• 2.2. BA`ZI BIR MUNOSABATLAR HAQIDAGI SIMVOLLAR. ( [ { } ] ) (qavslar).
  • (ko`paytma belgisi).
  • Matematik simvollar tarixi




    Download 202 Kb.
    bet9/20
    Sana19.09.2024
    Hajmi202 Kb.
    #271690
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
    Bog'liq
    Matematik simvollar tarixi

    i (kompleks son).
    -1 ning kvadrat ildizi L.Eyler 1777- yilda fanga kiritgan.
    × · (ko`paytirish belgisi).
    Ko’paytirish belgisini 1691-yilda Angliyalik Uilyam Otred fanga kiritgan. U ko’paytirish amalini krest ko’rinishida ifodalagan. Undan oldin esa odatda M harfi ishlatigan, bundan tashqari turli xil belgilar ham taklif etilgan edi: to’g’ri [] burchak simvoli Erigon (1634)tomonidan * yulduzcha Iogann Ran (1659) tomonidan keyinchalik, nemis matematigi Leybnitsning 1698-yilda yozgan asarida uchraydi. U krest belgisini x harfi bilan adashtirmasliklari uchun nuqta bilan almashtirdi. Bundan oldin bunday simvolika 15 asrda Regiomonton va ingliz olimi Tomos Xerriotning (1560-1621) asarida uchragan.
    Nemis matematigi Yan Vidman (1460-taxminan 1498) ning Leyitsigda 1489-yilda bosmadan chiqqan “Barcha savdagarlar uchun tez va chiroyli hisob” asarida birinchi marta bosmada ko`paytirish jadvali chop etildi. Nemis astranomi va matematigi Regiomontan (taxallusi Iogann Myuller) (1436-1476) matematika bo`yicha birinchi kitob nashri hisoblanadi, u ko`paytirish belgisi sifatida (∙) nuqtadan foydalandi.


    2.2. BA`ZI BIR MUNOSABATLAR HAQIDAGI SIMVOLLAR.
    ( [ { } ] ) (qavslar).
    Aylana qavslar Tartalda (1556) (ildiz osti ifoda uchun) va keyinchalik Jirarda paydo bo`lgan. Bombelli esa qavsning boshlanishi sifatida “L” harfini, qavsning oxirini esa buning teskarisi “┐”ko`rinishida belgilagan. Bu yozuv kvadrat qavslar yaratilishiga olib keldi. Lekin ko`pgina matematiklar o`sha vaqtda qavslarning o`rniga ifodani baland siyohda yozishni ma`qul ko`rishgan. Qavslarning umumiy ishlatilishi Leybnits va Eyler tomonidan kiritilgan.
    Qavslarni ifodalovchi belgilar 15-asrda paydo bo`ldi. Shyuke 1484-yilgi ishida qavslarga olinadigan ifoda gorizantal chiziq bilan takidlanadi. Qavslar o`rniga yuqoridan chiziq bilan belgilash Dekart, Nyuton, Lopital ishlarida ko`p uchraydi. Aylana qavslar yana Jirar 1629-yildagi ishlarida uchraydi. Viet 1593-yilgi asarida figurali qavslar paydo bo`ldi. 18-asrning birinchi yarmiga kelib qavslar keng qo`llanila boshlandi. Shreder (1873) qavslarning arifmetikadagi o`rniga oid asar ham yozdi.

    (ko`paytma belgisi).


    Dastlab “ﬦ” belgi ishlatilib, to`g`ri to`rtburchakning yuzi uning ikki o`lchov ko`paytmasi sifatida topilishi belgisi sifatida olingan. Keyinroq ko`paytmani “M” (Multiplication so`zi bosh harfidan) shaklda belgilangan, bunday belgilashni Shtifel (1545), Stevin(1585) ishlatganlar.
    Ko`paytma belgisini 1812-yilda Gauss fanga kiritgan.

    x│(sonning moduli).


    Kompleks soning moduli va ifodaning absolyut kattaligini 1841-yilda Veyershtras aniqlagan 1903-yilda Lorens bu simvolni vektor uzunligini o`lchash uchun ishlatgan.
    (teng emas).
    “Teng emas” belgisini birinchi marta Eyler ishlatgan.
    (taqribiy tenglik).
    “Taqribiy tenglik ” belgisini 1882-yilda Adam Vilgelm Gyunter nemis matematigi va fizigi fanga kiritgan.



    Download 202 Kb.
    1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




    Download 202 Kb.