Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
19
tashlab ketmaslikka iltijo qilishini ko‘rishimiz mumkin. Ikkinchi gapda esa darak
mazmuni bilan birgalikda, qo‘rqinch va umidsizlikni kuzatishimiz mumkin.
Jumladagi har bir so‘z voqeaga o‘zgacha qiyofa bag‘ishlaydi.
Rangi quv
o‘chgancha, muzdek lab, titramoq kabi birliklar asardagi qahramonlarning ruhiy
holatini ochib berish uchun xizmat qilyapdi.
Yana bir misolga e’tibor qaratsak,
-Amal nima?!-Oqsoqol beparvo qo‘l siltadi.
Menga qolsa, raislik uyoqda tursin, ming marta katta amaliyam misoli oyog‘ingdagi
etikday gap. Ushbu jumlada birinchi gapda so‘roq gap so‘roq mazmunidan tashqari
inkorni ham ifodalash uchun xizmat qilmoqda.
Amalni oyoqdagi etikka o‘xshatilishi
esa subyektning xususiyatini va xarakterini ochib berishga xizmat qilyapdi. Bu ham
pragmatik ma’noni ifodalashga xizmat qilyapdi.
Bizga ma’lumki, fikrning asosiy mazmuni bosh bo‘laklarda aks etadi. Lekin
har doim ham bosh bo‘laklar orqali fikr to‘liq va mukammal ochib berilmaydi. Fikrni
to‘liq bayon qilish, harakat, holat, shaxs, narsa va hodisalar haqida axborotni
reallashtirish,
mukammal tarzda ifodalash, so‘zlovchining bayon etayotgan
voqelikka bo‘lgan munosabatini aniqlashtirishda ikkinchi darajali bo‘laklarning
ahamiyati nihoyatda katta. Kesimga kelishiklar va ko‘makchilar orqali birikib,
jumlani to‘ldirib, ma’lum bir ma’noda aniqlashga xizmat qiluvchi ikkinchi darajali
bo‘lak bu –to‘ldiruvchi. To‘ldiruvchi shaxs, narsa, miqdor, harakat, holat, ko‘rsatish
kabi semantik ma’nolardan tashqari, pragmatik qiymatga ham ega. Ayniqsa,
to‘ldiruvchilar ko‘makchilar bilan birgalikda kelganda turli ma’no nozikliklarini
ifodalashini ko‘rishimiz mumkin. Masalan:
Bizning tomorqadagi chillaki
hammanikidan oldin chumak uradi. (“Ikki eshik orasi”)
Ushbu
jumladagi chiqish
kelishigi grammatik vazifani bajarish bilan birga, qiyoslash ma’nosini ham
ifodalayapdi.
Aniqlovchi badiiy matnda tasvirni kengaytirish, qahramonlar tashqi ko‘rinishi
va ruhiy holatni obrazli aks ettirish, zamon va makondagi o‘ziga xos xususiystlarni
aniq va ishonarli bayon qilish hamda baholash munosabatini ifodalash vazifasini
bajarishga xizmat qilishi bilan pragmatik qiymatga ega. Masalan:
Qalamdek
tortilgan qoshlari, yonib turgan qop-qora xumor ko‘zlari, sutday oppoq yuz,
ingichga iyagidagi mitti xoli, angishvonadek og‘zi-hammasi ataylab chizib
qo‘yilgan suratga o‘xshaydi. (“Ikki eshik orasi”)
Ba’zi holatlarda aniqlovchining uyushmagan holatda kelishini kuzatganmiz.
Bunday holda qo‘llanishi tasvirga badiiylik bo‘yog‘ini beradi va ma’noni
kuchaytiradi. Masalan:
Uncha-muncha kolxozchi charlab chaqirsa bormaydigan,
do‘ppisi yerga tushib ketsa, birobga pul berib oldiradigan Umar zakunchi ham
peshonasiga munchoq taqilgan jiyron otini gijinglatib keldi. (“Ikki eshik orasi”)
Ushbu misolda uyushgan va uyushmagan aniqlovchini ko‘rishimiz mumkin.
Uyushgan aniqlovchi shaxsning xarakterini aniqlab kelgan bo‘lsa,
uyushmagan
Tilshunoslikdagi zamonaviy yo
‘
nalishlar: muammo va yechimlar
20
aniqlovchi esa jonivorning tashqi ko‘rinishi bilan birgalikda uning harakat
xususiyatini aniqlab kelgan. Jumlada aniqlovchilar orqali pragmatik ma’no
ifodalangan.
Gaplarda hollar ham o‘zining ahamiyatiga ega. Jumladan,
holning ishtirok
etishi sabab, holat, o‘rin, payt, miqdor, maqsad ma’nolarini ifodalash bilan birga
voqeani kitobxon ko‘z o‘ngida jonli gavdalantirishga xizmat qiladi. Bu ayniqsa,
o‘rinni ifodalaganda yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan: …
Oqsoqolning kattakon,
kungirador darvozasidan kirsam, Zuhra kelin atirgullar g‘unchalay boshlagan
gulzor chetidagi ariq bo‘yida kir yuvib o‘tirgan ekan. (“Ikki eshik orasi”)
Sintaktik birliklar ichida kirish so‘z va birikmalar
Ifoda etilayotgan fikrga
munosabat baldirish bilan birga pragmatik qiymatga ham ega. Kirish so‘zlar orqali
ajablanish, gumon, qoyil qolish, taajjub, tasdiq, inkor xulosa kabi ma’nolar
ifodalanadi. Bu kabi so‘zlar obrazga so‘zlashuv bo‘yog‘ini berish maqsadida
qo‘llanadi.
Ajablanish va taajjub manosida:
Ajab, u xushchaqchaq qo‘shiq aytardi-yu,
ovozi mungli edi. Ajab, inson xotirasi-eshigi yopib qo‘yilgan omborga o‘xsharkan. .
(“Ikki eshik orasi”)
Gumonni ifodalaydi:
Ehtimol, kecha onam ham shu oymomoga termulib, meni
o‘ylab yotgandir. (“Ikki eshik orasi”)
Tasdiq ma’nosida:
To‘g‘ri, urush bitganiga besh yildan oshdi. (“Ikki eshik
orasi”)
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, sintaktik birliklar ichida gap asosiy fikr
almashinuv
manbayi hisoblanib, unda har bir bo‘lak pragmatik ma’no ifodalashi
mumkin. Gap tarkibida keluvchi kirish so‘z va birikmalar ham pragmatik mazmun
ifodalashini ko‘rib o‘tdik. Nasriy asarlarga obrazlar xususiyatini ochib berishda,
ijtimoiy hayot tarzini tasvirlab berishda, muloqot jarayonida o‘zaro munosabatni
ifodalashda fonetik, leksik hamda sintaktik birliklarning
pragmatik xususiyati
yaqqol ko‘zga tashlanadi, kirish so‘z va birikmalar o‘zining semantik ma’nosi bilan
birgalikda pragmatik qiymatga ham ega. Bu birliklar matnda so‘zlovchi va
tinglovchiga emotsional-ekspressiv ta’sir etish uchun xizmat qiladi.