|
logₐb,lg ln (logarifm belgisi)
|
bet | 11/20 | Sana | 19.09.2024 | Hajmi | 202 Kb. | | #271690 |
Bog'liq Matematik simvollar tarixilogₐb,lg ln (logarifm belgisi).
19-asrning oxirlarida bizga tushunarli bo`lgan logarifm tushunchasi yo`q edi. Logarifmni asosi “log” simvolidan chapda va yuqorida yoki pastda ko`rsatilgan. Oxirida matematiklar kelishgan holda asosni “log” simvolidan pastdagi qatorga yozishga kelishdilar. Keng qo`llaniladigan logarifmning qisqa ko`rinishlari o`nlik va natural logarifimlar , undan sal oldinroq 19-asrning oxirlarida bir nechta matematiklar ishlarida uchray boshladi va shu holicha saqlanib qolgan. “Logarifm” termini shotlandiyalik matematik Djon Neperda tegishli. Uning 1614 yilda yozilgan “Logarifmlarning ajoyib jadvalini tuzish” asari mavjud. Logarifm Neperda ikkita sonning munosabatini o’lchashga yordamlashuvchi son hisoblangan. Lekin Neper logarifmlar bilan ishlashda hech qanday belgidan foydalanmagan.Log lg ln belgilarini Kepler, Brigge Otred ularni jiddiy farqlamasdan ishlatganlar.
Logarifmni zamonaviy aniqlashini 1742 yilda ingliz matematigi Yilyam Gardner bergan “loga b” kabi yoziladi. Tarifini shunday qilib,
m = loga b yoki am = b
Birinchi o’nli logarifmlar jadvalini 1617 yilda Oksforddagi professor matematik Genri Brigs tuzgan. Shuning uchun ham chet ellarda o’nli logarifmlarni odatda “brigsov” deb nomlanadi. “ Natural logarifm” terminini Petro Mengoli (1959) va Nikolas Mernator (1668) fanga kiritgan. Lekin undan ham avval 1619-yilda londonlik matematika o’qituvchisi Djon Spaydill natural logarifmlar jadvalini tuzgan edi.
XIX asrning oxirlarida hammaga ma’qul bo’lgan logarifmning belgilanishi yoq edi, logarifmning asosi chapda yoki “log” simvolining yuqorisida, yoki ostida ko’rsatilgan. Oxirida matematiklar asos ushun eng qulay joy “log” simvolidan keyin pastki qatorda yozilishi kerak degan qarorga kelishgan. Logarifm belgisi – “logarifm” so’zining qisqarma shaklidir.
Shvedsariyalik mexanik hamda matematik I.Byurgi (1552-1632) tomonidan kiritilgan. Byurgi logarifmlarni birinchi bo`lib topgan ammo o`z jadvalini 1620-yilda e`lon qilgan.
Koshi o`nli va natural logarifmlar uchun turli belgilar ishlatgan. Hozirgi belgilarga yaqin belgilarni nemis matematigi Pringsxeym 1893-yilda kiritgan.
Ɐ (ixtiyoriy va shundan belgilari).
Kvantorlar uchun dastlabki simvollar 1879-yilda Fregening “Tushunchalarni hisoblash” kitobidan topilgan. Bundan keyin juda ko`p simvollar taqdim etilgan, lekin umumiy ommaga kvantor mavjudligi uchun Ɐ tushunchasi 1885-yilda CHarlz Pirs taklif etgan va umumiylik kvantori uchun …ni kvantor mavjudligi simvolidan kelib chiqadi. “Kvantor” terminini Pirs ham taklif qilgan.
|
| |