Tayanch so’z va iboralar:
fikr – chin yoki yolg’on bo’lgan jumla;
fikriy forma – o’zgaruvchilari konkret qiymatlarni qabul qilgan fikr yoki bir nechta o’zgaruvchili jumladir;
kvantor - “Barcha’’ va “ba’zi’’ so’zlari;
mulohaza —
fikr yuritish;
matеmatik mantiq — mulohazalar nazariyasi;
inkor — biror
mulohazaga tеskari mulohaza;
konyuksiya – mulohazalar chin bo’lganda chin bo’ladigan
yangi mulohaza;
dizyunksiya– mulohazalardan kamida bittasi chin bo’lganda chin bo’ladigan yangi mulohaza;
Yangi mavzuni slaydli taqdimoti. Slayd-1
1. Mulohaza tushunchasi. Mulohazaning inkori.Predikat. Umumiylik va mavjudlik kvantorlari.
Matematikada sodda va murakkab jumlalar farq qilinadi.
“28 soni 7ga bo’linadi’’.Jumla sodda jumla.“28 soni juft va u 7ga bo’linadi’’.Jumla murakkab jumladir.
Agar jumlaga nisbatan u chinmi yoki yolg’on savoli ma’noga ega bo’lsa, u holda bu jumla
fikr deyiladi.
Fikriy forma- bu o’zgaruvchilarning o’rniga ularning konkret qiymatlarni qo’yganda fikrga aylanuvchi bir yoki bir nechta o’zgaruvchili jumladir.Berilgan fikriy formada qatnashmayotgan “barcha’’ so’zi uni fikrga aylantiradi.
“Barcha’’ va “ba’zi’’ so’zlari
kvantorlardeb ataladi.
“Ixtiyoriy’’, “har qanday’’. “har bir’’, “barcha’’ so’zlari
umumiylik kvantorlaridir.
“Mavjud’’, “ba’zi’’, “topiladi’’, “aqalli bitta’’, so’zlari
mavjudlik kvantorlaridir
2. Ikki mulohaza konyuksiyasi. Ikki mulohaza dizyunksiaysi. Ikki mulozalai implikatsiyasi.
Matematik mantiq matematikaning bir bo’limi bo’lib, unda “mulohazalar” va ular ustida amallar o’rganiladi.
Chin yo’ki yo’lg’onligi haqida fikr yuritish mumkin bo’lgan
har qanday darak gap mulohaza deyiladi.Mulohazalar ustida bajariladigan mantiqiy amallar maxsus belgilar yordamida ifodalanadi.
=» -agar ...bo’lsa ,u holda ....boladi;P => Q - agar P bo’lsa , Q bo’ladi.( P dan Q kelib chiqadi.);
2) <=> - teng kuchlilik,P<=> Q - P va Q teng kuchli ( P dan Q kelib chiqadi va aksincha );
3) ٧ - dizyunksiya (“yoki” amali ) 4) ٨ - konyunksiya (“ va “ amali )