• 14-o‘quvchi
  • Matematik mo‘jizalar maydoni




    Download 3.04 Mb.
    bet5/7
    Sana28.03.2023
    Hajmi3.04 Mb.
    #47177
    1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    Matematika-kechasi-ssenariysi
    Boshqaruv tamoyillari qonunlari va tamoyillari, boshqaruv-usullari, PDH tarmoq mustaqil ish M. Sh, Document 12, Reja Zamonaviy operatsion tizimlar, Metabolizmga ta’sir qiluvchi dori vositalarining klinik va farmakologik tavsifi, 9 класс 3 четверть тест, 1-Tajriba ishi, 2-laboratoriya ishi, 6.-UsmonovJ.T.XujaqulovT.A.Malumotlarbazasiniboshqarishtizimi-oquvqollanma, 6-amaliy ish1.1, Toshkent moliya instituti “buxgalteriya hisobi’’ fanidan mustaqi-fayllar.org, 3chi,, XALQARO INNOVATSION UNIVERSITETI Yuzi mustaqil ishni.
    12
    12-o‘quvchi:Kitob-chiroq
    Kitob-chiroq,bilim-nur,Ezgulikka xitoblar.
    Noshirlarga ofarin,Hayotga ko‘rk kitoblar.
    To‘rt yuz qirq olti betli,Kitob sahifalandi.
    Qani toping,bu ishga,Nechta raqam sarflandi?!(1230 ta)
    13-o‘quvchi:Sanoq asosi
    Sanoq sistemalar turli asosli,Ikki,uch,to‘rtu besh,hatto o‘n ikki.
    Bu sirni bilganlar bo‘lur shodumon,Yalqovlar hayotda ko‘p yeydi dakki.
    Ming to‘qqiz yuz to‘qson birinchi yilda,Hurriyat shamoli yurtimga yetdi.
    Nechanchi asosga o‘tilsa bu son,Bo‘ladi uch mingu yetti yuz yetti?!(sakkizlik)
    14-o‘quvchi:Tomonlar qanchadan?
    Bir kateti o‘n yetti,To‘g‘ri burchakli ko‘rkam.
    Uchburchakni yasab,so‘ng,Bizga yuzlandi O‘ktam:
    Butun sonda berilgan,Qolgan tomonlari ham.
    Topib menga bildiring,Bilim bo‘lsa mustahkam.(144 va 145)
    15-o‘quvchi:Yechimin toping
    Bir taqsim iks,minus-Igrekdan bir barobar.
    Nol butun o‘ndan ikki,Tenglikni yozdi Akbar.
    Dedi:bo‘shashmang o‘rtoq,O‘g‘zingizni tez yoping.
    Misolning faqat butun-Yechimlarini toping?!(4,20),(-20,4),(6,-30),(30,-6),(10,-10)

    13
    16-o‘quvchi:Adashmang.
    Sinus iks chap yonda,O‘ngda “pi” bo‘lingan uch.
    Tenglamani yechishga,Bilaman siz juda o‘ch,
    Adashadi javobda,Kimki bilim mo‘rt yo puch.
    Jumboq hal bo‘lar oson,Agar kalla bo‘lsa kuch.(yechimi yo‘q)
    17-o‘quvchi:Nechanchi qavatda?
    O‘n yettinchi qavatda-Ali yashar va undan
    Sakkiz marta pastdagi,Manzilda turar Hasan.
    Ishga soling miyani,Bilim baxtning onasi
    Qaysi qavatda ekan,Hasanboyning xonasi?!(3-qavatda)
    18-o‘quvchi:Aniqlang
    Asosi naq yigirma,Balandligi o‘n olti.
    Esh,kartondan yasalgan ,Bitta uchburchak oldi.
    Undan qirqib eng katta-Yuzli to‘g‘ri to‘rtburchak.
    Dedi:o‘lchamlarini,Aniqlab,bering darak.(a=8,b=10.S=80)
    19-o‘quvchi:Esdalik
    Ellik uchta o‘quvchi,Bitiruv kechasida.
    Esdalikka qolsin deb,Yoshlikning ko‘chasida.
    Suratlarin birma-bir,O‘zaro almashdilar.
    Qancha rasm shu alfoz-Tarqatildi,kim bilar?!(2756)


    Download 3.04 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7




    Download 3.04 Mb.