiyotlarning 
portlashi emas, balki umr davomida bir maromda oquvchi sodiqlikdir. [“Sayyoh” 
163-bet] 
Yozuvchi falsafiy mushohadasini ham muayyan pragmatik qobiqqa o‘rab, 
inson vataniga sodiqligini “ bir maromda oquvchi” lug‘aviy sinonimi orqali mohirlik 
bilan ifodalay olgan. “Sodiqlik” yoki “Vatanparvarlik” ottenkasini o‘zini qo‘llash 
juda kuchsiz pragmatik ma’noni yuzaga keltirgan bo‘lar edi.


Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

nalishlar: muammo va yechimlar
26 
Yozuvchining mahoratini sinonimlarni to‘g‘ri qo‘llay olishi orqali ham sezish 
mumkin.
Bunday kognitiv ishoralar “Sayyoh” qissasida xilma-xil va rang-barang 
hamda turli pragmatik ma’nolarga boy.
Yuqoridagilardan ma’lum bo‘ladiki lug‘aviy sinonimlar pragmatikasi ham 
asar uchun muhim ahamiyat kasb etar ekan ularni o‘z o‘rnida qo‘llanishi ham 
muhimdir.
Asarni o‘qir ekanmiz, unda ulkan ilmlar (tarix, etnografiya, geologiya, 
biologiya, kimyo, zoologiya, botanika, arxeologiya, prixologiya, adabiyot
geografiya...), betakror ishoralar, nozik ma’nolar ummoniga o‘xshashligini his 
qilamiz. Bu ummon bag‘rida juda ko‘p ma’noli boylik yashiringan, bunday ma’noli 
boylikni tanib, undan bahramand bo‘lish uchun hazrat Navoiy aytganiday “G‘avvos” 
bo‘lishimiz kerak.
Begijon Ahmedovning “Sayyoh” qissasidagi ilmiy va badiiy mazmunni 
shunchaki, o‘qish bilan o‘qib bo‘lmaydi. Unga maxsus tayyorlanish kerak. Biz faqat 
lug‘aviy sinonimlar haqida fikr bildirdik, holos. Asarni hali ko‘p jihatlarni 
antroposentrik nazariya asosida paradigma va maydon butunliklarini ajratish 
tamoyili asosida o‘rganilsa, tilshunosligimiz uchun qimmatli materiallar beradi.
Mazkur maqoladan kelgusida referat va kurs ishlari yozishda, mavzu bo‘yicha 
nomzodlik ishi olib borishda foydalanish mumkin. Chunki lug‘aviy sinonimiya 
o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lib, uni atroflicha tadqiq etish o‘zbek 
tilshunosligida antroposentrik nazariya sohasida yaratilayotgan ishlar uchun boy 
manba sifatida xizmat qila oladi.

Download 3,62 Mb.
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   219




Download 3,62 Mb.
Pdf ko'rish