• Аннотация
  • TILNING PAREMIOLOGIK FONDI LINGVOMADANIY BIRLIK




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet16/219
    Sana19.01.2024
    Hajmi3,62 Mb.
    #140785
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   219
    TILNING PAREMIOLOGIK FONDI LINGVOMADANIY BIRLIK 
    SIFATIDA 
     
    Zakirova Hafiza Razaqovna 
    Filologiya fanlari nomzodi, dotsent 
    Fatxiddinova Iqboloy Faroxiddin qizi 
    talaba 
    Andijon davlat universiteti 
     
    Annotatsiya: Ushbu maqolada tilning paremiologik fondi lingvomadaniy 
    birlik sifatida tahlil qilingan. 
    Аннотация: В статье анализируется паремиологический фонд языка 
    как лингвокультурной единицы. 
    Annotation: In this paper, the paremiological fund of language is analyzed as 
    a linguocultural unit. 
    Ma’lumki, tilning paremiologik birliklari hisoblangan maqol va matallar 
    folklorshunoslik sohasining asosiy janrlaridan biridir. Paremia grekcha so‘z bo‘lib, 
    hikmat, naql, hikmatomuz obrazli ibora ma’nolarini bildiradi. Xalq orasida maqol 
    ko‘pincha maqol, masal, naql, otalar so‘zi va oqinlar so‘zi kabi atamalar bilan 
    mashxur. 
    Xalq og`zaki ijodi namunasi hisoblangan maqollar o‘zida har bir til 
    jamoasining o‘ziga xos tarixi, madaniyati, urf-odatlarini aks ettiradi. Ular mazmun 
    jihatdan o‘z ma’nosida yoki ko‘chma ma’noda qo‘llanib maslahat berish, kesatish, 
    tanqid qilish, yupatish kabi pragmatik ma’nolarni, o‘zida madaniy axborotlarni aks 
    ettirib esa lingvokulturologik axborotlarni ifoda etadi. 
    Ma’um bir xalqqa, madaniyatga emas, barcha millatlar uchun tegishli bo‘lgan 
    maqollar shular lingvokulturologiyaning predmeti bo‘la olmaydi. Mazkur fan tadqiq 
    doirasiga kirish uchun maqol biror xalqning tarixi, madaniyati, turmushi, 
    ma’naviyati bilan chambarchas bog`liq bo‘lishi lozim.
    1
    Sh.Usmonova buni shunday izohlaydi, Andijonda mehmon kelgan xonadonga 
    hurmat yuzasidan qo‘shnilar dasturxon chiqazishadi. Shuningdek, o‘zbek 
    xonadonlarida qo‘shnilar o‘rtadagi devorning biror yeridan teshik ochib qo‘yishadi. 
    Bu teshik orqali bir-birlaridan hol-ahvol so‘rashadi, tansiq ovqat qilganlarida biron 
    idishda shu ovqatdan uzatishadi. Mehmon kelar eshikdan, rizqi kelar teshikdan 
    maqoli ana shu odatning ta’siri tufayli yuzaga kelgan.”
    2
    1
    Саидова М., Қўзиев У. Лингвоеультурология (Услубий қўлланма) – Наманган, 2017. 
    2
    Usmonova Sh. Lingvokulturologiya.Toshkent: Universitet, 2014. 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    32 
    Quyida ingliz va o‘zbek madaniyati orasidagi farqlar aks etgan maqollarni 
    ko‘rib chiqamiz: 
    1. Like water off a duck’s back ( tarjimasi: Suv o‘rdakning patidan sirg`alib 
    tushgandek), 
    o‘zbekcha varianti: Dunyoni suv bossa o‘rdakka ne g`am. 
    2. Don’t bite the hand that feeds you ( tarjimasi: senga ovqat bergan qo‘lni 
    tishlama) 
    o‘zbekcha varianti: Qaytib kiradigan eshigingni qattiq yopma
    3.The early bird catches the worm ( tarjimasi: erta tutgan qush qurtni tutadi)
    o‘zbekcha varianti: Erta turganga Xudo baraka beradi. 
    4. A drowning man will clutch at a straw ( tarjimasi: cho‘kayotgan odam 
    somonni changallab oladi) 
    o‘zbekcha varianti: Cho‘kayotgan odam cho‘pga ham yopishadi ( afg`onlarda: 
    cho‘kayotgan odam ko‘pikka ham yopishadi). 
    5. Ill gotten, ill spent ( tarjimas: yomonlik bilan topilgan, yomonlikka ketar) 
    o‘zbekcha varianti: Haromdan kelgan haromga ketar. 
    Maqollar o‘zida ma`’lum bir konseptni ifodalashiga ko‘ra alohida ahamiyatga 
    ega. Masalan, maqollarda vatan, vatanparlik konsepti ifodalangan: 
    1. Fil tushida Hindistonni ko‘rar. 
    2. Har qush o‘z uyasiga qarab uchar. 
    3.Bulbulga bog‘ yaxshi, Kaklikka — tog‘. 
    4. Tug‘ilgan yerdan ko‘ngil uzilmas, 
    Yurt qo‘riganning yurti buzilmas. 
    Quyidagi maqollardan esa adolat konsepti ifodalangan: 
    1. Har kim fe’liga yarasha olar. 
    2. Har kim qazigan chuquriga o‘zi yiqilar. 
    3. Haq ishni xalq qo‘llar. 
    4. Haq nohaq bo‘lmas. 
    5. Haq egilar, nohaq sinar. 
    O‘zbek tilida “Do‘st — do‘stning oynasi” maqoli ingliz tilidagi “A friend’s 
    eye is a good mirror” ( Do‘stning ko‘zi yaxshi oynadir) to‘g`ri keladi va do‘stlik 
    konseptini anglatadi. 
    Madaniyatlararo tafovutlar iboralarda ham o‘z aksini topadi. Masalan, tip of 
    the iceberg – xamir uchidan patir ( katta, ko‘p narsadan boshlang`ich va kichik bir 
    qism), yoki plain as day – kunday ravshan ( ochiq-oydin, aniq). 
    Yuqoridagi misollardan lo‘rinib turibdiki, tilning paremiologik fondi, iboralar 
    har bir til jamoasining o‘z tarixi, yashash sharoiti va urf-odatlaridan kelib chiqib 
    shakllanadi. Masalan, qadimgi turkiylarda erkaklarning sirg`a taqishi ularning 
    ulg`ayishi va erlik darajasiga chiqishining bir ramzi hisoblanib, 14 yoshga to‘lgan 


    Tilshunoslikdagi zamonaviy yo

    nalishlar: muammo va yechimlar
    33 
    o‘smirning qulog`iga turkiy afsonalar va otalarining ismlari shivirlangan va 
    quloqlari urug` oqsoqollari tomonidan teshilgan, qulog`iga sirg`adek taqib olmoq 
    iborasi shu ritualdan kelib chiqqan deb qaraladi.
    1
    Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki, madaniyatlararo tafovutlarning kelib 
    chiqish sababi bir til egalari yoki madaniyat egalarining olamning lisoniy manzarasi 
    haqidagi bilimlari boshqa til egalariga begonalidadir. Barcha xalqlarning tarixi, 
    madaniyati, dunyoqarashlari aks etgan madaniy axborotlarni ifodalashda tilning 
    paremiologik fondi alohida ahamiyatga ega. 

    Download 3,62 Mb.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   219




    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    TILNING PAREMIOLOGIK FONDI LINGVOMADANIY BIRLIK

    Download 3,62 Mb.
    Pdf ko'rish