• Raqamlar va sonlar aytishuvi. 5 Bir
  • Matematik mo‘jizalar maydoni




    Download 3.04 Mb.
    bet2/7
    Sana28.03.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #47177
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Matematika-kechasi-ssenariysi
    Boshqaruv tamoyillari qonunlari va tamoyillari, boshqaruv-usullari, PDH tarmoq mustaqil ish M. Sh, Document 12, Reja Zamonaviy operatsion tizimlar, Metabolizmga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi, 9 класс 3 четверть тест, 1-Tajriba ishi, 2-laboratoriya ishi, 6.-UsmonovJ.T.XujaqulovT.A.Malumotlarbazasiniboshqarishtizimi-oquvqollanma, 6-amaliy ish1.1, Toshkent moliya instituti “buxgalteriya hisobi’’ fanidan mustaqi-fayllar.org, 3chi,, XALQARO INNOVATSION UNIVERSITETI Yuzi mustaqil ishni.
    1- boshlovchi : Raqamlar erur o‘nli sistemaning yuragi,
    Odamlar uchun xizmat, qilmoq erur tilagi.
    So‘z boshi: Sanoq sonlar yig‘ilib,Bir kun suhbat qurishdi.
    Safga qator tizilib,Hurmat bilan turishdi.
    Bir,ikki uch,to‘rtu-besh,Olti.yetti,sakkiz,to‘qqiz,o‘n.
    So‘ng o‘nliklar o‘rtoq esh ,Keyin,yuz,ming va million,
    Barchasi qon qorindosh,Elkadosh bir-biriga.

    Raqamlar va sonlar aytishuvi.


    5

    Bir: Bir degan sanoq sonman,Sanash uchun osonman.
    Bitta yurak, bitta bosh,Bitta oy,bir quyosh.
    Ona vatan – yagona,Qurramiz ham bir dona.
    Bittadandir har inson,Qo‘shaloq-ming,million
    Yozishga ham o‘ng‘ayman,Qoziqchaga o‘xshayman.
    Ikki : Ikki degan nomim bor,Ikki birdan - men tayyor.
    Ikki qo‘l,ikki oyoq,Ikki ko‘z,ikki quloq.
    Ota-ona-ikkijon,Ikkisi ham mehribon.
    Juft bo‘ladi-ikki toq,Meni yaxshi bil o‘rtoq.
    Nimaga o‘xshayman,xoXuddi ko‘ldagi oqqush.
    Uch: Uchta birman,nomim –uch,Birlashganda bo‘lar- kuch.
    Uchgacha sanayman der,Shart o‘ynagan har bir“sher”.
    Uch bor o‘qilsa duo,Dilimizda bo‘lar jo,
    Uchga kirgan chaqoloq,Qanday shirin- baqaloq.
    Yozish qiyinmas uncha,Tishlangan ikki kulcha .
    To‘rt: Men to‘rt degan raqamman,Ikki ikkidan jamman.
    Bo‘lsa ikki juft o‘rtoq,To‘rtta ulfat o‘sha choq.
    Otning bor to‘rt oyog‘I,Yaqin bo‘lar uzog‘i.
    Bir yilda bor to‘rt fasl,Bir biridan asl
    Yozishni mashq qil picha,Bir oyog‘i narvoncha

    6
    Besh: Besh degulik nomim bor,Raqamlar ichra ilg‘or.
    Bir-bir qo‘shsa anchaman,Qo‘ldagi besh panjaman.
    Doim olsang, besh baho,O‘qishing bo‘lar- a’lo.
    Besh qit’a bo‘lsa o‘rtoq,Tinch bo‘lar yaqin- yiroq.
    Yaxshi tirish yozmoqqa,Sal o‘xshayman qarmoqqa.
    Olti : Beshdan keyin oltiman,Raqamlarning oldiman.
    Ikki uchni qo‘shsang bas,Hech qachon esdan chiqmas
    .Ota-ona,to‘rt bola,Olti odam, oila.
    Olti yoshing muborak,Sanash uchun men kerak
    Yozishni lozim bilmoq,Go‘yoki oddiy ilmoq.
    Yetti: Mening nomimdir yetti,Endi demanglar mitti.
    Oltidan bitta ko‘pman,Yetti yulduzman-to‘pman.
    Yetti kun hafta bo‘lar,Haftalardan oy to‘lar.
    Yetti yoshda albatta-Sen borasan maktabga.
    Chizginda kichik o‘roq,Beliga boyla belboq.
    Sakkiz: Sanamay demang sakkiz,Ikki to‘rtni qo‘shsangiz.
    Hosil bo‘laman shu on,Yaxshi bilgin ukajon.
    Men- yettining akasi,Sanoq sonlar sarasi.
    Sakkizga yetsa yoshing,O‘qiysan sen sinf oshib.
    Yozilishim bil,qani,Tasavvur qil fillni.


    Download 3.04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 3.04 Mb.