Matematika fani
O‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasalarida Matematika fanini o‘rganish bosqichlari
Ta’lim bosqichi
|
Bitiruvchilar
|
Standart darajasi
|
Daraja nomlanishi
|
O‘rta ta’lim
|
Matematika faniga chuqurlashtirilmagan o‘rta ta’lim maktablarining 11-sinf bitiruvchilari
|
В1
|
Matematika fanini o‘rganishning umumiy darajasi
|
Matematika faniga chuqurlashtirilgan o‘rta ta’lim muassasalari 11-sinf bitiruvchilari
|
В1+
|
Matematika fanini o‘rganishning kuchaytirilgan umumiy darajasi
|
Matematika o‘quv fanining maqsad va vazifalari
O‘rta ta’limda matematika fanini o‘qitishning asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda kundalik faoliyatda qo‘llash, fanlarni o‘rganish va ta’lim olishni davom ettirish uchun zarur bo‘lgan matematik bilim va ko‘nikmalar tizimini shakllantirish va rivojlantirish;
jadal taraqqiy etayotgan jamiyatda muvaffaqiyatli faoliyat yurita oladigan, aniq va ravshan, tanqidiy hamda mantiqiy fikrlay oladigan shaxsni shakllantirish;
milliy, ma’naviy va madaniy merosni qadrlash, tabiiy-moddiy resurslardan oqilona foydalanish va asrab-avaylash, matematik madaniyatni umumbashariy madaniyatning tarkibiy qismi sifatida tarbiyalashdan iborat.
O‘rta ta’lim muassasalarida matematika fanini o‘qitishning asosiy vazifalari:
O‘quvchilar tomonidan matematik tushunchalar, xossalar, shakllar, usullar va algoritmlar haqidagi bilim, ko‘nikmalar egallanishini ta’minlash;
inson kamoloti va jamiyat taraqqiyotida matematikaning ahamiyatini anglash, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar, kundalik hayotda matematik bilim va ko‘nikmalarni muvaffaqiyatli qo‘llashga o‘rgatish;
o‘quvchilarning individual xususiyatlarini rivojlantirgan holda, mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini shakllantirish;
fanlar integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quvchilarda, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, kreativlikni shakllantirish hamda ongli ravishda kasb tanlashga yo‘naltirishdan iborat.
Matematika o‘quv fani bo‘yicha o‘rta va o‘rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga qo‘yiladigan malaka talablari
|